Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 

Siyosiy iqtisod mumtoz olimlari konsepsiyalarining asosiy 
mazmuni nimalardan iborat? 

Siyosiy iqtisod mumtoz olimlari qatoriga kimlar kiradi? 

A.Smit soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil 
qilishning qanday to‘rt asosiy tamoyillarini ifodalagan? 

A.Smit mashhur asarining nomini bilasizmi? U qanday 
nomlangan? 

A.Smitning soliq konsepsiyasi qanday maqsadga qaratilgan 
edi? 

J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ning asosiy g‘oyasini 
tushuntirib bering. 

Yangi tarixiy maktab konsepsiyalarining vakillari kimlar? 

A.Vagner tomonidan ishlab chiqilgan soliqqa tortishning 
to‘qqiz tamoyillari qanday guruhlarga birlashtirilgan? 

Moliyaviy muammolar markschilar asarlarida qanday talqin 
qilingan? 

Foydalilikning 
cheklanganligi 
nazariyasining 
moliyaviy 
jihatlari nimalardan iborat? 

J.M.Keyns moliyaviy konsepsiyasining asosida qanday g‘oya 
yotadi va uning asosiy jihatlariga nimalar kiradi? 

“Samarali talab”ga erishishning muhim omillarini aytib bering. 

1936-yilda nashr etilgan J.M.Keynsning mashhur asari 
qanday nomlangan? 

J.M.Keynsning yetmayotgan talabni to‘ldirish formulasi 
nimalardan iborat va u qanday ko‘rinishga ega? 

Neokeynschilarning qanday nazariyalari mavjud? 

Iqtisodiy o‘sish nazariyasining asosiy mazmuni nimalardan 
iborat va uning ijodkorlari kimlar? 

Fiskal antisiklik nazariyaning asosiy g‘oyasini aytib bering. 

“Defitsitli 
moliyalashtirish” 
va 
“byudjetni 
siklik 
balanslashtirish” nazariyalarining asosiy xarakterli belgilari. 
197 
daromadlari ustidan haqiqiy nazoratni o‘rnatish, zebi-ziynat 
buyumlariga yuqori egri (bilvosita) soliqlarni joriy etish orqali soliq 
tizimini o‘zgartirish ko‘zda tutilgan edi. Amalda ana shu 
tadbirlarning barchasi, pul muomalasini barqarorlashtirish va soliq 
tizimini isloh qilishdan tashqari, Oktyabr davlat to‘ntarilishini 
amalga oshirish jarayonida va undan keyingi dastlabki yillarda 
sodir etildi. 
Keyingi yillarda V.I.Lenin tomonidan amalga oshirilgan 
moliyaviy muammolarning tadqiqi, asosan, davlat oldida vujudga 
kelgan taktik vazifalar bilan bog‘liq edi. Moliyaviy nazorat, yangi 
moliyaviy apparatni yaratish, davlatning moliyaviy ahvolini 
mustahkamlash, pul islohotini o‘tkazish va keyingi bosqichlarda 
davlatning moliyaviy siyosatini amalga oshirish masalalari u 
tomonidan nisbatan faolroq ravishda ishlab chiqilgan. 
V.I.Lenin va XX asrning boshlaridagi boshqa markschi-
olimlarning ishlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ular tomonidan 
moliya hamda asosiy moliyaviy kategoriyalarning (soliqlar, 
byudjet, davlat krediti va boshqalar) roli va mazmuni yaxlit tarzda 
tadqiq etilmagan. Bu o‘rinda faqat davlatning moliyaviy xo‘jaligini 
boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha xususiy masalalarning 
o‘rganilganligini qayd etib o‘tish kerak, xolos. 
Bularning barchasi Oktyabr davlat to‘ntarilishining dastlabki 
davrlarida moliyaviy masalalarni o‘rganish undan oldingi davrning 
iqtisodchilari (I. Yanjul, I. Ozerov, L. Xodskiy) va ularning 
izdoshlari (Ya. Torgulov, I. Kulisher, F. Menkov) asarlariga 
asoslanishiga olib keldi. Moliya fanining bunday ahvoli 1920-
yillarning o‘rtalarigacha davom etdi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin