Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi kimyoviy texnologiya fanidan



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə13/23
tarix15.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84435
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Kimtex laboratoriya ishlanma 2022 23 3 kurs 2семестр

Suv bilan ishlaydigan sovutgich. Qarama qarshi prinsipda ishlaydi. Gaz aralashmasini yazshi sovutadi, hamda ilgari olingan azot (IV)-oksid bilan suvning reaksiyaga kirishi natijasida qisman nitrat kislota ham hosil bo`ladi. Sovutkichning tubida nitrat kislota yig`iladi. Yuvish minorasi 2 tomoni rezina probkalar bilan berkitilgan silindrdan yoki sovutkichning g`ilofidan tayyorlanishi mumkin. Minoraga suv voronka orqali ko`rinadi. Nitrat kislota eritmasi esa tajribaning oxirida (qisqich) jo`mrak orqali olinadi. Minora shisha siniqlari (nasadka) bilan to`ldiriladi va sirqulyasion qurilma bilan tahminlanadi. Pulhvirizatordan olingan kichkina rezina nok sirqulyasion qurilma vazifasini bajaradi. U eritmaning yopik sikl bo`ylab haydaydi va bu uning konsentrasiyasini oshiradi. Qurilmaning hamma detallari yog`och taglik ustiga montaj qilinadi.
Asbobni ishga tushirish va uni tekshirish. Qorishtirgichga ammiakning konsentrlangan eritmasi solinadi. Gaz keladigan nayga gaz olinadigan asbob yoki kislorodli gazometr ulanadi. Katalizatorni qizdirish uchun reostat orqali elektr toki ulanadi. Yuttirish minorasiga suv qo`-yiladi (jo`mrak yoki qisqich berkitiladi).
Ishning maqsadi: Sanoatda olinadigan HNO3ning texnologik sxemasi haqida tasavvurlarni chuqurlashtirish.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: sklyanka, shisha nay, gazometr, kolba (100 ml) reostat, suvli sovutkich, shisha silindr va diametri 20 ml sig’imli shisha nay, asbest taxta, mis sim, Kipp apparati, (NH4)2Cr2O7, H2SO4 (1:5 suyultirilgan), Zn donachalari, distirlangan suv.
Ishning bajarilishi. Katalizator tayyorlash: Katalizator tayyorlash uchun elektr plitkaning spiralidan 5-7 sm olinadi. Krannlar orasidagi bo`shliq asbest taxta bilan to`ldiriladi. Taxta tuz eritmasini shimib olgach, spiralni tortib olib havoda quritiladi. Spiralni elektr manbaga ulansa, ammoniy bixromat parchalanadi:
(NH4)2Cr2O7 N2+Cr2O3+4H2O
Mayda donador xrom oksid asbest ustida qoladi. Xrom oksididan to`g`ridan to`g`ri model yig`ilgich olish mumkin. Spiral joyiga qo’yiladi va uni kolba bilan berkita turib, reostat orqali tok ulanadi. Ammoniy bixromat parchalangan keyin katalizator tayyor bo`ladi, endi tiqin kolbaga kiygiziladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin