98
3.Pedagogik tadqiqotning dolzarbligini qanday tushunasiz?
4.Pedagogik tadqiqotning nazariy ahamiyati mezoni nima?
5. Pedagogik tadqiqotning amaliy ahamiyati mezonini qanday tushunasiz?.
Pedagogik tadqiqotlarning sifat mezonlari
4.1.
Tadqiqotning
yangilik mezoni
– yakunlangan tadqiqotlarni baholashda
qo’llaniladi. U fanda va adabiyotlarda shu vaqtda bo’lmagan
nazariy va amaliy
xulosalarni, qonuniyatlarni, prinsiplarni, metod va usullarni tavsiflaydi.
Ushbu mezonni 2 turga bo’lish mumkin – bular nazariy va amaliy bo’lib, ilmiy bilish
nazariyasidan kelib chiqadi.
Tadqiqotning
nazariy yangiligi
–
uning konsepsiyasini, farazini,
qonuniyatlarini,
metodini, modelini, yondoshishni, tushunchalarni, atamalarni va yo’nalishlarni qamrab
oladi.
Tadqiqotning
amaliy yangiligi
–
uning modeli, takliflari,
tavsiyalari, vositalari,
talablari va metodik sistemasini qamrab oladi.
Tadqiqotning yangilik mezoni uning turiga qarab o’zgarishi mumkin. SHuning uchun
yangilik mezoni nisbiy bo’lib, u vaqtga bog’liqdir. Tadqiqotning
yangilik darajalarini
quyidagicha: aniqlashtirish, to’ldirish va o’zgartirish turlariga bo’lish mumkin.
Aniqlashtirish darajasi –
tadqiqotda olingan yangi natija shu vaqtgacha mavjud
bo’lgan ma’lumotlarni aniqlashtiradi, o’quv-tarbiyaviy
jarayonga tegishli metodlarni,
alohida o’quv predmetini o’qitish metodlarini, tarbiyaviy ish metodikasini, pedagogika
tarixi va metodologiyasining ayrim holatlarini zamon talablari asosida oydinlashtiradi
va aniqlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: