Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyoviy texnologiya fanidan


-Laboratoriya ishi. Nitrat kislota olish



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə12/23
tarix15.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84435
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Kimtex laboratoriya ishlanma 2022 23 3 kurs 2семестр

2.2.2.-Laboratoriya ishi. Nitrat kislota olish
Nazariy qism: Qorishtirgich sifatida 200 ml sig`imli ichga konsentrlangan ammiak eritmasi solingan oddiy sklyankadan foydalaniladi. Kislorod gazometrlan yoki o`zi olinayotgan asbobdan nay orqali to`g`ridan to`g`ri beriladi. Kislorod ammiak eritmasi orqali o`tib, u bilan aralashadi. Nitrat kislota olish maqsadida ortiqcha kislorod kerak bo`lgani uchun (1 hajm ammiakka 1,5 hajmgacha kislorod), eritmaga tushirilgan nayni yuqori ko`tarib yoki pastga tushirib va kislorod oqimini kuchaytirib, aralashmadagi ammiakning konsentrasiyasini oshirish yoki kamaytirish hamda gazlarning qulay nisbatini tanlash mumkin.
Gaz o`tkazgich nayga saqlagich sifatida buralgan mis turi yoki ingichka mis simlari bog`lami joylanadi. Chunki, kislorod ammiak bilan portlovchi aralashma hosil qilish mumkin. Kontakt apparati probirkali rezina nayli hamda kontakt moddali (asbest ustiga xrom oksid sepiladi), ichiga spiral joylashgan, sig`imi taxminan 100 ml sig’imli kolbadan iborat. Kataliazatorning spiralning uchlari probkaga maxkamlangan. Kesimi 1-2 ml sig’imli mis o`tkazgichlar bilan qisib qo`-yilgan. Spiral va (katalizator) manbaadan kelayotgan elektr toki bilan reostat orqali qizdiriladi. So`riladigan 1000 Om.li reostatdan foydalanilgan ma`qul. Qarshilikni o`zgartirib turib, katalizatorning mos keladigan qizishini tanlash mumkin (qulay harorat 750-8000C) ammiakning oksidlanishidan ekzotermik reaksiya sodir bo`ladi.
4 NH3+5O2 = 4NO+6H2O
va qisman azot (IV)-oksidi hosil bo`ladi.
2NO+O2 = 2NO2
Oq fon ustida qo`ng`ir rangning paydo bo`lishi azot (IV)-oksidi hosil bo`lganidan dalolat bo`ladi. Ikkinchi reaksiya qaytar reaksiya bo`lib, 600 da muvozanat batamom chapga, 1400Cdan past haroratgacha sovutish kerak.
Qozon – utilizator vazifasini bajaruvchi sklyankada gazlar aralashmasi soviydi va azot (II)-oksid azot (IV)-oksidigacha oksidlanish davom etadi. Shu vaqtdan azot (IV)-oksidning qo`ng`ir rangi yaxshi ko`rinadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin