Tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari o’tilgan mavzu yuzasidan savollar



Yüklə 137 Kb.
səhifə11/13
tarix11.09.2023
ölçüsü137 Kb.
#142607
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
11 LOTIN - копия

O’quvchilar jamoasi ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan o’quvchilar birlashmasi, guruhidir. O’quvchilar jamoasi (shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari jamoasi)ga rasmiy saylangan (tayinlangan) o’quvchi hamda o’qituvchilar yo’lboshchilik qiladi. Ular sirasiga guruh rahbari, guruh faollari (xususan, guruh yetakchisi (starosta), «O’zbekiston yoshlar ittifoqi» tashkilotining guruh bo’limi raisi, tozalik komissiyasi raisi, devoriy gazeta muharriri va boshqalar).

O’quvchilar jamoalarida rasmiy yetakchilar bilan birga norasmiy yo’lboshchilarning mavjudligi ko’zga tashlanadi. Odatda rasmiy yo’lboshchilar tarkibini a’lo baholarga o’qiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi o’quvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon etmasalarda, ayrim sifatlariga ko’ra tengdoshlarini o’z ortlaridan ergashtira oladilar. Bunday o’quvchilar boshqalardan jismonan kuchliligi, qat’iyatliligi, hech narsadan cho’chimasligi, o’ziga bo’lgan ishonchi bilan ajralib turadilar. Norasmiy liderlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi boshqa o’quvchilarga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. SHu bois sinf rahbari hamda maktab pedagogik jamoasi bunday liderlarning faoliyatini bevosita va bilvosita nazorat qilib borishlari zarur.

O’quvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilganidek, aksariyat holatlarda sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. SHu sababli sinf rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining individual xususiyatlarini bilishi, ularni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Sinf rahbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida to’laqonli ma’lumotlarga ega bo’lishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi.


Assisment” metodi





Test.
1.O’quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating

A) O’quvchilar jamoasi 2 ta bosqichi shakllantiriladi.


V) O’quvchilar jamoasi 3 ta bosqichi shakllantiriladi.
S) O’quvchilar jamoasi 4 ta bosqichi shakllantiriladi.

Yüklə 137 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin