Modulni yakunlaganda talaba biladi: - Farmatsevtika bozorini tartibga solish bo‘yicha xalqaro amaliy tajriba;
- O‘zbekiston Respublikasi dori vositalari bilan ta’minlash tizimi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar;
- Farmatsevtika faoliyatining turlari;
- Farmatsevtik faoliyat uchun litsenziya olish tartibi, litsenziya talablari va shartlari;
- Dorixona tashkilotlarida chakana savdoni tashkil qilish tartibi;
- Dorixonada retseptlarni qabul qilish va ular asosida dori vositalarini berish;
- Dorixona sharoitida dori vositalarini tayyorlash ishlarini tashkil qilish;
- Dorixona sharoitida dori vositalar sifatini nazorat qilish ishlarini tashkil qilish
- Retseptsiz savdoni tashkil qilish;
- Dorixonada zaxiralar bo‘limi ishini tashkil qilish, laboratoriya va qadoqlash ishlarini hisobga olish;
- Dori vositalari va tibbiy texnika buyumlarini ekspertiza qilish va standartlashtirish Davlat markazi, Davlat unitar korxonasining faoliyati;
- Dorixonada giyohvand dori vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi;
- Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlash;
- Merchandayzing asoslari;
Farmatsevtika bozorida ulgurji savdo faoliyatini tashkil etish, dori vositalarining muomalasida logistik yondashuv, farmatsevtik bozorida axborot texnologiyalari va elektron tijorat.
Modulni yakunlaganda talaba bajara oladi: - Amaliy mashg‘ulotlarda talabalarning o‘zlari mustaqil ravishda mavzuga oid me’yoriy hujjatlardan foydalana oladi;
- Vazifalarni to‘g‘ri bajara oladi;
- Olgan natijalarni tahlil qiladi va ulardan foydalana oladi;
- Modulga oid vaziyatli masalalarini yechadi, statistik tahlil qilish bo‘yicha malakalarga ega bo‘ladi.