Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Sovet moliya fani
. Iqtisodiyot va moliyani boshqarishning 
direktiv metodlariga o‘tilishi munosabati bilan moliya xususidagi 
ilmiy tasavvurlarni unifikatsiya qilish va tartibga keltirish, ularni 
sinfiy kurash manfaatlariga bo‘ysundirish zaruriyati paydo bo‘ldi. 
SSSR moliyasi to‘g‘risidagi fanning yaratilishi buning natijasi 
bo‘lib, unda sovetlar moliyasining kapitalistik davlatlar moliyasidan 
ustunligi ko‘rsatildi. Bu fanning oyoqqa turish davri nisbatan uzoq 
vaqtni 
talab 
etib, 1920-yillarning 
oxiridan 
1950-yillarning 
boshigacha davom etdi. 
Birinchi davrda (1926-1931-yillar), asosan, birinchi besh yillik 
rejaning bajarilishi jarayonida vujudga kelgan moliyaning xususiy 
masalalari ishlab chiqildi. Bir vaqtning o‘zida, moliyaning 


198 
sotsialistik amaliyotdagi yangi voqeliklarini umumlashtirishga ham 
harakat qilindi. Bunday ishlar qatoriga D. Kuzovkov, G. Tiktina, A. 
Bukovetskiylarning 
ishlarini 
va, 
ayniqsa, 
muallifning 
o‘zi 
tomonidan “markscha darslik” deb e’tirof etilgan D. Bogolepovning 
“Moliya fanining qisqacha kursi” darsligini ko‘rsatish mumkin. 
Sotsialistik 
atamalardan, 
so‘z 
va 
iboralardan 
keng 
foydalangan bo‘lishiga qaramasdan D. Bogolepov moliyasining 
mazmuni “jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasidan kelib 
chiqadiki, uning tarafdorlari, yuqorida qayd etilganidek, Oktyabr 
davlat to‘ntarilishigacha bo‘lgan rossiyalik iqtisodchilar edi. 
Bularning hammasi moliya nazariyasining biron-bir ishlanmasi 
rasmiy jihatdan e’tirof etilmasligiga va qo‘llab-quvvatlanmasligiga 
olib keldi. Bu o‘sha davr SSSR tarixiy taraqqiyotiga xos holat edi. 
Sovet moliya fani taraqqiyotining ikkinchi davri (1931-1956- 
yillar) moliyaning predmetiga nisbatan yagona qarashlarning 
shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Ilmiy asarlarida moliyaning 
nazariy asoslarini: moliyaning mohiyati, funksiyalari va ijtimoiy 
takror ishlab chiqarishdagi roli, milliy daromadni taqsimlashda 
moliyaning o‘rni, moliyaviy tizimning tarkibi va boshqa shunga 
o‘xshash bir qancha masalalarni ishlab chiqqan V. D’yachenko bu 
davrning klassikiga aylandi. U birinchi bo‘lib moliyaga markscha 
ta’rif berdi. Berilgan ta’rif quyidagicha edi: “Daromadlar va 
jamg‘armalarni rejali taqsimlash orqali davlatning funksiyalari va 
vazifalariga muvofiq ravishda uning markazlashtirilgan va 
markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish va ulardan 
foydalanishni ta’minlaydigan pul munosabatlari tizimiga sotsialistik 
davlatning moliyasi deyiladi”
57
(tarjima - mualliflarniki).
V.D’yachenkoning 
asarlari 
birinchi 
rasmiy 
darsliklar 
hisoblangan “SSSR moliyasi” (1933-yil) va “SSSR moliyasi va 
krediti” (1940-yil) darsliklari uchun asos bo‘lib xizmat qildi. 
V.D’yachenkoning moliya nazariyasiga oid umumiy qarashlari 
uning “Sovetlar moliyasining mohiyati va funksiyalari to‘g‘risidagi 
masalalarga doir” asarida aks ettirilgan. 
Bu davrda moliya fanining amaliy masalalarini tadqiq qilish, 
asosan, 
ikki 
yo‘nalishda 
amalga 
oshirildi: 1) moliya 
kategoriyalarining taraqqiyot tarixini o‘rganish. Bu ro‘yxatga 
K.Plotnikovning byudjet tarixiga bag‘ishlangan, A.Zverev va 
N.Voznesenskiylarning Ulug‘ Vatan urushi davrida moliyaning 
57
Qarang: D’yachenko V.P. Voprosi teorii finansov. – M.: Finansi, 1957. s.68-69. 
203 
idoralari tizimlarining moliya bo‘linmalari uchun oliy ma’lumotli 
moliya mutaxassislarini tayyorlar edi. 
O‘zbekistonda moliya sohasida maxsus oliy o‘quv yurti 
tashkil etilgani bilan uning professor-o‘qituvchilari batamom Ittifoq 
markazlaridan yuborilgan mutaxassislardan iborat edi. Ya’ni o‘sha 
davrlarda Toshkent Moliya instituti va boshqa oliy o‘quv yurtlari 
iqtisodiyot fakultetlarining talabalariga ham moliya fanini 
Rossiyadan yuborilgan asosan xristian millatlariga mansub olimlar 
o‘qitishgan. 
Lekin 1940-yillarga kelib, O‘zbekistonning o‘zbek millatiga 
mansub oliy ma’lumotli ilk moliyachi mutaxassislari paydo 
bo‘lishdi. Bu holat ular ichidan Ittifoq va O‘zbekiston davlat 
byudjetlari o‘rtasidagi munosabatlarni tushuna oladigan va bu 
borada fikrlar ayta oladigan o‘zbek mutaxassislari va olimlarining 
ham paydo bo‘lishiga zamin yarata boshladi. Lekin, qator obyektiv 
sabablarga ko‘ra, eng avvalo, sobiq Ittifoqning bu masalaga 
aynan o‘gay ko‘z bilan qaraganligi, Markaziy Osiyodan moliya 
faniga kimdir kirib qolishini xohlamasligi sababli o‘zbek moliyachi 
mutaxassislari bu sohada ilmiy daraja olishlari uchun yana uzoq 
yillar kutishlariga to‘g‘ri keldi.
Demak, Toshkent Moliya institutining ilk o‘zbek o‘qituvchilari 
1940-yillarda paydo bo‘lishgan. Ana shulardan biri keyinchalik 
iqtisod fanlari doktori, professor darajasiga yetishib, Sho‘rolar 
davrida O‘zbekistonda yagona bo‘lgan “moliya” kafedrasini 30-yil 
boshqargan, o‘zbek moliya fanining otasi Hikmat Rahimovich 
Sobirov edi. 
Sobiq Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda moliya fanining 
taraqqiyotida va uning nazariy masalalarini tadqiq etishda 
o‘zbekistonlik moliyachi olimlardan dots. Q.A.Yah’yoev, dots. 
A.F.Krasnikov, dots. F.Sh.Shamsiddinov, dots. X.M.Muratov, 
dots. H.H.Muhamednazarov, fanning rivojiga muayyan hissa 
qo‘shishgan.
O‘zbekistonda moliya fanining bugungi taraqqiyotida prof. 
T.S.Malikov, prof. O.O.Olimjonov, prof. J.Zaynalov, prof. 
N.H.Haydarov, prof. O.K. Iminov, prof. N.Karimov, prof. 
M.I.Almardonov, prof. M.B.Hamidulin, prof. B.E.Toshmurodova, 
prof. N.X.Jumaev, prof. I. Butikov, prof. N.R.Qo‘zieva, prof. 
Sh.A.Toshmatov, prof. A.A.Omonov va boshqalar samarali 
faoliyat ko‘rsatishyapti.


202 
ham e’tiborga molik ilmiy asarlar soni kamayib, sifati ham pasaya 
boshladi. 
Bu salbiy tendensiya Markaziy Osiyoni chor Rossiyasi bosib 
olgan davrda yanada kuchaydi. O‘zbekiston Rossiya imperiyasi 
tarkibida bo‘lgan paytda bu yerda iqtisod va moliyaga oid asarlar 
yozish deyarli to‘xtab qolishi obyektiv sabablarga bog‘liq edi. 
Negaki, mazkur masalalar to‘laligicha Rossiya imperiyasining 
O‘zbekistonni boshqarish uchun tashkil etgan maxsus general-
gubernatorlik mahkamasi tomonidan amalga oshirilar va 
mustamlaka yurtning fuqarolariga moliya fani masalalari bilan 
shug‘ullanishga ruxsat berilmas edi. Chunki bu holatda 
yurtimizdan olib chiqib ketilayotgan moddiy va moliyaviy 
boyliklarning miqdorini yerli xalqning vakillari bilib qolishlari 
mumkin edi.
O‘zbekiston sovet davrida ham mohiyat jihatidan tom 
ma’nodagi mustamlaka davlat bo‘lib qolaverdi. Bu davrda ham 
O‘zbekistonning 
iqtisodiyoti 
bir 
tomonlama, 
ya’ni 
faqat 
Markazning 
manfaatlariga 
xizmat 
qilishga 
moslashtirib 
rivojlantirildi, SSSRning asosiy xomashyo bazalaridan biriga 
aylantirildi.
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi hududida 
yaratilayotgan yalpi ichki daromad va milliy daromadning haqiqiy 
miqdorini 
Moskvadagi 
markaziy 
iqtisodiy 
idoralarning 
rahbarlarigina bilishar va bu davlat siri edi. Chunki yurtimizda 
faoliyat ko‘rsatayotgan eng yirik ishlab chiqarish korxonalari Ittifoq 
mulki bo‘lib, shu sababdan ularning daromadlari ham SSSRning 
daromadlari hisoblanardi. Ittifoq markaziga bo‘ysunuvchi mazkur 
korxonalarning soliq va to‘lovlari ham Ittifoq byudjetining 
daromadlari tarkibiga kiritilgan va uning daromad manbalari 
hisoblanar edi. Ana shu sabablarga ko‘ra, ya’ni xuddi Rossiya 
imperiyasi davridagiga o‘xshab, O‘zbekiston hududida uning 
korxonalari va xalqi tomonidan yaratilayotgan daromadlar 
miqdorini bu ittifoqdosh respublika fuqarolari bilib qolmasliklari 
uchun sobiq Ittifoq rahbariyati barcha vositalarni ishga solgan. 
1931-yili Toshkentda maxsus moliya instituti tashkil etildi. 
Mazkur oliy o‘quv yurti O‘rta Osiyo va Qozog‘iston (Sovet davrida 
Markaziy Osiyo shunday nom bilan atalgan) ittifoqdosh 
respublikalari moliya vazirliklari, boshqa barcha vazirlik va 
199 
rivojlanishini yoritgan kitoblarini kiritish mumkin; 2) moliyaviy 
amaliyotni yoritib bergan ishlar. Bular, asosan, yozma bayon etish 
xarakteriga ega bo‘lib, moliyaviy ta’lim tizimida faol foydalanilgan. 
Iqtisodiy nazariyada qotib qolgan voqeliklarga barham 
berilishi sovet moliya fanida ham yakkafikr hukmronligiga yakun 
yasadi. 1950-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarini o‘z ichiga 
olgan davrda moliya nazariyasiga bag‘ishlangan iqtisodchi 
olimlarning qator ishlari paydo bo‘ldi. Ularning orasida 
A.Aleksandrovning “Sotsializm moliyasi” (1965-yil), A.Birmanning 
“Sovet moliya nazariyasining ocherklari” (1968, 1972 va 1975- 
yillardagi uch nashri), E.Voznesenskiyning “Sotsialistik moliya 
nazariyasining 
munozarali 
masalalari” (1969-yil), 
G.Tochilnikovning “Sotsialistik moliya” (1974-yil) kabi asarlari 
alohida o‘ringa ega. Shu davrning o‘zida “SSSR moliyasi” va 
“SSSR moliya va krediti” o‘quv fanlari bo‘yicha bir necha darsliklar 
va o‘quv qo‘llanmalari nashrdan chiqadiki, ularning orasidan 
M.Shermenyov tahriri ostida 1977-yilda e’lon qilingan “SSSR 
moliyasi” darsligini alohida qayd etish lozim. 
Moliya nazariyasi masalalari bo‘yicha munozaralarning 
mohiyati kengaytirilgan takror ishlab chiqarish tizimida moliyaning 
o‘rnini aniqlashga borib taqaladi. O‘sha davrda moliya sohasida 
ishlab chiqilgan turli konsepsiyalarning mualliflari ikki guruhga 
bo‘linadi. Birinchi guruh mualliflarining fikricha, moliyaning o‘rni - 
bu faqat noekvivalent xaraktyerga ega bo‘lgan pul mablag‘larini 
taqsimlash tizimidir. Ana shundan kelib chiqqan holda, moliya 
faqat bilvosita va taqsimlash orqali moddiy boyliklarni ishlab 
chiqarish, almashuv va iste’mol munosabatlariga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. Bu guruhga kiruvchi olimlarning yorqin namoyondalari 
V.D’yachenko, G.Tochilnikov va M.Shermenyov edilar. 
E.Voznesenskiy, A.Aleksandrov, A.Birman va boshqalardan 
iborat bo‘lgan olimlarning ikkinchi guruhi bu masalaga nisbatan 
boshqacha qarashga ega bo‘lgan. Bu guruhga kiruvchi 
olimlarning fikricha, moliyaviy munosabatlarning mohiyatini takror 
ishlab chiqarishning barcha to‘rt bosqichi yoki uning bir necha 
bosqichi 
belgilab 
beradi. 
Bunday 
yondashuv 
moliyaning 
kengaytirilgan konsepsiyasi, deb e’tirof etildi. 
Moliya nazariy konsepsiyasi asosidagi ana shunday 
farqlardan 
kelib 
chiqqan 
holda 
olimlarning 
moliyaviy 
munosabatlarning 
o‘ziga 
xos 
xususiyatlari, 
moliyaning 


200 
funksiyalari, moliyaning chegaralari, moliyaviy tizimning tarkibi va 
boshqa shunga o‘xshash bir necha xususiy masalalarga nisbatan 
qarashlari ham turlicha bo‘lgan. 
Moliya nazariyasining rivojlanishi bilan bir vaqtning o‘zida 
1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlarida prinsipial 
jihatdan yangi ko‘rinishga ega bo‘lgan amaliy moliyaviy tadqiqotlar 
ham paydo bo‘ldi. Agar 1930- va 1950-yillarning boshlarigacha 
amaliyotda moliyaviy munosabatlarni tashkil etish masalalariga 
bag‘ishlangan ishlar, asosan, mavjud holatni yozma bayon etish 
yoki maqtash xarakteriga ega bo‘lsa, 1960-yillarda boshlangan 
xo‘jalik islohotidan keyin tanqidiy xaraktyerga ega bo‘lgan va 
alohida moliyaviy instrumentlarni takomillashtirish bo‘yicha 
ishlanmalarga ega muhim ishlar e’lon qilina boshlandi. Bunga 
misol qilib, birinchi navbatda, A.Birmanning kitoblarini ko‘rsatish 
mumkin. Uning kitoblarida sovet moliya fanida ilk marta 
korxonalar moliyasining masalalari yuqori darajada tadqiq qilindi. 
Shuningdek, uning asarlarida birinchi marta xo‘jalik hisobi 
sharoitida moliyaviy kategoriyalardan foydalanish masalalari 
ishlab chiqildiki, ular muallif talqinida sotsializm sharoitida bozor 
xo‘jaligining elementlariga ega edi. 
Shu davrda moliyaviy resurslar va korxonalar moliyasini 
boshqarishning mazmunini birinchi marta o‘rganishga kirishildi. 
A.Birmanning ishlari 1960-1980-yillardagi olimlarning (P.Bunich, 
G.Bazarova, 
V.Senchagov, 
S.Sitaryan, 
M.Romanovskiy, 
V.Kolesnikov, P.Jevtyak, D.Molyakov va boshqalar) ishlarida 
korxonalar moliyasini tadqiq etishda o‘ziga xos turtki bo‘ldi. 
Byudjet sohasining muammolarini tadqiq etish bu davrda ikki 
yo‘nalishda amalga oshirildi: 1) byudjet daromadlari va 
xarajatlarining rivojlanishi; 2) mahalliy byudjetlarni tashkil etish. 
Biroq, shu davrlarda byudjet masalalarini kompleks tadqiq etishni 
moliya fanida hukmronlik qilgan ma’lumotlarning yetarli emasligi 
va 
g‘oyaviy 
qotib 
qolishlarning 
mavjudligi 
ancha 
murakkablashtirgan 
edi. 
Bu 
davrdagi 
davlat 
byudjetiga 
bag‘ishlangan yirik izlanishlar qatoriga G.Rabinovich, S.Sitaryan, 
Ya.Liberman, V.Rodionova va L.Pavlovalarning ishlarini kiritish 
mumkin. 
Sug‘urta ishiga nisbatan davlat monopoliyasining mavjudligi 
sug‘urta masalalarini o‘rganishga o‘zining keskin salbiy ta’sirini 
ko‘rsatdi. Bu sohadagi nazariy tadqiqotlar K.Marksning sug‘urta 
201 
fondlarining zarurligi, mazmuni va roli to‘g‘risidagi tasavvurlarini 
interpretatsiya qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, yyetarli darajada ilmiy 
yangiliklarga ega emas edi. Shu davr sug‘urtasining nazariyasi va 
amaliyotini umumlashtirgan L.Motilev, L.Reytman E.Kolomin va 
boshqalarning ishlari birmuncha diqqatga sazovordir. 
Shu 
davrlarda 
xorijiy 
mamlakatlarning 
moliyaviy 
munosabatlarini tahlil va tanqid qilish masalalariga ham katta 
e’tibor qaratilgan edi. Shu munosabat bilan, bir tomondan, 
kapitalizm moliyasining rivojlanishiga bag‘ishlangan ishlarni 
(B.Boldirev, L.Drobozina, L.Pavlova, L.Okuneva va boshqalarning 
asarlarini) alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘lsa, 
ikkinchi 
tomondan, 
sotsialistik 
mamlakatlarda 
moliyaviy 
instrumentlarning rivojlanish tendensiyalari va o‘ziga xos 
xususiyatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan ishlar (D.Butakov, 
Yu.Kashin va boshqalarning asarlari) ham diqqatga sazovor 
bo‘lganligini e’tirof etish zarur. 
Rossiya moliya fanining hozirgi holatiga tavsifnoma 
bera turib, qayd etish kerakki, ayni davrda bu sohaga 
bag‘ishlangan chuqur nazariy va amaliy ishlar paydo bo‘lmoqda. 
Mualliflarning ko‘pchiligi bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning 
metodologik va metodik masalalarini tadqiq etishmoqda, ayrimlari 
davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari 
muammolarini o‘rganishmoqda, boshqalari xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning moliyasi, xalqaro moliyaviy munosabatlar kabi 
mavzular bilan shug‘ullanishmoqda. Shu bilan birgalikda yana 
shuni ta’kidlash lozimki, mazkur darslikda Rossiya Federatsiyasi 
olimlarining moliya sohasidagi ayni davrdagi ilmiy izlanishlari 
chuqur tahlil etilmadi. Buning sababi bugun Rossiya va 
O‘zbekiston moliya tizimlarining bir-biridan farq qilishlari tufayli rus 
olimlari asarlarining biz uchun ahamiyati oldingidan ancha 
pasaydi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin