Tartib raqam Sinf Sana


O’tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”dan



Yüklə 347,53 Kb.
səhifə16/85
tarix15.06.2023
ölçüsü347,53 Kb.
#130417
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85
9 sinf ona tili fanidan konspekt

O’tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”dan
O’quvchilar bilimini baholash.



Tartib raqam

Sinf

Sana

O‘TIBDO‘
(Imzo)

1









______________

2







3







4







5








Darsning mavzusi:Inkor bog’lovchisi yordamida bog’langan qo’shma gaplar
Darsning maqsadi:a)ta’limiy-Inkor bog’lovchisi yordamida bog’langan qo’shma gaplar yuzasidan bilim berish;
b)tarbiyaviy-ilm olishga intilish,ona tilga hurmat va e’tiqod,odob va axloq tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqatashini oshirish.
Darsning turi:yangi bilim olish;
Darsning uslubi:bahs,mashqlar tahlili,she’riy daqiqa;
Darsning jihozi:darslik,tarqatmalar,ko’rgazma,til haqida sherlar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Bog’langan qo’shma gaplar yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.29-mashq –uyga vazifa tahlili.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:’
I.Nazm gulshani:Til haqida she’rlar va hikmatli so’zlar aytish va tahlili qilish;
Ona tilim, sen borsan,shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yp’qolgan kuning ,shubhasiz,
Men ham to’ti bo’lib qolaman.
II.1-t:Gaplar tarkibidagi na…,na… bog’lovchisi vazifasini ayting.
1.Oradan uch kun o’tdi hamki,na birovga biron ish aytdi,na murod-u maqsadini surishtirdi.

II.Inkor bog’lovchisi bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ,ularga ifodalangan harakat-holat yoki belgining inkorini bildiradi.Shuning uchun bunday bog’langan qo’shma gaplarda kesimlar bo’lishli shaklidagi fe’llar yoki bor,mavjud kabi so’zlar orqali ifodalansa-da,mazmun inkor tarzida anglashiladi,yozuvda takror qo’llanayotgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.73-76-mashqlar ustida ishlash va inkor bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarni izohlash.
76-mashq.Inkor bog’lovchilarini topib,izohlang.
1.Sel na odamni ayadi,na dov-daraxtni tinch qo’ydi.
II.Ijodiy ish:Ona tilim-jon-u dilim-Matndagi qo’shma gaplarni izohlash.
III.Test sinovi.
1.Inkor bog’lovchisi berilgan qatorni toping:
A.Yo’q B.Mutlaqo C.Na…,na… D.Yo…,yo…
2.Inkor bog’lovchisi ma’no jihatdan qanday bog’lovchi turiga kiradi?
A.Teng b B.Ergashtiruvchi b C.Sodda D.Takroriy b
3.Qo’llanilishiga ko’ra inkor bog’lovchisi qanday bo’lovchi turiga kiradi?
A.Takroriy B.Sodda C.Juft D.Teng
4.Inkor big’lovchili bog’langan qo’shma gaplar kesimi qanday shaklda bo’ladi?
A.Bo’lishsiz B.Buyruq-istak maylida C.Bo’lishli D.Shart mayli shaklida
5.Nuqtalar o’rniga mos bog’lovchilarni qo’ying:… sport bilan shug’ullanishga ishtiyoqi bor,… biror hunarni egallashga zavqi bor.
A.Na…,na… B.Yo…,yo… C.Hech…,sira D.Dam…,dam…
Javoblar:1.C 2.A 3.A 4.C5.A

Yüklə 347,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin