Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyoviy texnologiya fanidan



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə22/23
tarix15.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84435
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Kimtex laboratoriya ishlanma 2022 23 3 kurs 2семестр

5.2-Laboratoriya ishi. Gips asosida bog’lovchi moddalar olish


Bog’lovchi moddalarga suv bilan arashtirilganda plastik massa hosil qilib ma’lum vaqt o’tgach; qotib sun’iy toshga aylanadigan moddalar kiradi. Plastik massaning qota boshlagan ammo hali uqadar qotmagan davrini ushlash-tishlash jarayoni deyiladi Keyinchalik qotib mustahkam toshga aylanib qolish davri uzoq muddat, haftalab, oylab hatto yillab davom etadi. Bog’lovchi moddalarning bu xossasidan qurilish ishlarida turli narsalarni toshlarni, g’ishtlarni bir-biriga bog’lash yopishtirishda foydalaniladi. Odatda bog’lovchi moddalar qum, qayroq tosh, shag’al va boshqalar bilan aralashtirilib foydalaniladi. Suvga bo’lgan munosabatiga qarab ular havoda qotuvchi (faqat havoda qotadi), gidravlik suvda qotuvchi (havoda va suvda qotadi) bog’lovchi moddalarga bo’linadi. Havoda qotuvchilarga ohak, gips, gidravligiga esa sement misol bo’ladi.
Ishning borishi
a) chinni idishga 10 g sement va 30 g qum tortilib kafel ustida aralashtiriladi va 5 ml suv qo’shib qorishtiriladi so’ngra ikkita suvda namlangan g’isht bo’laklari orasiga surtilib, g’ishtlar yopishtiriladi.
b) 20 g gipsni maydalab 30 min 1400Cda quritiladi. Keyin kafel ustida 9 ml suv bilan qorishtirilib qolipga solib qotiriladi.


6-Laboratoriya ishi. Sement eritmasini tayyorlash va uning ishlatilishi.
CHinni kosachaga 16g sement o’lchab olinadi va uning ustiga 30 g quruq qum solib aralashtiriladi.
Aralashma fayans plita yoki faner ustiga to’kilib, unga 5ml suv quyiladi va tayoqcha bilan loy qoriladi. Shu loydan ozroq olib ozroq temir yoki shisha (ichi parafin bilan qoplangan bo’lsa ko’chirib olish oson bo’ladi) qolipga solinib shakl beriladi, qolgan qismi bilan ikki dona g’isht bo’lagini xo’llab bir-biriga yopishtiriladi. Keyingi darsda bog’langan g’isht bo’laklarini mustahkamligi aniqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. М.Нишонов, М.Юнусов. Кимёвий технология фанидан лаборатория машғулотларини ўтказиш. Ўқув услубий қўлланма. Фарғона 2021 йил.


2. М.Нишонов, Х.Исақов, М.Юнусов. Кимёвий технология ва биотехнологиядан масала ва машқлар тўплами. O‘quv qo‘llanma. Фарғона 2022 йил.
3. Ш.М.Миркомилов, Х.У.Махсудхонов, О.Ю.Искандаров. Кимёвий технология фанидан амалий ишлар, масалалар ва тестлар тўплами. Тошкент. «Университет» 2004 йил.
4. N.Kattayev. Kimyoviy texnologiya. O‘quv qo‘llanma. Toshkent “Yangi yo’l poligraph service” 2008y.
5. Ю.М.Тихвинская. Практикум по химической технологии. Москва. “Просвещение”. 1985 г.
6. Р.С.Соколов. Лабораторные работы по химической технологии. Москва. “Высщая школа.” 1995 г.
7. Лабораторный практикум по курсу "Общей химической технологии" М., РХТУ, 1996, 59 с.
8. А.И.Ратухин, В.Г.Савелев. Лабораторный практикум по "Основам технологии тугоплавких неметаллических силикатных материалов". М., РХТУ, 1998, 103 с.
9. Б.Е.Абалонин. Основы химических производств. М., Химия-2001. 471 с.
10. Ю.Н.Тюрин. Материалный баланс химико-технологических систем. Кемерово-2001. 115 с.
11. В.С.Бесков и др. Автоматизированный расчет материалных балансов химико-технологических систем. М., РХТУ, 1999, 79 с.
12. Н.С.Ключников. Практические занятие по химической технологии. М. "Просвещение", 1978. 297 с.
13. Н.Я.Логинов, Н.С.Ключников. Практикум по химической технологии.М.Учпедгиз 1973. 248 с.
14. Аверянов В.А., Баташов С.А., Белова Н.П. Лабораторний практикум по обшей химической технологии. 2010 г.
15. Беляев П.Г. Общая химической технология.Методические указания к лабораторним работам. РФ ВНУ. 2002
MUNDARIJA


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin