"tasdiqlayman" Matematika kafedrasi mudiri



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə3/12
tarix18.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#100095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
tasdiqlayman Matematika kafedrasi mudiri (1)

KURS ISHI
Mavzu: Xarakteristik funksiyalar va har xil tipdagi taqsimotlar

Bajardi:“ Matematika “ yo’nalishi
19.02-guruh talabasi Mamajonova
(Rasulova ) Olmosxon
Ilmiy raxbar: K.Qodirov

REJA
KIRISH
ASOSIY QISM
I.BOB Xarakteristik funksiyalar
1.1 Taqsimot differensial funksiyasi ta’rifi
1.2 Xarakteristik funksiya va uning turlari
II.BOB Taqsimot qonunlari
2.1 Ikki o’lchovli diskret tasodifiy miqdor ehtimolidagi taqsimot qonuni
2.2 Ko’p o’lchovli tasodifiy miqdorlar va ularning birgalikdagi taqsimot funksiyasi
2.3 Ba’zi muxim taqsimotlar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi.
Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda o‘zini ko‘p bor oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi «portlash effekti» ga, ya’ni, yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz, degan fikrni bildirgan edim.
Darhaqiqat, istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’rifat sirlarini o‘rganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o‘quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o‘z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu-intilishlarimiz bugunning o‘zida o‘z hosilini berayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Muxtasar qilib aytganda, oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz ko‘zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi.
Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2001-yil Oliy Majlisning 5-sessiyasida so‘zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, maktab va OTMlariga jadallik bilan olib kirish g‘oyasi ilgari surilgan edi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23-maydadagi 230-sonli «2001-2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish», shuningdek, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari qabul qilindi. 2002-yil 30-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi «2002-2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi Qarori e’lon qilindi. Bulardan ko‘rinadiki, hozirgi paytda ta’limga axborot texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish asosiy masalaga aylangan.
Diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar taqsimotlarini berishning universal usuli ularning taqsimot funksiyalarini berishdir. Ma’lum bir shartlarga amal qilgan holda biz X tasodifiy miqdorning qaysi qanday qonun bo’yicha taqsimlanganligini bilishimiz, hamda uni osongina matematik kutilmasini va dispersiyasini topa olamiz. Shuni inobatga olgan holda mavzuning dolzarbligi kelib chiqadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin