Oʻquv modulinig dolzarbligi va oliy toʻlimdagi oʻrni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 5 maydagi PQ-2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775 sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamalakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, PQ-4310 “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori darajada ma’naviy va ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash ilmiy asoslangan, xalq manfaatlariga javob beruvchi dasturni ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Ushbu fan dasturi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va bakalavr ta’lim yo‘nalishi malaka talablariga asoslangan holda tuzilgan. GХP asoslari - dori vositalarini sifatini ta’minlashga qaratilgan xalqaro standartlar to‘plami hisoblanib, u o‘z ichiga GLP- dori vositalari tarkibidagi ob’ektlarni noklinik sinovlarini bajarish uchun mo‘ljallangan yaxshi laboratoriya amaliyoti; GCP- yaxshi klinika amaliyoti; GSP-yaxshi saqlash amaliyoti; GMP-yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti; GDP- yaxshi sotuv amaliyoti; GPP- yaxshi farmatsiya amaliyoti va hk. prinsiplarini belgilaydi. Eng muximi, ushbu fanni o‘rgatish, zamon talablari asosida ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetuk mutaxassis tayyorlash imkonini beradi.
Oʻquv modulining maqsadi va vazifalari
GXP asoslari fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarga farmatsevtika sohasidagi ilg'or tajribalarning asosiy qoidalarini, farmatsevtika va tibbiy mahsulotlar sifatini ta'minlash uchun me'yoriy hujjatlar va uslubiy materiallarni o‘rgatish;- talabalarda sog'liqni saqlash va dori-darmon vositalari, tibbiyot buyumlari, biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqarish sohasida kasbiy vakolatlarni shakllantirish, kasbiy muammolarni hal qilish uchun dori vositalarining sifatini nazorat qilishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari. nazariy va amaliy jihatdan talabalarni xalqaro me’yoriy hujjatlar talabi asosida ishlash, GXP – umumiy boshqaruv qoidalari, ishlab chiqarish jarayonlari va nazorat sinovlari o‘tkazish tartibini belgilashni o‘rgatish, hamda ishlab chiqarishni turi, zamonaviy usulda olib borish bo‘yicha minimal amaliy ko‘rsatmalarni berish, umumiy qoidalari va talablarini o‘rgatishdir.
Dostları ilə paylaş: |