Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyoviy texnologiya fanidan



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə6/23
tarix15.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Kimtex laboratoriya ishlanma 2022 23 3 kurs 2семестр

Rasm-9. Metall buyumlar:
a-temir qisqich, b-moddalar yondiriladigan qoshiqcha, v-vintli qisqich, g-prujinali qisqich.




Rasm-10. Tarozi (texnik)






Rasm-11. Elektr qizdirgichlar:
a-laboratoriya elektr plitkasi, b-kolbalar uchun moslashgan qizdirgich.




Rasm-12. Eritmalar tayyorlash uchun idishlar.
a-darajalarga bo`linmagan tumshuqli silindr, b-areometr tushiriladigan silindr, v-o`lchov silindrlari, g-o`lchov kolbalari, d-pipetka.

1-Laboratoriya ishi. Suvning qattiqligini aniqlash.


1.1. Suvning muvaqqat (karbonatli) qattiqligini aniqlash.
Nazariy qism: Agar 1 litr suv tarkibida 20,4 mg Сa2+ yoki 12,16 mg Mg2+ ionlari bo`lsa suvning qattiqligi 1 ga teng bo`ladi va bu mg∙ekv/l bilan belgilanadi. Kalsiy va magniy ionlari suvning tarkibidagi miqdorlariga (mg.ekv/l) qarab qattiqlik quyidagicha bo`ladi:
1. O`ta yumshoq – 1,5 mg∙ekv /litrgacha
2. Yumshoq – 1,5 - 3,0 mg∙ekv /litr
3. O`rtacha – 3,0-6,0 mg∙ekv /litr
4. Qattiq – 6,0-10,0 mg∙ekv /litr
5. O`ta qattiq – 10,0 mg∙ekv/litrdan yuqori.
Suvning qattiqligi-vaqtincha qattiqlik, doimiy qattiqlik va umumiy qattiqliklarga bo`linadi.
Vaqtincha qattiqlik, ya`ni karbonatli qattiqlik suvning tarkibidagi kalsiy bikarbonat Ca(HCO3)2 va magniy bikarbonat Mg(HCO3)2 miqdori bilan xarakterlanadi, ya`ni qaynatishda bu tuzlar cho`kma holiga o`tib idish tubiga cho`kadi, qaynash vaqtida beradigan asosiy kimyoviy jarayon quyidagicha kechadi:
Ca(HCO3)2→ CaCO3+ H2O + CO2
2 Mg(HCO3)2→ MgCO3+ Mg(OH)2+ 2 CO2+ H2O
Doimiy qattiqlikni magniy va kalsiy nitratlari, xloridlari, sulfatlari hosil qiladi va vaqtida cho`kmaga tushmaydi. Vaqtinchalik va doimiy qattiqlarning yig`indisiga umumiy qattiqlik deyiladi. Muvaqqat qattiqlik suvda kalsiy va magniy gidrokarbonatlarning borligi bilan tariflanadi. Suv qaynatilganda ular suvda erimaydigan karbonatlarga aylanib cho’kmaga tushadi. Natijada suv yumshaydi.
Ca(HCO3) = CaCO3+H2O+CO2
2Mg(HCO3)2 = MgCO3+Mg(OH)2+3CO2+H2O
Suvning qattiqligi juda ko’rsatkich bo’lib, suv qizdirilganda kalsiy va magniy karbonatlari cho’kib, idish devorlariga cho’kindi(qasmoq) hosil qiladi.Kalsiy va magniy sulfatlar esa, suv qaynatilganda cho’kmaga tushmaydi, ammo suvda eruvchanligi kam bo’lganligidan, suv bug’langanda o’ta to’yingan eritmaga aylanib, idish devorlariga qattiq qatlam xosil qilib cho’kadi.
Qattiqlikni kamaytirish uchun turli usullar qo`llaniladi.
1. Fizikaviy usul:
a) termik ishlov berish(qaynatish);
b) elektromagnit ishlov berish;
2. Kimyoviy usul:
a) soda va ohakli;
b) ohakli;
v) sodali;
g) ishqorli (natriy ishqori bilan);
d) bariyli
e) fosfatli
3. Ion almashinish usuli:
a) fizikaviy usul;
b) kimyoviy usul.
Ishning maqsadi: Suvning fizik va kimyoviy tavsifini aniqlash.
Kerakli reaktivlar va jihozlar: 250 ml sig’imli konussimon kolba, 100 ml sig’imli byuretka, 25ml sig’imli silindr, 0,1 mol/l konsentratsiyali xlorid kislota eritmasi, metiloranj idikatori.
Ishning bajarilishi: Konussimon kolbaga 100ml tekshiriladigan suvdan o’lchab olinadi va 0,1 molyarli xlorid kislotasi bilan metiloranj indikatori ishtirokida toki qizg’ish rang hosil bo’lguncha titrlanadi.
Bunda kalsiy va magniy bikarbonatlari xlorid kislotasi bilan o’zaro ta’sirlashganda quyidagicha reaksiya boradi.
Mg(HCO3)2 + 2HCl = MgCl2 + 2H2O +2CO2
Ca(HCO3)2 +2HCl = CaCl2 +2 H2O +2CO2
Karbonatli qattiqlik quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

bunda; Qk - suvning karbonatli qattiqligi mol/l;
V1-titrlash uchun sarflangan xlorid kislota hajmi, ml,
V2–tekshirish uchun olingan suvning hajmi ml;
C-xlorid kislota eritmasining konsentratsiyasi, mol/l.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin