Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor


Ma’ruza tezislari, m’ruza matni, ilmiy maqolalar



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə190/212
tarix14.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#178810
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   212
Navoiy davlat pedagogika instituti tasdiqlayman -www.hozir.org

Ma’ruza tezislari, m’ruza matni, ilmiy maqolalar. 
Nashrning eng ommaviy turi bo’lib, ma’ruza tezislari va ma’ruza matni
hisoblanadi.Bular, qisqa shaklda bayon qilingan, tadqiqotchi tanlagan mavzu bo’yicha
o’ziga xos ilmiy g’oyalardir.
Asosiy talab – qisqa va ixchamlikdir (2-5 sahifa).
Ikkinchi talab – axborotliligi.
Ilmiy maqola – dissertatsiya mavzusi bilan bog’liq muammolar doirasidagi yoki aniq
muammoga bag’ishlangan, yakunlangan va mantiqiy maqsadli asardir.
Ilmiy maqola quyidagi talablarga javob berishi kerak:
■ Maqolaning nomi, uning mazmunini asosiy g’oyasini aks ettirishi lozim.
■ Maqolaning nomidan keyingi qatorda muallifning familiyasi, ismi sharifi yoziladi.
■ Rezyume yoki maqolaning qisqacha mazmuni.
■ Asosiy qismida mavzuning mazmuni batafsil bayon qilinadi.
■ Adabiyotlar ro’yxati, grafik va boshqa namoyish materiallari, izoh berishlar,
dissertatsiyadagi kabi bo’ladi.
■ Maqola, albatta, aniq xulosalar bilan yakunlanishi kerak.
Metodik tavsiyalar va o’quv kurslarining dasturlari 
Metodik tavsiyalarni tayyorlashga kirishayotganda, ular kimlarga: o’qituvchilar,
ilmiy xodimlar, oliy o’quv yurtlarining o’qituvchilari va boshq. mo’ljallanganini
hisobga olish zarur.



274
Metodik tavsiyalarning tarkibi quyidagicha bo’lishi mumkin:


♦ Kirish qismi, bunda o’quvchi aniq metodik material bilan tanishishga tayyorlanadi
va unda metodik ishlanmadan foydalanuvchi ko’rsatiladi.
♦ Asosiy qismida, taklif qilinayotgan metodika, u yoki bu faoliyatda eng muhim
natijalarga erishish yo’llari va vositalari batafsil bayon qilinadi.
♦ YAkunida, bayon qilingan material bo’yicha xulosalar chiqariladi.
♦ Adabiyotlar ro’yxati, unda ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar asoslangan hamda
metodik tavsiyalardan foydalanuvchilarga yordam beradigan adabiyotlar keltiriladi.
Nashr qilinayotgan metodik tavsiyalar quyidagi talablarga javob berishi zarur:
● O’quv ishlarini tashkil qilish metodlari va shakllari, yangi metodik usullar ochib
berilishi zarur.
● Taklif qilinayotgan metodik materiallarning samaradorligi tajriba-sinov ishlari,
namoyishlar, jadvallar va grafiklar bilan tasdiqlanishi lozim.
Metodik qo’llanma foydalanuvchiga mos tilda yozilishi zarur. Xorijiy tillardan
olingan va notanish ilmiy atamalarga, izohlarda yoki maxsus atamalar lug’atida
tushuntirish berilishi zarur.
Hozirgi paytda, ilmiy daraja da’vogarlari ko’p hollarda u yoki bu o’quv kurslari yoki
maxsus kurslarning ishlab chiqilgan va sinab ko’rilgan dasturlarini, alohida kitobchalar
shaklida nashr qilishadi.
O’quv kursining dasturida quyidagi bo’limlar bo’lishi mumkin:
■ so’z boshi yoki kirish qismi, unda kursning maqsadi va vazifalari, dasturning
mohiyati, uning asosiy bo’limlari va kimlarga mo’ljallangani ochib beriladi;
■ asosiy qismida o’rganiladigan materialning mazmuni va hajmi bayon qilinadi;
■ nazorat savollari va o’z-o’zini nazorat qilishga topshiriqlar;
■ bilim, malaka va ko’nikmalarni baholash mezonlari;
■ predmetlararo bog’lanishni amalga oshirishga ko’rsatmalar;
■ asosiy va qo’shimcha adabiyotlar, kompyuter dasturlari.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin