5.1. Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning shakllari:
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan modulning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan modulning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va oʻquv qoʻllanmalar boʻyicha ma’ruzalar qismini oʻzlashtirish;
- maxsus adabiyotlar boʻyicha modullar boʻlimlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- yangi texnikalarni, asboblarni, jarayonlar va texnologiyalarni oʻrganish;
- talabaning oʻquv -ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan modullar boʻlimlari va mavzularni chuqur oʻrganish;
- faol va muammoli oʻqitish uslubidan foydalaniladigan oʻquv mashgʻulotlari;
- masofaviy (distansion) ta’lim.
- berilgan mavzu boʻyicha axborot (referat) tayyorlash;
- modulning boʻlimlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monogratlyalar, maqolalar) boʻyicha ishlash va ma’ruzalar qilish;
- Ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash;
- vaziyatli muammollarga yoʻnaltirilgan vaziyatli masalalar yechish;
- keys (real vaziyatli masalalar asosida kase-study) yechish.
- grafik organayzerlarni ishlab chiqish va toʻldirish;
- krossvordlar tuzish va yechish;
- prezentatsiya va videoroliklar tayyorlash hamda mustaqil ish jarayonida keng qoʻllash.
5.2. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlarni tashkil etish boʻyicha umumiy koʻrsatma va tavsiyalar:
Farmatsevtika ishini tashkil qilish modul dasturi talabaning mustaqil ishi oʻrganilayotgan mavzu yuzasidan kengaytirilgan ma’lumotlarni yigʻish, buning uchun axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish, olingan ma’lumotlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish va aniq dori vositasining sifatini nazorat qilishda qoʻllay olishdan iborat boʻlib, uning turlari va shakllari turli koʻrinishda boʻlishi mumkin. Mustaqil ishga moʻljallangan mavzular va topshiriqlar talabaning mustaqil ishini tashkil etish boʻyicha kafedrada ishlab chiqilgan va muntazam yangilanib boradigan uslubiy qoʻllanmalarda keng yoritilgan.
Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qoʻshimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil oʻrganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yoʻllarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar toʻplash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy toʻgarak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Talaba mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
- ayrim nazariy mavzularni oʻquv adabiyotlari yordamida mustaqil oʻzlashtirish;
- berilgan mavzu boʻyicha axborot (referat) tayyorlash;
- modulning boʻlimlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) boʻyicha ishlash va ma’ruzalar qilish;
- vaziyatli muammolarga yoʻnaltirilgan vaziyatli masalalar yechish;
- modellar yasash, krossvordlar tuzish, organayzerlar tuzish va h.k
Dostları ilə paylaş: |