169
Reja bandlarining mantiqiy ketma-ketligi muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot ishining
bosqichlari biri-ikkinchisidan keyin kelib, birining bajarilishi ikkinchisini bajarishga
olib kelishi kerak. Reja dinamik tavsifga ega bo’lib, u tadqiqot jarayonida asosiy
strategiyani saqlagan holda, taktik o’zgartirishlar kiritishga imkon berishi zarur.
Quyida, 1974-1990 yillar oralig’ida “O’quvchilarda tabiiy-ilmiy tushunchalarni
shakllantirishda predmetlararo bog’lanishlarning didaktik funksiyalari” mavzuidagi
tadqiqot ishining mantiqiy ketma-ketligini keltiramiz. Tadqiqotning uzoq muddatada
olib borilishi, uning parametrlarini o’zgartirishga, qo’yilgan vazifalarni chuqurroq
aniqlashga va yangilarini paydo bo’lishiga olib keldi(sxemaga qarang).
Tadqiqotning reja-prospektidan tashqari, aspirant yoki tadqiqotchining shaxsiy ish
rejasi tuziladi, bu dissertatsiya ustida ishlashning asosiy xujjati bo’lib hisoblanadi.
Bunda, aspirant yoki tadqiqotchining ilmiy mutaxassisligi va o’quv-ilmiy faoliyati
aniqlanadi hamda nomzodlik imtihonlarining muddati, aspirantning har o’quv yilidagi
attestatsiya natijalari, dissertatsiya boblari ustida ishlash muddatlari belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: