Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyoviy texnologiya fanidan


Suvning umumiy qattiqligini aniqlash



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə7/23
tarix15.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Kimtex laboratoriya ishlanma 2022 23 3 kurs 2семестр

1.2. Suvning umumiy qattiqligini aniqlash.
Nazariy qism. Suvning umumiy qattiqligi kompleksometriya usuli bilan aniqlanadi. Bu usul metall kationlarining kompleksonlar bilan kompleks birikmalar hosil qilish reaksiyasiga asoslangan bo’lib, tez va aniqligi, yuqori darajada bo’lishi bilan ajralib turadi. Buning uchun aminopolikarbon kislotasining hosilalari ishlatiladi. Masalan, etilendiamintetrasirka kislotasining (EDS)-kompleksioni, bu kuchsiz to’rt negizli kislota bo’lib suvda kam eriydi. SHuning uchun uning natriyli tuzi – kompleksion yoki boshqacha qilib aytganda trilon B ishlatiladi. Trilon B ning kimyoviy formulasi quyidagicha C10H14N2 Na2O8 •H2O
Kompleksion ko’pgina metallar bilan suvda eriydigan mustaxkam ichki kompleks tuz hosil qiladi. Bunda metall karboksil gruppaning vodorod atomi o’rnini oladi va azot atomi bilan koordinatsion bog’ hosil qiladi.
Vodorodning 2 atomi metall tomonidan siqib chiqariladi. SHuning uchun ham trilon B ning ekvivalenti uning mol massasining yarmiga teng, ya’ni (372,25:2=186,12g)
Bunda azot atomlari ligand hisoblanadi. Indikator sifatida ko’pincha organik bo’yoq moddasi – qora erioxrom T qo’llaniladi. Bu birikma ko’k rangli bo’lib, metall ionlari bilan qizil rangli kompleks hosil qiladi.
Tekshirilayotgan eritma tarkibida kalsiy va magniy ionlari ushlaydi, unga qora erioxrom T quyilganda eritma qizil rangga kiradi, bunda magniy va kalsiy erioxrom bilan kompleks hosil qiladi. Titrlash davomida kalsiy, magniy ionlari Trilon B bilan birikib, ancha mustakam bo’lgan rangsiz kompleks hosil qiladi, qizil birikma buziladi, indikator erkin holga o’tadi va ko’k rang hosil bo’ladi. Ekvivalent nuqtasida kalsiy va magniy ionlarining hammasi Trilon B bilan birikadi. Rangning qizildan ko’kka aylanishi titrlashning tugaganligini ko’rsatadi.
Kerakli reaktivlar va jihozlar: Konussimon 250 ml hajmli kolba, 100ml hajmli byuretka, 100ml sig’imli pipetka, 25 ml hajmli silindr, 0,05mol/l konsentratsiyali trilon B eritmasi, bufer eritma, indikator ko’k yoki qoraxromogen, Na2S, 1% li gidroksilaminxlorid eritmasi.
Ishning bajarilishi: Kolbaga tekshiriladigan suvdan 100ml solinadi. Uning ustiga 5ml bufer eritma (ammiakli aralashma) va 5-7 tomchi indikator (qora yoki ko’k xromogen) tomiziladi. So’ngra darhol trilon B eritmasi bilan aralashtirilib turilgan holda titrlanadi. Titrlash qizil binafsha rang hosil bo’lguncha ya’ni ekvivalent nuqtasigacha davom ettiriladi. Agar titrlashga 10ml dan ko’p trilon B sarflansa, olingan suvda Ca2+ va Mg2+ ionlarining birgalikdagi miqdori 5mol/l dan ortiq ekanligini ko’rsatadi. U holda tekshiriladigan suvdan kamgina olib uni ustiga 100 ml distillangan suv quyib boshqadan titrlanadi.
Suvning tarkibida mis, rux, marganets ionlari hamda ko’p miqdorda karbonatli va gidrokarbonatli tuzlar bo’lsa umumiy qattiqlikini aniqlashga halaqit beradi. Agar titrlangan ekvivalent nuqtada rangning o’zgarishi aniq ravshan bo’lmasa bu suv tarkibida rux va mis ionlari borligidan dalolat beradi. Ularni yo’qotish uchun tekshiriladigan suvga 1-2 ml Na2S eritmasidan qo’shib yuqorida aytilganidek titrlanadi. Agar tekshiriladigan suvga bufer eritma va indikator qo’shilgan eritma sekinlik bilan rangsizlanib kulrang holatga o’tsa, suvda marganets ioni bor bo’ladi. U xolda tekshiriladigan suvga avval 5 tomchi gidroksilaminxlorid eritmasidan tomiziladi va so’ngra reaktivlar qo’shib yuqorida aytilganidek titrlanadi. Agar titrlash qiyin bo’lsa, cho’zilib ketsa, ekvivalent nuqtada aniq rang hosil bo’lmasa, rang beqaror, tez o’zgaruvchan bo’lsa, bu holat tekshiriladigan suvning ishqoriylik darajasining yuqoriligini ko’rsatadi. Ishqoriylikni yo’qotish uchun tekshiriladigan suvga 0,1 mol/l konsentratsiyali xlorid kislota eritmasidan ozgina qo’shiladi, so’ngra eritmaga 5 minut mobaynida havo puflab turiladi. SHundan so’ng bufer eritma va indikator qo’shib turiladi.
Umumiy qattiqlik quyidagi formula bilan ifodalaniladi:



bunda: QU– suvning umumiy qattiqligi, V1-trilon B ning titrlash uchun ketgan hajmi, ml; C-trilon B ning konsentratsiyasi, mol/l; V2 –tekshirish uchun olingan suv hajmi, ml.
1)Trilon B eritmasini tayyorlash.
2,3125 g trilon B o’lchab olinib, 1 litrli kolbaga solib, ustiga distillangan suv quyib chayqatish yo’li bilan eritiladi va hajmini 1l ga yetkaziladi.
2)Indikator eritmasini tayyorlash.
Indikator ko’k yoki qora erioxromdan 0,5 g o’lchab olinadi va 10 ml ammiakli bufer aralashmada eritiladi. So’ngra eritma hajmi 100 ml ga etguncha etanol bilan suyultiriladi.
3)Ammiakli bufer aralashmasini tayyorlash.
100 ml ammiak (20%) 100 ml ammoniy xlorid (20%) eritmalari aralashtiriladi va aralashma 100 ml etanol yoki 800 ml distillangan suv qo’shib suyultiriladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin