Tasdiqlayman” Fakultet dekani A. Qurbonov


Bilim, ko`nikma va malakani rivojlantirishga yo`naltiruvchi savollar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə34/56
tarix12.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#96804
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
2 5310107710040059096

Bilim, ko`nikma va malakani rivojlantirishga yo`naltiruvchi savollar:
1. Istiqlol davri bolalar adabiyotining o`ziga xosligi nimalarda namoyon bo`ladi?
2. Istiqlol davri o`zbek bolalar she’riyatida qanday mavzular yetakchi?
3. Istiqlol davri bolalar nasri haqida mulohaza yurita olasizmi?
4. Mustaqillik davrida bolalar uchun ko`plab she’rlar yozgan qaysi ijodkorlarni bilasiz?

10-mavzu. O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI RIVOJIDA JAHON BOLALAR ADABIYOTINING O‘RNI.
Reja:
1. Jahon bolalar adabiyoti an’analarining o‘zbek yozuvchilari ijodiga ta’siri.
2. G.X.Andersen, Aka-uka Grimmlar asarlarida bolalarni mardlikka, to‘g’riso‘zlikka, adolatli bo‘lishga undashning badiiy talqini.
3. A.S. Pushkin ijodining tarbiyaviy ahamiyati.
4. S.Ya. Marshakning “Kim bo‘lsam ekan?”, “Yaxshi degan so‘z nima-yu, yomon degan so‘z nima?”, “Olov ot” asarlarida ilgari surilgan g’oya.
Chet el bolalar adabiyotining an’analari. Chet el bolalar adabiyoti jahon adabiyoti sifatida ularning xalq og‘zaki ijodi, eng qadimgi adabiy yodgorliklari, mif va afsonalar, qo‘shiqlar bilan chambarchas bog‘liqligi, bunday ijod namunalarining axloqiy-tarbiyaviy mohiyati, didaktik tamoyillari hamda jahon xalqlari bolalariga bag‘ishlangan asarlarning tasniflanishi, ularning taraqqiyot tamoyillari, janrlar rang- barangligi yuzasidan tushuncha bеrishni ko‘zda tutadi.
Jahon bolalar adabiyoti, dastlab, didaktik adadbiyot namunasi sifatida XVII - XVIII asrlarda paydo bo‘lgan. So‘ngra, bu adabiyot o‘zining betakror ko‘rinishlari orqali dunyoga tanildi. Barcha xalqlar bolalar ijodkorlari, eng avvalo, o‘z mamlakatlarining xalq og‘zaki ijodiga murojaat qilgani umumiy hodisadir. Masalan, Sharl Perro kichik kitobxonlarga dastavval, folklordan oziqlangan va badiiy sayqal berilgan eng yaxshi adabiy ertaklarni taqdim etdi. XIX asr romantiklarining faoliyati keng kitobxonlar ommasiga xalq og‘zaki ijodi va har bir xalqning milliy-adabiy manbaalarini ochib berdi. Jumladan, bu bolalar adabiyotining rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, aka-uka Grimmlar, H. K. Andersen va boshqa ko‘pgina ijodkorlarning adabiy hamda xalq ertaklari to‘plamlari paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Natijada, kichik kitobxonlar endilikda ham kitob, ham o‘z tengqurlari hayoti aks ettirilgan badiiy tasvirlarni qo‘liga ola boshlagan. Binobarin, bolalar adabiyoti “katta” adabiyotning mustaqil tarmog‘iga aylanishida bu jarayon muhim omil hisoblanadi. Romantizm insonning ruhiy rivojlanishdagi o‘z-o‘zini anglash davri – bolalikda kashf etilishini ochib berdi. Romantiklar asarlarida bolalik insonning o‘zidagi bebaho ichki olam sifatida, shuningdek, teran mohiyati va ajoyibotlari bilan kattalarni ham o‘ziga rom etuvchi davr tarzida talqin qilinadi. Kattalik esa xuddi eng samimiy va bolalarcha beg‘uborlik tark etilgan davr sifatida yoritiladi. Shuni tan olish kerakki, romantizm nafaqat bolalikni kashf etdi, balki uni eng sof mukammallik namunasi hamda mehr-shafqat timsoli sifatida insonga meros qilib qoldirdi. Realistik tamoyillarning rivojlanishi, ruhiyatshunoslikning chuqurlashishi bilan bolalar adabiyotida keng qamrovli, ko‘p qirrali bolalik obrazi mustahkamlandi. Bunda yozuvchilar insoniyat rivojlanishining ibtidosini, yosh inson xarakterining tub-tubiga yetib, bola ichki dunyosining murakkabliklariga asta-sekinlik bilan kirib borib, uning mutanosiblikda va ziddiyatlarda, hayotning yorqin hamda qorong‘u g`am - qayg‘uli onlarining kurashlarida shaxs sifatida shakllanishini ochib berishdi.
296
Eng yaxshi yozuvchilar ijodini aniqlovchi asosiy vosita – bu bolalikka ishonch, ulg‘ayib kelayotgan insonga hurmat, unda rivojlanishning bor imkoniyatlarini, sarchashmalarini hamda asosiy omillarini ko‘ra olish qobiliyatining borligidir. XX asr o‘zining keskin ijtimoiy muammolari, o‘tkir ziddiyatlari, siyosiy qarashlari bilan bolalar adabiyotini ham o‘zgartirib yubordi. Dunyoning dahshatlari kichik kitobxon asari sahifalariga kirib bordi. Ularning qahramonlari – ijtimoiy jonzotlar, ular o‘z hollaricha insonga nisbatan qilingan vahshiylikka qarshi borishadi, o‘zlarining do‘stlikka, muhabbatga bo‘lgan huquqlarini talab qilishadi hamdakattalarni ularning tushunishlariga chaqirishadi. Zamon muammolari nafaqat realistik asarlarga, balki ertaklarga ham singiy boshladi. Ular janriy xususiyatlaridan ozgina chekingan bo‘lsalar-da, hamon yaxshilik yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishiga umid bog‘lashadi va shu yo‘lda tinimsiz ma’naviy kurashlar olib borishadi. Ilmiy - texnika taraqqiyoti asri butun yer yuzidagi inson jamiyatiga yashash uchun kata hayotiy zarurat – Yerda hayotni saqlab qolish kabi muammoni tug‘dirdi. Shuning uchun zamonaviy bolalar adabiyotida ekologik muammolar, atrofimizni o‘rab turgan olam, hayvonot va o‘simliklar dunyosi haqidagi kitoblar salmoqli o‘rin egallaydi. Barcha mamlakatlarning naturalist (tabiat haqida yozadigan) yozuvchilari – bolalarda tabiatga hamda barcha jonzotlarga nisbatan ehtiyotkorona munosabat va ularga nisbatan muhabbat ruhini tarbiyalash vazifasini o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan. Chet el bolalar adabiyoti bugungi kunda o‘zining janriy va tematik xususiyatlari jihatidan turli-tuman, o‘ziga xos tarzda shakllanib ulgurdi. Unga dunyoning eng taniqli yozuvchilari o‘z iste’dodlarini va faoliyatlarini bag‘ishlashgan. Chunki ular insoniyat kelajagi o‘sib borayotgan avlod qo‘lida ekanligini yaxshi anglashadi... Eng asosiysi, yosh inson adabiyot yordamida, fransuz shoiri Polya Elyuara ta’biri bilan aytganda, o‘zining dunyoqarashida “bir kishi ufqidan barcha kishilar ufqiga” ko‘tarila oldi. Binobarin, hozirgi zamon chet el bolalar adabiyoti quyidagi omillar ta’sirida maydonga keldi, deyish mumkin: – Folklor asarlari hamda klassik yozuvchilarning avval kattalarga mo‘ljallangan, ammo vaqt o‘tishi bilan bolalar kitobxonligi doirasiga kirib, kichik kitobxonga so‘zlab berish uchun hikoya tarzida qayta ishlangan asarlari (qadimgi yunon afsonalari, D. Defo, D. Svift, M. Servantesning romanlari). – Bolalar kitobxonligi doirasiga qisqartmalarsiz va qayta ishlanmasdan kirgan folklor hamda mumtoz asarlar (folklordagi erkalamalar, topishmoqlar, allalar, shuningdek, V. Skott, Ch. Dikkens va boshqalarning asarlari). – Bevosita bolalarga mo‘ljallangan asarlar. Binobarin, ayrim ijodkorlar va ularning asarlari endilikda bolalar kitobxonligi mulkiga aylanib ulgurdi. HANS KRISTIAN ANDERSEN ASARLARINING KO‘P QIRRALI VA RANG-BARANG EKANLIGI
Reja:

  1. Hans Kristian Andersen hayoti va ijodi

  2. Andersen ertaklaridagi ozodlik g‘oyasi

  3. Andersen ijodinig ko‘p qirrali va rang-barang xususiyati

Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Hans Andersen 1805 yilda Odens shahrida dunyoga keldi. Bolaning otasi kavushdo‘z, onasi esa kir yuvuvchi bo‘lib ishlar edi. Shuning uchun Hans kambag‘allar maktabiga o‘qishga kiradi. Oradan uncha ko‘p vaqt o‘tmay, ularning oilasi Kopengagenga ko‘chadi. Bolaning yashash sharoiti va o‘qishi bu yerda ancha-muncha yaxshi bo‘ladi. Bo‘lajak yozuvchi 1823-yilda Slagels maktabiga o‘qishga kiradi, undan keyin Xelsingyorda ta’lim oladi. 1828 yilda esa Kopengagen universitetiga o‘qishga kiradi.
Andersen juda ko‘p mamlakatlarni kezib chiqadi. Fransiya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya singari joylarga sayohat qiladi. Andersenning ijodi 20 yillarning boshlaridan boshlanadi. U dastlab lirik she’rlar, roman, drama, yo‘l ocherklari, biografik etudlar yaratadi.
“Daniyalik Xolger”, “Qor malikasi”, vatanparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan “Daniya – mening vatanim”, ozodlik g‘oyasi mujassamlangan “Soqchi”, “Shilyon asiri” va boshqa she’rlari she’riy janrida yaratgan eng sara asarlari jumlasiga kiradi.
Andersen o‘z romanlarida (“Improvizator”, “O. T” bo‘lgan yoki bo‘lmaydi”) zamonasi uchun juda muhim bo‘lgan voqealarni qamrab olishga harakat qiladi.
Uning ijodi ko‘p qirrali va rang-barangdir. Ayniqsa, tarix va ertak asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. “Ertaklar” (1835–1855), “Yangi ertaklar” (1843–1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini juda mashhur qildi va uni jahonga tanitdi.
Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq og‘zaki ijodidan unumli foydalandi, ularning orzu-umidlarini qog‘ozga tushirishga harakat qildi. Ertaklardagi xarakter va jonli nutqni yanada mukammallashtirishga erishdi. Shuning uchun Andersen yaratgan ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarli bo‘lish bilan birga, o‘quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ham ega.
Andersen ertaklarida ko‘pincha bosh qahramon shahzoda ham emas, malika ham emas, balki oddiy mehnatkash xalqdir. Ular o‘zlarining samarali mehnati, aql-idroki, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga muvaffaq bo‘ladilar. Uning “Qo‘ng‘iroqli girdob”, “Kumush tanga”, “Kolbasa sixidan sho‘rva”, “Go‘ng qo‘ng‘iz” va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol bo‘la oladi. Ertakchining “Qo‘ng‘iroqli girdob” asarini olib ko‘raylik. Unda asrlar mobaynida ezilgan, og‘ir mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakenning o‘z xo‘jasiga qarshi turishi kitobxonni quvontiradi.
“Bolalar gurungi” asarida hech kim taqdirini, kichkintoy o‘sib-ulg‘aygach kim bo‘lib yetishishini bilishi mumkin emasligini, bu ko‘proq o‘sha bolaning o‘ziga, intilishiga, kattalarning ibratomuz pand-nasihatlariga quloq solishiga bog‘liq ekanligini o‘qiymiz.
Shohona qasrga to‘plangan bir to‘da bashang kiyingan aslzoda bolakaylar qasrni to‘ldirib maqtanishar, ota-onalarining hisobsiz boyliklari bilan quvonishar, kelajakda ota-onalaridan ham badavlatroq bo‘lish uchun harakat qilishlarini kibor bilan ta’kidlar edilar. Bu boy-badavlat bolalarning bir-birlariga gap bermay maqtanishlarini yirtiq-yamoq kiyim kiyib olgan bir kambag‘al bola tinglab, xo‘rsinar, “bularga yetish bizga yo‘l bo‘lsin”, deb qo‘yar edi, o‘zicha.
Yillar o‘tib o‘sha juldur kiyimli bola yaxshi o‘qib, rassom bo‘lib yetishdi, mamlakatda eng boy odamlardan biriga aylandi, o‘ziga munosib bir qasr qurdirdi. “Qasr hamda uning ichidagi xazinani ko‘rish”ni hamma istardi.
Ertakchining “No‘xat ustidagi malika” asari ham yosh kitobxonning kulgisini qistatadi, ham tannoz malikaga qahrg‘azabini qo‘zg‘atadi.
Bir shahzoda haqiqiy malikaga uylanish uchun butun yer yuzini, shahar-u qishloqlarni qidirib hech qayerdan haqiqiy malikani topa olmaydi. Hafsalasi pir bo‘lgan, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan shahzoda qasrga qaytadi.
Kunlardan bir kuni ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan mo‘jiza yuz beradi:
Bir oqshom havo aynigandan aynibdi: shundoq chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gulduros solibdi, yomg‘ir chunonam chelaklab quyib beribdiki, dahshatning o‘zginasi.
To‘satdan shahar darvozasi taqillab qolibdi. Keksa qirol borib darvozani ochibdi.
Darvozada malika turardi. Yo qudratingdan, uni nimaga o‘xshatish mumkin! Suv malikaning sochlari, ko‘ylaklaridan sharillab oqib, to‘ppa-to‘g‘ri boshmoqlarining uchlariga, tovonlariga tushardi, u bo‘lsa pinagini buzmay, “Men haqiqiy malikaning xuddi o‘ziman, derdi”.
Malikani sinab ko‘rish ishlari ham g‘alati bo‘ladi. Tunda qirq qavat ko‘rpa ostiga bitta no‘xatni yashirib, joy solib beradilar. Tannoz oqbilak qiz ertalab o‘rnidan turar ekan, “Qanday uxlab turdingiz?” deyilgan savolga nolish, ichki dard bilan javob beradi:
Ey, juda yomon! – deydi u. – Ko‘zimni yummadim, desam ham bo‘ladi. Men qandaydir qattiq narsaning ustida yotdim, butun a’zoyi badanim ko‘karib ketibdi. Naqadar dahshat!”
Shahzoda qizning haqiqiy malika ekanligini bilib, unga uylanadi.
Bolalar, odatda, hayvonlar, parrandalar, hasharotlar haqidagi ertaklarni sevib o‘qiydilar. Andersen yaratgan ertaklarning juda ko‘pchiligi ana shu mavzuni qamrab olishi bilan ham xarakterlidir.
“Dyumchaxon”, “Irkit o‘rdakcha”, “Botqoqlik shohining qizi”, “Baqa”, “Burga bilan professor” singari ertaklari o‘zbek kitobxonlarining ham sevimli asarlariga aylanib ketgan.
Xullas, Daniya ertakchisi Hans Kristian Andersenning ijodi uzoq yillardan beri yosh kitobxonlarga zavq-shavq bag‘ishlab kelmoqda.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin