Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyoviy texnologiya fanidan



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə3/23
tarix15.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Kimtex laboratoriya ishlanma 2022 23 3 kurs 2семестр

T/r

Mavzu nomi

Dars soati

Beti




KIRISH










VI semester










1-Laboratoriya ishi: Kimyo sanoatida suv. Suvning qattiqligini aniqlash.

8





1-Laboratoriya ishi. Suvning qattiqligini aniqlash.
1.1. Suvning muvaqqat (karbonatli) qattiqligini aniqlash

2





1.2. Suvning umumiy qattiqligini aniqlash

2





1.3. Suvni yumshatish va tuzsizlantirish

2





1.4. Ion almashinish usullari bilan suvni yumshatish

2







2-Laboratoriya ishi: Ammiakli selitra olish

6





2.1-Laboratoriya ishi. Ammiak olish.

2





2.2-Laboratoriya ishi. Ammiakli selitra olish va uning analizi

4





3-Laboratoriya ishi: Superfosfatning olinishi.

4





4-Laboratoriya ishi: Silvinitdan kaliy xlorid olish

4




9

5-Laboratoriya ishi. Qurilish gipsining qotish tezligini aniqlash. Gips asosida bog’lovchi moddalar olish

4




10.

6-Laboratoriya ishi. Sement eritmasini tayyorlash Sementli qotishmani normal zichligini aniqlash

4







Jami:

30





LABORATORIYADA ISHLASHNING UMUMIY QOIDALARI

  1. Laboratoriyalarda har qaysi talaba o’zining ish o’rnida, xalat kiygan holda ishlashi, qo’lida toza sochiq tutishi kerak.

  2. O’qituvchi ko’rsatmalarini aniq, tartibli, ehtiyotkorlik bilan bajaring

  3. O’qituvchi ruhsatisiz ish joyini bo’sh qoldirmang.

  4. Asbob, material, jihozlarni o’qituvchi ko’rsatgan tartibda ish stolida joylashtiring.

  5. Keraksiz asboblarni ish stolida saqlamang.

  6. Ish stoliga sumka, daftar va boshqa narsalarni qo’yish yaramaydi.

  7. O’qituvchi ruhsatisiz elektr manbalarini ulamang.

  8. Har bir laboratoriyani boshlashdan oldin uning mohiyatini qo’llanmadan yaxshilab o’qib tushunib olish, zaruriy asbob va reaktivlarni tayyorlash, so’ngra o’qituvchi yoki laborant ruxsati bilan ishni boshlash lozim.

  9. Har qaysi talaba o’zi uchun alohida laboratoriya jurnali tutishi kerak. Unga hamma tajriba, kuzatish va xulosalarini yozib boradi. Jurnalga tajriba o’tkazilgan sana (kun, oy, yil), ishning nomi, tajriba tafsiloti, xulosalar, tajriba vaqtida sodir bo’lgan kimyoviy jarayonlarning tenglamalari, ishni bajarishga oid barcha hisoblashlar yozib boriladi. Kerakli rasm va sxemalar chiziladi. Ishlatilgan asboblarning rasmini eskizlar shaklida chizish mumkin.

  10. Reaktivlarni keragidan ortiq miqdorda sariflash yaramaydi. Oritqcha olingan bo’lsa, uni idishga qaytarib quymasdan, alohida idishga solib qo’yish kerak.

  11. Umumiy foydalanish uchun qo’yilgan apparat va reaktivlarni o’z joyidan siljitmang, chunki u boshqalar uchun ham kerak bo’ladi.

  12. Zararli moddalar bilan bajariladigan barcha ishlarni mo’rili shkafda o’tkazish lozim. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni idishdan idishga faqat mo’rili shkafda quyish mumkin.

  13. Asboblardan birortasi ishlamay qolsa yoki sinsa, albatta o’qituvchiga ayting.

  14. Ishlatilgan kislota, xromli aralashmani va ishqor eritmalarini kanalizasiya rokovinasiga to’kish yaramaydi, ular mo’rili shkafdagi kristalizatorlarga solinadi.

  15. Ishlatilgan kumush birikmalarini alohida idishga yig’ish kerak. Kumush tuzlarining ammiakli eritmalari uzoq vaqt saqlanganda qaldiroq kumush – Ag3N hosil bo’lish natijasida portlash yuz berishi mumkin, buni sedan chiqarmaslik kerak.

  16. Issiq asbob yoki idishni hech qachon stol ustiga to’g’ridan-to’g’ri qo’yish yaramaydi, buning uchun avval maxsus “taglik” tayyorlash lozim.

  17. Mashg’ulot rejasida ko’rsatilmagan qo’shimcha tajribalarni o’tkazish taqiqlanganligini yodingizdan chiqarmang.

  18. Elektr asboblarining kontaktlariga e’tibor bering, ular yaxshi izolatsiyalangan bo’lishi kerak.

  19. Kislota, ishqor va ammiakning konsentrlangan eritmalarini hamda oson bug’lanuvchi suyuqliklarni pipetkaga og’iz bilan so’rib tortib olish yaramaydi. Buning uchun so’rgichdan foydalanish kerak.

  20. H2 va boshqa gazlarni yoqishdan oldin ularni tozaligini sinab ko’rish kerak. Hg va uning bug’i kuchli zahardir shuning uchun simobli asbob yoki termometr singanda to’kilgan Hg ni yaxshilab yig’ib olib, bu haqida o’qituvchiga yoki katta laborantga aytish kerak.

  21. Mashg’ulot tamom bo’lganidan keyin har bir talaba idishlarni yuvishi, suv jumragini berkitishi, gaz, elektrni o’chirishi, ish joyini tartibga solib laborantga topshirishi lozim.

  22. Mashg’ulot natijalari laboratoriya jurnaliga yuqorida aytilgan tartibda yozilganidan keyin har qaysi ish oxirida jurnal o’qituvchiga imzo chekish uchun beriladi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin