Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyoviy texnologiya fanidan


BAXTSIZ HODISALAR RO’Y BERGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə4/23
tarix15.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Kimtex laboratoriya ishlanma 2022 23 3 kurs 2семестр

BAXTSIZ HODISALAR RO’Y BERGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH
Laboratoriyada ishlash tartibi puxta o`rganilgan bo`lsa, ko`ngilsiz hodisalar ro`y bermaydi. Bordi-yu, biron hodisa yuz bergudek bo`lsa, uning oldini olish va dastlabki tibbiyot yordami ko`rsatishni bilish maqsadga muvofiq:
• Yong`in chiqib, teri bir oz kuysa, kuygan joyni avvalo kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi bilan yuvib, so`ngra osh tuzining to`yingan eritmasi shimdirilgan paxta qo`yib bog`lash kerak. Agar konsentrlangan kislota, brom va shunga o`xshashlar ta`sirida qattiq kuygan bo`lsa, kuygan joy spirt bilan artilib, maxsus malham moy surtib, toza bint bilan bog`lanadi.
• Kislota ta`sirida kuygan joy avvalo suv bilan, so`ngra suyultirilgan soda eritmasi bilan yaxshilab yuviladi.
• Ishqor ta`sirida kuygan joy avvalo qayta-qayta suv bilan, so`ngra sirka yoki limon kislotaning suyultirilgan (3%) eritmasi bilan yuviladi.
• Xlor, brom yoki kislota bug`lari bilan zaharlanganda tezda ochiq havoga chiqish kerak.
• Ko`zga kislota sachrasa, ko`zni avval suv, so`ngra 3% li soda eritmasi va nihoyat, borat kislotaning to`yingan eritmasi bilan yuvish kerak.
• Bromdan kuyganda terining shu joyini natriy tiosulfatning 10-20% li eritmasi hamda suv bilan yaxshilab yuvib, so`ngra unga 5% li mochevina eritmasi shimdirilgan paxta qo`yib bog`lanadi.
• Fenoldan kuygan joy teri rangi normal holatga kelguncha gliserin shimdirilgan paxta bilan artiladi.
• SHisha sinig`i bilan jarohatlanganda, avvalo, jarohatni shisha siniqlaridan tozalash, so`ng yod surtib, jarohatni sterillangan bint bilan bog`lash kerak. Jarohatdan qon oqishi to`xtamasa, jarohatlangan joyga qonni quyultiruvchi paxta (10% li temir (III)-xlorid shimdirilgan) qo`yib bog`lanadi. Ko`p qon ketish xavfi bo`sa jarohatlangan joydan yuqorirog`i elastik jgut bilan bog`lanadi. Qon to`xtashi bilan jgut olib tashlanadi.
• Tasodifan og`iz orqali reaktivlar bilan zaharlanib qolinsa ko`p suv ichish kerak. Kislota bilan zaharlanganda 2% li soda eritmasidan bir stakan, ishqor bilan zaharlanganda 2% li sirka yoki limon kislotadan bir stakan ichish kerak. Yod bilan zaharlanganda soda, kofe, choy ichish kerak. Metallarning tuzlari bilan zaharlanganda tuxum yutish, atala, qatiq yoki sut ichish lozim.
• Jarohatlanish, quyish va umuman, zaharlanishning hamma hollarida dastlabki tibbiyot yordami ko`rsatilgandan so`ng darhol vrachga murojaat etish zarur.
• Laboratoriyadagi aptechkada quyidagi medikamentlar bo`lishi shart: bint, gigroskopik paxta, kuyganga qo`-yiladigan malham dori, yod eritmasi, spirt, kanakunjut moyi, kaliy permanganat, temir (III)-xlorid, mochevina, tannin, borat va sirka kislota eritmalari, novshadil spirt, oq streptosid, gliserin, leykoplastirp, kollodiy, pipetka, vazelin, pinset, rezina jgut, kompress qog`oz va boshqalar.
Sentrifuga, aralashtirgich va shunga o`xshash asboblar bilan ishlashda shu asboblarning instruksiya qoidalariga rioya qilish zarur. Bunday asboblarni nazoratsiz qoldirish yoki ularni nazorat qilib turishni boshqalarga topshirish mumkin emas.
• Singan shisha qoldiqlarini cho`tka yoki supurgi bilan tozalab yig`ish lozim.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin