Darsning mavzusi:Qo’shma gaplar turlarining ma’nodoshligi a)ta’limiy-o’quvchilarning qo’shma gaplar yuzasidan olgan bilim va tishunchalarini takrorlash orqali mustahkamlash
b)tarbiyaviy-o’quvchilar qalbida insoniy tuyg’ularni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-qo’shma gap yuzasidan olgan bilimlarni takomillashtirish,nazariy bilimlarni kengaytirish,fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turi;noan’anaviy;
Darsnning uslubi:suhbat,mashqlar tahlili,qiyoslash,o’yin;
Darsning jihozi:Qo’shma gaplar haqida ko’rgazma,darslik,tarqatmalar.
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;b)kitob-daftarlar nazorati;
d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Qoshma gaplar ma’nodoshligi yuzasi yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.173-mashq-uyga vazifa tahlili;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.1-topshiriq:Berilgan gaplarni berilgan bog’lovchi vositalr bilan bog’lab,qo’shma gaplar hosil qiling:
1.Bahor keldi ,dalada ishlar avj oldi-ohang bilan;
2.Bahor keldi-yu,dalada ishlar avj oldi-yuklama bilan;
2-topshiriq:Darslikdagi savollarga javob bering.
175-mashq:Mazmuni yaqin ,lekin bog’lovchi vositalari har xil qo’shma gaplar tuzing,farqini izohlang;
1.Eshik ochildi ,xonaga rassom kirib keldi-bog’lovchisiz q/g;
2.Eshik ochildi-yu,xonaga rassom kirib keldi-bog’langan q/g;
3.Eshik ochildi,chunki xonaga rassom kirib keldi-ergashgan q/g;
!Bog’lovchili ,ya’ni bog’langan va ergashgan qo’shma gaplar qismlarda ifofdalangan voqea-hodisalar o’rtasidagi munosabat bog’lovchisiz qo’shma gaplardagiga nisbatan aniqroq ifodalanadi..
Dasrnini mustahkamlash bosqichida: I.176-mashq:gaplarni qo’shma gap turlariga muvofiq ajratib ko’chiring:
1.Ko’chalarda odam siyrak,shuning uchun ular otlarini yo’rttirib borardilar-ergashgan qo’sh. gap;
2.Omon ovchining ov sarguzashtlari ko’plarni qiziqtirardi:ko’plari hikoya eshitish uchun kelardi-bog’lovchisiz qo’shma gap;
II.Badiiy asarlardan parchalar o’qib,gaplar turini aniqlash;
III.Savol-topshiriqlar ustida ishlash;
IV.Test sinovi:
1.Onam xursand bo’ldi-da,meni bag’riga bosdi.-gap qaysi vosita bilan bog’langan?
A.Yuklama B.Bog’lovchi C.Ohang D.Bog’lovchi vosita
2.Berilgan gap turini aniqlang:Mustaqillik bizga erkinlik va buyuk tariximizni qaytarib berdi.
A.Bog’langan q/g B.Sodda gap C.Ergashgan q/g D.Bog’lovchisiz q/g
3.Bahor yaqin ,shuning uchun qalblarda shodlik hukmron-gap nima bilan bog’langan?
A.Ergashtiruvchi bog’lovchi B.OhangC.Yuklama D.Ko’makchi qurilma
4.Qo’shma gap qismlari qaysi vosita orqali bog’langan?
Goh quyosh charaqlab chiqar edi,goh osmonni qora bulut qoplar edi.
A.Ohang B.Ergashtiruvchi bog’lovchiC.Ayiruv bog’lovchisi D.Zidlov bog’lovchidi
5.Gap turini aniqlang:Hamma yoq osuda,ba’zi-ba’zida uzoqdan yolg’iz qush nolasi eshitilardi.
A.Bog’lovchisiz q/g B.Ergashgan q/g C.Sodda gap D.Bog’langan q/g
Javoblar:1.A 2.B 3.D 4.C 5.A
Uyga vazifa:174-mashq:Berilgan gaplarni ergashgan va bog’langan qo’shma gaplarga aylantiring.
1.Zal jim ,xalq perda ochilishini kutar edi-Bog’lovchisiz q/g;
Zal jim va xalq parda ochilishini kutar edi-Bog’langan q/g;
Zal jim,chunki xalq parda ochilishuni kutar edi-Ergashgan qo’shma gap;