Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyoviy texnologiya fanidan



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə14/23
tarix15.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84435
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Kimtex laboratoriya ishlanma 2022 23 3 kurs 2семестр

2.3-Laboratoriya ishi. Ammiakli selitra olish va uning analizi.
Nazariy qism: Ammiakli selitra 50-60%li nitrat kislota eritmasini gazsimon xoldagi ammiak bilan neytrallab olinadi:
HNO3 + NH3 = NN4NO3 + 148,6 kJ
Sanoatda reaksiya issiqligi suvni bug’lantirish yo’li bilan ammiakli selitra eritmasini konsentratsiyasini oshirish uchun foydalaniladi. Azotli o`g`itlardan ammoniy nitrat tuzi ko`p miqdorda mineral o`g`it sifatida ishlatiladi. Ammoniyli o`g`it tarkibida 35% azot bo`ladi, ya`ni azotli boshqa o`g`itlardagiga qaraganda ko`p azot bo`lgan konsentrlangan o`g`itdir. Ana shunday o`g`it tayyorlash uchun ammiak bilan nitrat kislota kerak bo`ladi.
Ammoniy nitrat qishloq xo`jaligida o`g`it sifatida ishlatilishidan tashqari, qora porox ishlab chiqarishda, ammonit, ammonat va boshqa portlovchi moddalar olishda qo`llaniladi.
Ishning maqsadi: Kristall holdaga ammiakli selitra olish va uning nitrat kislota bo’yicha unumini hamda undagi ammoniy azotini aniqlash.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: 48-60% li nitrat kislota, 25% li ammiak lakmus qog’ozlari, ammiakli selitra olish qurilmasi (5-rasm)
500 ml sig’imli o’lchov silindri, ammiak va nitrat kislotasi zichligini o’lchash uchun areometr, qum hammomi, chinni kosacha.
Ishning bajarilishi: Ammiakli selitra olish qurilmasi.

5-rasmning reaktor qismining ichiga ostki qismiga shisha paxta qo’yilib reaktor ichiga shisha siniqlari (nasadka) bilan to’lg’aziladi (Libix sovutgichidan foydalanish mumkin, faqat sovutgichning suv kirish-chiqish teshiklari yuqoriga qarab egilgan bo’lishi kerak aks xolda rezina shlanglarga kislota kirishi mumkin) 20-30 ml 48-60% li nitrat kislota tomizgich qadag’ga 1solinadi. Vyurs kolbasiga 6 esa 75-100 -ml 25% li ammiak quyiladi.
Vyurs kolbasi tiqin bilan bekitiladi va yopik elektr plitasida qizdiriladi. Qachonki ammiak bug’lanib reaktorga (neytralizatorga) tushaboshlagach reaktorga o’rnatilgan tomizgich kadaqning jumragi ochilib sekinlik bilan tomchilatib nitrat kislotasi neytralizatorga tomiziladi. Oqtutun shaklida xosil bo’lgan ammiak selitra kondensatlanib reaktorning pastki qismiga 4 tushadi. Kislotani hammasi quyib bo’lingach tomizgich qadaq 1bekitiladi va yana bir necha minut ammiak yuborish davom ettiriladi so’ngra kosachadagi ammiakli selitraning muxiti lakmus qog’ozi bilan aniqlanadi. Agar muhit kislotali bo’lsa selitra eritmasi yana qayta tomizgich kadaqga 1 quyiladi va ammiak yuborish bilan neytralizator orqali o’tkaziladi. Bu operatsiya (amal) selitra eritmasining muhiti ishqoriy bo’lguncha davom ettiriladi.
SHundan so’ng Vyurs kolbasidan ammiak yuborish to’xtatiladi, tomizgich qadaq 3-4 marta 5 ml dan distillangan suv bilan yuviladi va bu suv bilan neytralizator ham chayib olinadi va yuvib olingan suv ammiakli selitra eritmasiga qo’shiladi va chinni kosachaga solinib qum hammomi ustiga qo’yib kosacha ustida oq bug’ hosil bo’lguncha shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turilgan xolda bug’lantiriladi selitrasuyuqlanmasining harorati bu vaqtda 433 K ga teng bo’ladi.
Ammiakli selitra sovigach va kristallangach kosacha o’lchanib olingan ammiakli selitraning nitrat kislota bo’yicha unumi foizlarda hisoblanadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin