Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyoviy texnologiya fanidan


-Laboratoriya ishi. Qurilish gipsining qotish tezligini aniqlash



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə21/23
tarix15.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84435
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Kimtex laboratoriya ishlanma 2022 23 3 kurs 2семестр

5.-Laboratoriya ishi. Qurilish gipsining qotish tezligini aniqlash.
Nazariy qism: Havoda qotuvchi moddalardan biri gipsli bog’lovchi moddadir. Gipsli bog’lovchi moddalar ikki xil bo’ladi: past haroratda va yuqori haroratda kuydiriluvchi moddalar.
Qurilish ishlarida ishlatiladigan gips tabiiy gipsni (CaSO4*2N2O) 140-1900S haroratda kuydirib olinadi. Olingan gidrat (CaSO4*0,5N2O) maydalanib, qurilish ishlarida foydalaniladi. Gips loyi tez (5-15 daqiqada) qotadi. Uning qotish tezligini sekinlashtirish uchun, tarkibiga ohak, elim, organik materiallar (masalan, spirtli barda) qo’shiladi.
Yuqori haroratli kuydiriluvchi gips 900-11000S da kuydirib olinadi.
2CaSO4 = 2CaO+2O2+O2
Standartda ko`rsatilishicha, birinchi navli gips ishlab chiqarish uchun tarkibida 90% miqdorida CaSO4·2H2O bo’lgan va ikkinchi navli gips uchun esa 65% dan kam bo’lmagan tabiiy gipstosh kerak.
Tabiiy gipstosh oq rangli, qattiqligi - Moos shkalasi bo`yicha 2ga teng, zichligi 2200-2400 kg/m3 bo`lgan tabiiy jinsdir. Gipstosh zahiralarining eng kattasi Buxoro viloyatining Kogon gips konidir.
Gipstoshni 150-170°S haroratda kuydirib, maydalab tuyilsa, olingan mahsulot qurilish gipsi deb ataladi.
Ikki molekula suvi bo`lgan kalsiy sulfatni 65°Sda qizdirilganda, o`z xususiyatini o`zgartirib, tarkibidagi suv asta-sekin yo`qoladi va degidradratatsiyalana boshlaydi. Bunda gipstosh 1,5 molekula suvni yo`qotib, yarim molekula suvli gipsga aylanadi, bu quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi:
t0
CaSO4·2H2O = CaSO4·0,5H2O+1,5H2O
Ishning maqsadi: Qurilishda ishlatiladigan gipsning qotish tezligini aniqlash.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: Gipsning qotish tezligini aniqlash jihozi metall shtativ va unga o’rnatilgan metall sterjendan iborat. Sterjenning pastki qismiga igna o’rnatilgan bo’lib, ignaning uzunligi 50mm va diametri 1,1mm. Sterjenning igna bilan birgalikdagi og’irligi - 110g. Metall shtativga shkala va ko’rsatkich o’rnatilgan bo’ladi. Ishni boshlash oldidan sterjen shunday o’rnatiladiki, igna oynaning sirti bilan ko’rsatkich nolga to’g’ri kelishi kerak.
Ishning bajarilishi: 20g gipsni tortib oling va normal quyuqlikdagi hamir bo’lguncha zarur bo’lgan suvni o’lchab oling. Suvni metall yoki chinni idishga quyib, bir tekisda uni 30 sek davomida aralashtirib turib, gipsni soling va vaqtni belgilab qo’ying. Aralashtirishni yana 30 sekund, bir jinsli massa xosil bo’lguncha davom ettiring. So’ngra uni shishi plastinkaga o’rnatilgan halqaga qo’ying. Ortiqcha gipsni pichoq bilan qirqib oling va sathini tekislab qo’ying. Halqani igna tagiga qo’ying va har 30 sekundda ignani loyning yangi joyiga tushiring.
Gipsning qotish vaqti boshlanishi deb gipsni suvni tashlagan paytdan igna 5mm loyga kirguncha bo’lgan vaqt, qotishni tugashi deb gipsni suvga tashlagan paytdan faqat 0,5mm ga kirgan payti hisoblanadi.
Bu ishni M.Nishonov tomonidan takomillashtirilgan asbobda xam bajarish mumkin. Buning uchun metall sterjen o’rniga 5mm li bir marotabali tibbiyot shpritsidan foydalaniladi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin