Rus yozuvchisi rus adabiyotining asoschisi Aleksandr Sergeyevich Pushkin 1799 yil 26- mayda Moskvada tug’ilgan. Otasi Sergey Lvovich qadimiy dvoryanlar oilasidan bo‘lib fransuzcha she’rlar yozib turgan. Onasi Nadejda Osipovna Pyotrning tarbiyasida bo‘lgan haba Gannibalning nevarasi bo‘lgan. Ota-onasi yosh Pushkinni buvisi Mariya Alekseyevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirganUning amakisi Vasiliy Lvovich oʻsha davrning koʻzga koʻringan shoirlardan boʻlib, Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon boʻlib kelardi. Bu muhit Pushkinda she'riyatga havas uygʻotdi.1811-1817-yillardau Sarskoe selodagi litseyda ta'lim olgan. Pushkinning dastlabki she'ri matbuotda1814-yildayoq bosilgan edi.1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer — yunker qilib tayinlagan.1837-yildayosh fransuz ofitseri Jorj Dantesbilan duelda Pushkin ogʻir yaralanib, vafot etadi.Pushkinning koʻplab asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Boris Godunov», «Dubrovskiy», «Kavkaz asiri» Choʻlpon tomonidan (1936-37), «Yevgeniy Onegin»Oybektomonidan (1937), «Boqchasaroy fontani»Usmon Nosirtomonidan (1937), «Kapitan qizi» Abdulla Qahhor tomonidan (1939), «Ruslan va Lyudmila» Mirtemir tomonidan (1948) tarjima qilingan). PUSHKINda nafis soʻzga mehr-muhabbatning paydo bulishida rus xalq qo‘shiqlari hamda ertaklarini yaxshi bilgan enagasi Arina Rodionovnaning taʼsiri, ayniqsa, kattadir. Oʻsha davrning engnufuzli oʻquv yurtlaridan biri — Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo (hozirgi Pushkin sh.) litseyida oʻqish (1811—17) PUSHKINning shoir va erksevar inson sifatida shakllanishida muhim omil boʻlgan. PUSHKIN litseyni tugatgach, Peterburgga kuchib borgan va tashqi ishlar kollegiyasida kotib lavozimida ishlagan. U Peterburgda xizmat qilgan yillar (1817—20) Rossiyaning tarixiy ta-raqqiyoti uchun muhim bir davr edi.PUSHKINning dastlabki sheʼrlari 1913 yilda matbuot yuzini ko‘rdi. U litseyda oʻqib yurgan kezlarida 120 ga yaqin sheʼr va 2 doston (tugallanmagan) yozadi. Litsey bilan xayrlashuv kechasiga bagʻishlangan sheʼri esa shu kechada qatnashgan G. R. Derjavin yuksak bahosiga sazovor bulib,uPUSHKINning buyuk shoir boʻlib yetishishini bashorat qiladi. Keyinchalik PUSHKIN rus jamiyatida uygʻonib borayotgan erksevarlikkayfiyati taʼsirida "Erkinlik" (1817),"Chadayevga" (1818), "Qishloq" (1819) singari sheʼrlarni yaratadi.PUSHKINga qadar rus sheʼriyatida qasida, marsiya, xat singari har bir sheʼriy janr klassitsizm tomonidan belgilangan qatʼiy qonun-qoidalar asosida yozilgan. PUSHKIN itsey lirikasidan farqli oʻlaroq, Peterburg davri ijodida sheʼriy janrlar o‘rtasidagi chegaralar va uslubiy farqlarni bartaraf etib, rus sheʼriyati taraqqiyoti uchun yangi badiiy ufqlarni ochib bergan ("Ruslan va Lyudmila", 1820). PUSHKIN ijodining tadrijiy yo‘lini shartli ravishda 4 bosqichga ajratish mumkin. Agar 1813—16yillarni o‘z ichiga olgan l-bosqichda PUSHKIN o‘z zamondoshlarining badiiy tajribasini oʻzlashtirgan boʻlsa, 2-bosqich (1817—20) da PUSHKIN ijodining gʻoya va mavzular olami kengayib, u oʻz uslubiga erishish yoʻlida badiiy izlanishlar olib borib, kitobiy til bilan jonli xalq tilini o‘zaro yaqinlashtirdi. 1819 yilda PUSHKIN ning"Yashil chiroq" to‘garagida ishtirok etishi esaAleksandr I ni nihoyatda gʻazablantirdi. U dastlab J. Bayron taʼsirida romantik dostonlarini yоzdi. PUSHKIN romantizmining ilk namunasi — "Kavkaz asiri" dostoni (1820—21) 20-yillardagi erksevar yoshlar kayfiyatini ifodalagani uchun ular oʻrtasida katta muvaffaqiyat qozondi.PUSHKIN voqelikni romantik boʻyoqlar bilan tasvir etishda davom etib, "Aka-uka qaroqchilar" (1821—22) va "Boqchasaroy fontani" (1923) dostonlarini yaratdi. "Loʻlilar" dostoni esa PUSHKINning ijodiy tadrijida roʻy bergan jiddiy burilishning samarasi boʻldi.PUSHKINning romantik dostonlari va shu yillar lirikasi ("Demon", "Dengizga" va boshqalar) yagona gʻoyaviybadiiy yoʻnalishga ega boʻlib, ular psixologik tasvirning teranligi, ruhiy olam, tabiat va tevarak-atrofdagi hayotiy hodisalar oʻrtasidagi aloqalarning rang-barangligi bilan ajraladi.1824 y. PUSHKIN xizmat vazifasidan ozod etilib, Mixaylovskoye qishlogʻi (Pskov) ga surgunga yuboriladi. Ikkinchi marta tazyiqqa uchragan shoir qisqa muddatli ruhiy ezilishdan soʻng mutolaaga berilib, shu atrofdagi aholining ertak va qoʻshiklarini toʻplaydi, "Boris Godunov" tragediyasi (1825), "Graf Nulin" dostoni,"Qurʼonga tatabbu", "Andrey Shenʼye", "19 oktyabr" va boshqa mashhur sheʼrlarini yozadi, "Yevgeniy Onegin" sheʼriy romani ustidagi ishni davom ettiradi. "Boris Godunov" PUSHKINning dramaturgiya sohasidagi dastlabki tajribasi boʻlsada, shoir unda Shekspir anʼanalariga tayangan holda dramatik sanʼatning yangi yoʻllarini kashf etadi, xalq bilan hokimiyat oʻrtasidagi munosabatni asar markaziga olib chiqadi."Boris Godunov"ni yaratish asnosida ishlab chiqilgan badiiy tamoyillar (tarixiylikka institutilish, insoniy kechinmalarni barcha ranglari bilan mujassamlashtirish, xarakterlarga xos hayotiy murakkablikni ochish va boshqalar) PUSHKINning keyingi ijodidaoʻz samaralarini berdi.20-yillar oxiri — 30 yillar boshlarida PUSHKIN ijodida realizm tantana qilib, u "Graf Nulin"dan tashqari, "Poltava" (1828—9),"Kolomnadagi uy" (1830), "Mis chavandoz" (1833) dostonlari va keyinchalik shoirning" kichik tragediyalar"ini tashkil etgan baʼzi bir pyesalari hamda nasriy asarlari ("Belkin qissalari", "Kapitan qizi" va boshqalar)ni yaratadi. PUSHKIN shu davrda lirikada badiiy realizmning yuksak bosqichiga erishadi.20-yillarning 2-yarmida PUSHKIN "Yevgeniy Onegin" ustidagi ijodiy ishini davom ettirdi. Sheʼriy romanning 1833 yilda toʻla holda nashr etilishi rus adabiyoti tarixida ulkan voqea boʻldi. Garchand sheʼriyatning bu janri rus ada-biyotida keyinchalik izchil davom ettirilmagan boʻlsada, bu asarda kashf etilgan yangi realistik tasvir metodi va yangi estetika tamoyillari rus adabiyetining keyingi taraqqiyoti uchun gʻoyat katta ahamiyatga molik boʻldi. Romanda PUSHKIN yashagan davrning muhim masalalari oʻz inʼikosini topdi, oʻsha davrda keng tarqalgan kishilar xarakteri tarixiy, ijtimoiy va maishiy sharoit fonida zoʻr mahorat bilan tasvir etildi.PUSHKIN 1830 y. kuzini Boldino qishlogʻida oʻtkazdi. Rus adabiyoti tarixiga "Boldino kuzi" sifatida kirgan bu davrda shoir"Kolomnadagi uy" dostoni, "Belkin qissalari", shuningdek, boshqa "kichik tragediyalar"ini ijod qildi. Bu asarlarning har biri, ayniqsa,"Xasis ritsar", "Oʻlat chogʻidagi bazm", "Tosh mehmon", "Motsart va Salyeri" "kichik tragediyalar"i olamshumul ahamiyatga molik masalalarni koʻtarganligi bilan PUSHKIN ijodida alohida bir sahifani tashkil etadi.PUSHKIN Rossiyaning yangi, kapitalistik taraqqiyot bosqichiga oʻta boshlagani PUSHKINning "Pikovaya dama" (1833) qissasida oʻz tajassumini topgan.PUSHKIN 30-yillar Rossiya tarixi bilan qiziqib, Pugachyov qoʻzgʻolonining paydo boʻlish sabablarini qunt bilan oʻrgandi, qoʻzgʻolon sodir boʻlgan joylarga borib, rus xalq qoʻshiqlari, ertak va rivoyatlarni yozib oldi. PUSHKIN Pugachyov qoʻzgʻoloni haqida toʻplagan bu materiallardan "Pugachyov tarixi" asari (1833), "Dubrovskiy" (1832—33) va"Kapitan qizi" (1833—36) qissalarida samarali foydalandi. Rus xalq ogʻzaki ijodi namunalariga qiziqish natijasida PUSHKINning"Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak" (1830), "Shoh Sulton haqida ertak" (1831), "Baliqchi va baliq haqida ertak" (1833), "Oltin xoʻrozcha haqida ertak" (1834) singari folklor motivlari bilan sugʻorilgan asarlari maydonga keldi va bu asarlar PUSHKIN ijodidagi xalqchillikning yanada oshishiga sababchi boʻldi. PUSHKINning rus adabiyoti oldidagi xizmatlari buyuklashgan va ijodiy faoliyati yangiyangi qirralar kasb etib borgani sayin uning atrofidagi kora kuchlar tobora birlasha va faollasha boshladilar. Shuning natijasi oʻlaroq uning J. Dantes bilan dueli uyushtirilib, ulugʻ rus shoiri halok etildi.PUSHKINning rus madaniyati taqdiridagi roli benihoya buyuk.U yangi rus adabiyotiga asos solish bilan birga rus adabiy tilining ham shakllanishiga ulkan hissa qoʻshdi. Rus adabiyotida realizm vaxalqchillik tamoyillarining, qator sheʼriy janrlarning shakllanishi va taraqqiyoti PUSHKIN nomi bilan chambarchas boglik, PUSHKIN ning rang-barang ijodi nafaqat keyingi rus adabiyoti, balki musiqa, teatr, balet, rangtasvir singari sanʼat turlarining ham rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Boshqa qardosh adabiyotlar qatori 20-asr oʻzbek adabiyotining taraqqiyotida ham PUSHKIN ijodining taʼsiri sezilarlidir.
Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini oʻzida mujassamlantirgan shoiri boʻladi. Rossiyada inson maʼnaviy olamining musavviri, shubhasiz, Pushkindir.U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist boʻlib yetishdi. Rus xalqining yana bir buyuk shoiri Aleksandr Blok: “Pushkinning nomi naqadar jarangdor”, deb taʼriflagan edi.A. S. Pushkin xalq ogʻzaki ijodini bolalikdan berilib oʻrgandi. Buloqdek qaynab-toshgan xalq ogʻzaki ijodi shoirning ilhomiga ilhom qoʻshdi.Kelajakda mashhur shoir boʻlib, jahonga tanilishida boy manba boʻlib xizmat qildi.U, ayniqsa, oʻzining ertakdostonlari bilan yosh kitobxonlarning hurmat-olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda.A. S. Pushkin oʻzining “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak” (1831), “Baliqchi ham baliq haqida ertak” (1833), “Oʻlikmalika va yetti bahodir haqida ertak” (1833), “Oltin xoʻroz haqida ertak” (1834) kabi ertak-dostonlari bilan jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi.Yuqorida biz taʼkidlab oʻtgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq ogʻzaki ijodi taʼsirida yuzaga kelgan. Bu asarlar zamirida aniq mavzular yotganligini koʻramiz. Masalan, shoir “Ajoyib bolalar” xalq ertagi asosida “Shoh Saltan… haqida ertak”, “Qurimsoq kampir” ertagiva rus xalq folklorining toʻplovchilaridan biri V. Dal hikoya qilib bergan sujet asosida “Baliqchi ham baliq haqida ertak”, “Sehrli koʻzgu” ertagi asosida “Oʻlik malika va yetti bahodir haqida ertak”, uzoqyillar xalqni ayovsiz ishlatib, unga rahm-shafqat nima ekanligini bilmay oʻtgan va uning hatto pok xizmatlarini oʻzida mujassamlashtirgan “Shabarsha batrak” asosida “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak” yotganligini koʻramiz. Bu ertaklarning hammasi shoirning ijodxonasida ishlanib, sayqallanib, yanada oʻqimishli, taʼsirli chiqqan.A. S. Pushkin oddiy, mehnatkash xalqni yaxshi koʻradi, uni iloji boricha himoya qilishga, yon bosishga harakat qiladi. Shuning uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa boʻlgan cheksiz muhabbat tuygʻusi barq urib turadi.Dadon shohni oling (“Oltin xoʻroz haqida ertak”).U gʻirt ahmoq. Na xalqni sevadi va na farzandlariga mehribon otalik qila oladi. Dadon oʻtaketgan darajada maishatparast va kaltabin. U butun podshohligidan, xalqidan, farzandlaridan oʻzga yurtlik makkora ayolni ustun qoʻyadi.Buni xalq, xudo kechirmaydi.Natijada shoh xalq qahr-gʻazabiga duchor boʻladi. Oltin xoʻroz tepkisidan halok boʻlgan shohga birovning rahmi kelmaydi, aksincha, shohning oʻlimi ularga shodlik va ozodlik baxsh etadi.Pop (“Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak”) obrazi ustida shoir qattiq ishlaydi. Uning tekinxoʻr, ochkoʻz, oʻzgalar hisobiga umr kechiradigan bir pastkash kimsa ekanligini keskin ochib tashlaydi.Unga qarama-qarshi qilib oddiy va halol, mehnatkash va bahodiryigit Balda obrazini ijod choʻqqisiga koʻtaradi.Ikki qahramonning bozordagi oʻzaro suhbatidanoq kitobxon kim qanday odam ekanligini darhol sezadi:
“Boʻlsin oshpaz, otboqar ham duradgor,
Ayt-chi, bunday arzon malay qayda bor?
Balda debdi: “Yaxshi malay boʻlayin,
Bergan obi yovgʻoningga koʻnayin.
Xizmatimga haq toʻlaysan shu xilda:
Peshanangga uch chertaman bir yilda”.
Ha, hayotda har bir narsaning, jumladan, tekinxoʻrlik, ochkoʻzlikning ham poyoni, oxiribor. Kaltabin Pop chertkini yeb halok boʻladi.“Baliqchi va baliq haqida ertak” dostonida shoir pok muhabbat mangu boʻlishini orzu qiladi.Boylik, mansab deb oʻtgan kunniunutmaslikni istaydi. Bundan tashqari, kimki halol peshana teri toʻkib boylik orttirmasa, birovlar hisobiga boyiydigan boʻlsa, u hech qachon yuqmasligini, birovniki birovnikiligicha qolib ketishini kampir qismati bilan chogʻishtirib hikoya qiladi. Yer yuzi, butun olam hukmroni boʻlib olgan kampir cholni mensimaganligi uchun, ochkoʻz va badbaxtligi uchun yana eski hammom, eski tos bilan qolib ketaveradi. Buni shoir juda chiroyli ifodalaydi:
Qaytdi kampir yoniga axir,
Koʻrsa: tagʻin oʻsha yertoʻla.
Boʻsagʻada oʻtirar kampir,
Qarshisida teshik togʻora.
Rostgoʻy, haqiqatni yoqlovchi shoir “Oʻlik malika va yetti bahodir haqida ertak”, “Shoh Saltan… haqida ertak” asarlaridahaqiqat bir kun emas bir kun, albatta, qaror topadi, hamma baxtiyor boʻladi, degan fikrni ilgari suradi.A. S. Pushkinning xalq ogʻzaki ijodiga asoslanib yozgan “Ruslan va Ludmila” asari ham bolalar qalbiga ancha yaqin turadigan dostonlardan biri hisoblanadi. Rus ertaklari, qoʻshiqlari, afsonalari bu gʻaroyib asarga favqulodda goʻzal mazmun bergan.Yuksak insonparvarlikni oʻzida mujassamlashtirgan yorqin isteʼdod egasigina shunday asaryarata olardi.Pushkin ertaklari bolalar kitobxonligida alohida o‘rin egallaydi.Pushkin xalq og’zidan ko‘plab ertaklarni yozib oladi.Natijada g’oyaviy badiiy yetuk yangi ertaklar yozish bilan ertak janrini yuksaltiradi.Pushkin xalq ertaklari asosida 8ta ertak yozadi.Mashhur rus romantik shoiri V. A. Jukovskiy “Ruslan va Ludmila” poemasi nashr etilgach, Pushkinga “Gʻolib oʻquvchimga magʻlub murabbiydan” deb yozilgan portretini sovgʻa qiladi.Bu buyuk shoir dahosiga, zamondan ilgarilab ketgan kurashchan insonga berilgan xolisona baho edi.Mana shuning uchun Pushkinga Rossiyaning mangu, otashin shoiri boʻlib qolmoq baxti nasib etdi.