m1 = 0,00017·V1 bunda: V1-xlorid kislota hajmi, ml; 0,00017–xlorid kislotasi 0,01 mol/l li eritmasining 1 ml dagi miqdoriga to`g`ri keladigan ammiak miqdori. Ammiakni nazariy unumini (m0, g), reaksiyada azotning sarflangan hajmi asosida reaksiya tenglamasi bo`yicha taxminiy hisoblab chiqarish mumkin. Bunda ammiakning unumi (ψ) foizlarda quyidagicha bo`ladi:
ψ = m1/ m0 · 100% O`tkazilgan tajriba ma`lumotlari jadval shaklida rasmiylashtiriladi.
Kontaktlash harorati K
Azotning hajmi V
Azotning massasi G
0,01 Mol/l HCl eritmasining hajmi ml
Ammiak massasi (g)
Ammiak unumi ψ
Nazariy unum (m0)
Amaliy unum (m1)
2.2-Laboratoriya ishi. Nitrat kislota olish texnologiyasi. Nazariy qism: Nitrat kislota sanoatda ammiakni oksidlab olinadi. Bu jarayon bir vaqtning o`zida qaytmas holda uch yo`nalishda boradi:
4NH3 + 5O2 4NO + 6H2O + 907 kJ (1)
4NH3 + 4O2 2N2O + 6H2O + 1104,9 kJ (2)
4NH3 + 3O2 2N2 + 6H2O + 1269 kJ (3)
Haroratni 1173 K dan yuqoriga ko`tarilishi dastlabki ammiakni va reaksiya natijasida hosil bo`lgan azot (II) oksidining parchalanishiga olib keladi.
2NH3 = N2 + 3H2 2NO = N2 + O2 Bundan tashqari azot (II) oksidi reaksiyaga kirishmagan ammiak bilan reaksiyaga kirishishi mumkin.
4NH3 + 6NO 5N2 + 6H2O
Reaksiyani azot (II)- oksidi hosil bo`lishi tomonga yo`naltirish uchun katalizatordan (platina va radiy qotishmasidan) foydalaniladi. Qaysiki, bu katalizator faqat (I) - reaksiyani tanlab tezlashtiradi.
Reaksiya tenglamasiga muvofiq havo-ammiak aralashmasining nisbati NH3:O2=1:1,25 bo`lishi kerak, ammo amaliyotda bu nisbat 1:1,7-1,8 olinadi, bu havo–ammiak aralashmasida 10-11% ammiak bo`lishini ko`rsatadi. Aralashmada ammiak miqdori 15% ga yaqin bo`lsa u portlab ketishi mumkin. Bu reaksiyada bosim azot (II)-oksidining unumiga ta`sir etmaydi. Natijada olingan azot (II)-oksidi azot (IV)-oksidiga aylantiriladi:
2NO + O2 2NO2 + 112,3 kJ
Bu reaksiya amalda 413 K gacha haroratda qaytmas hisoblanadi. Bosimni oshirish va haroratni pasaytirish azot (IV) - oksidi hosil bo`lishiga yordam beradi. Hosil bo`lgan nitroza gazlari suvga absorbsiyalanadi:
2NO2 + H2O = HNO2 + HNO3 + 116 kJ
3HNO2 = HNO3+ 2NO + H2O – 75,8 kJ
Bosimning oshirilishi va haroratning pasaytirilishi absorbsiyani kuchaytiradi.