Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Beshinchi savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə19/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Beshinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarni kasb psixologiyasi
fanining tadqiqot metodlaridan biri bo’lgan eksperimental metodlar bilan
tanishtirish, eksperimental metodlarining sifatini ajratish. Eksperimental
usulning 3 turini ta’riflash, test metodini ko’rib chiqish. Modellashtiruvchi
eksperimentni bayon qilish. Laboratoriya eksperimentini va shakllantiruvchi
eksperimentni qiyosiy solishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari.
1.Eksperimental metodlar bilan tanishtiradi.
2.Eksperimental metodlarining sifatini ajratadi
3. Eksperimental usulning 3 turini ta’riflaydi.
4.Test metodini ko’rib chiqadi.
5.Modellashtiruvchi eksperimentni bayon qiladi.
6.Laboratoriya eksperimentini va shakllantiruvchi eksperimentni qiyosiy
solishtiradi.
Eksperimental metodlar.
5-savolning bayoni
Eksperimental metodlar - psixologik reallik mexanizmi va qonuniyatlarini
o’rganish buyicha asosiy metodlar hisoblanadi. Eksperimental metodlarning asosiy
mohiyati nazorat qilinadigan va boshqariladigan sharoitlarda yangi ilmiy bilimlarni
olishga qaratilgan. Eksperimentning asosiy nomutaxassislik vazifasi — sabab va
natija aloqalarini o’rganish va psixologik jarayonlar va xodisalarni tushuntirishdan
iborat. Eksperiment o’tkazishda farq va rozilik kridasini qo’llaydilar (J.S.Mill)
Eksperimentning mazmuni shundan iboratki nazoratchi uchun muhim
(shaxs qobiliyatlarini tashhis qilib beruvchi (diqqatni jamlay olish,
mustaqillik, sensor farklash darajasi, keng fikrlash) test loyihalashtiriladi.
Testda tanlovchilar orqali nazoratchilarning eksperimental guruhi tuziladi.
Eksperimental va nazorat guruxi ishlarini korrektsion tahlil qilish asosida
tasdiqlash, testning samaraliligini va ishtirokchilarni tanlash va tayyorlash
metodikasini aniklash imkonini beradi.
Psixologik tadqiqotlarda eksperiment natijalarini miqdoriy ifoda qilish
masalasi eng qiyin masala hisoblanadi. Shuning uchun mikdoriy
ma’lumotlar, odatda, absolyut emas, balki nisbiy ahamiyatga ega.
Eksperimentni o’tkazishda o’rganilayotgan jarayon o’tadigan
sharoitlarni keng miqiyosda o’rganiladi o’rganish jarayonida o’zgaruvchan
omillar ta’sirini ajratish, ularning o’zaro aloqasini aniqlash va shu tariqa
psixik xodisalarning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rgatish mumkin.
Eksperiment metodining muhim sifati shundaki-o’rganilayotgan
jarayoniga to’g’ri baho berish, ma’lumotlarning miqdoriy hisobini olish
imkonini beradi, bu esa tadqiqot natijalariga ishlov berish muhim statistik
xulosa chiqarishga imkon beradi.



19
19


Eksperimental usulning 3 turi mavjud: tabiiy, modellashtiruvchi va
laboratoriya eksperimentlaridir. Tabiiy eksperiment psixik xodisalarni odatiy
tabiiy sharoitlarda o’rganishni nazarda tutadi (darsda, mehnat topshiriqlarini
bajarish jarayonida va xokazo). Tabiiy eksperimentning afzalligi - tadqiqot
maqsadlarining nisbatan yashirinligi, jarayonning norasmiy muhitda o’tishi
va sinovdagilarning hayoti va faoliyatiga bevosita kirib borishi bilan belgilanadi
Modellashtiruvchi eksperiment ayrim mehnat jarayonlarining nazariy
dinamikasi va murakkabligi tufayli real texnik moslamalarni odatiy ish
tartibidagi usullarni o’rganib bo’lmaganligi tufayli qullaniladi. Bu
jarayonlar anglanilgan holda o’rganilayotgan mehnat jarayonida ishning
muvaffakiyatini belgilab beruvchi uning tarkibiy qismlariga ajratiladi, bu
faoliyatni amalga oshirish uchun sun’iy sharoitlar yaratiladi va shu tariqa
modellashtirilgan sharoitlarda murakkab mehnat jarayoni o’rganiladi.
Modellashtiruvchi eksperiment shaxsning kasbiy shakllanish jarayonidagi
muhim kasbiy sifatlarni o’rganishda qo’llaniladi. Laboratoriya eksperimenti
tadqiqotlarni maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlangan psixologik
laboratoriyada o’tkazishni nazarda tutadi. Eksperimentning bu turi odatda
elementar psixik funktsiyalarni o’rganish maqsadida qo’llaniladi ya’ni, sensor
va motor reaktsiyalari tanlov reaktsiyalari va boshqalarni kiritish mumkin.
Insonning ish-harakatlarini o’rganish borasida oxirgi 20 yil mobaynida
videotexnika va turli antik mexanik moslamalar rivojlanishining yuqori
darajasiga ko’tarilgan. Bu bir tomondan videoga tushirish kabi usullarni keng
qo’llashga olib kelgan bo’lsa, boshqa tomonda tayyorlov ishlari ya’ni,
eksperimentni o’tkazish va materiallarni tahlil etsh kabi ishlarni
engillashtirishga xizmat kiladi.
Shakllantiruvchi eksperiment - bu usulning asosiy belgisi V.
Davidovning "psixikaning u yoki bu empirik shakllarining xususiyatlarini
oddiygina ta’kidlab emas, balki ularni faol modellashtirib maxsus
sharoitlarda namoyon etib, ular mohiyatini ochib berishi" kerak degan fikr
bilan belgalanadi.
Shakllantiruvchi eksperiment usullarini qo’llash o’quv-kasbiy jarayonlarning
ma’lum tavsiflarini o’zgartirish va shu o’zgarishning ta’lim oluvchilarning
yosh, intellektual xususiyatlariga bo’lgan ta’siri bilan bog’liq mohiyatiga ko’ra,
bu usul keng tadkikot utkazish vositasi sifatida bosh usullarni kullash orkali
o’tkaziladi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin