Tayanch kompetensiya elementlari


Sana:_________________________ 19-Mavzu:―Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz. Kun shiori: Korupsiya taraqqiyot kushandasi Maqsad



Yüklə 308,5 Kb.
səhifə12/16
tarix02.06.2023
ölçüsü308,5 Kb.
#122255
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Tayanch kompetensiya elementlari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Sana
Sana:_________________________ 19-Mavzu:―Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz. Kun shiori: Korupsiya taraqqiyot kushandasi
Maqsad: O‘quvchilarni korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘rgatish
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston bojxona xizmati faxriylari uyushmasi
nodavlat Toshkent notijorat davlat tashkiloti, yuridik Toshkent
universiteti hamda
shahar bilan adliya boshqarmasi
hamkorlikda tashkil
etilgan tadbirda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, bojxona
rasmiylashtiruvi mutaxassislar bo‘yicha ommaviy vakillari
va
axborot vositalari
ishtirok etdi.
Korrupsiya har qanday davlat
va jamiyatning siyosiy-
iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy
putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini
zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Bu illatga qarshi kurashish – mamlakatimizda jadal sur‘atlarda olib borilayotgan huquqiy islohotlar sharoitida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishning muhim vositalaridan biri ekanligi ta‘kidlandi.
Mamlakatimizda mazkur illatga qarshi kurashish masalasiga alohida e‘tibor qaratib kelinmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2- fevraldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g’risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida‖gi qarori mazkur qonun qoidalarining samarali ijrosini ta‘minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir
chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu qaror bilan 2017-2018- yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 50 dan ortiq
muhim chora-tadbirlar o‘z
ifodasini topgan.
Davra suhbatida bojxona
organlarida korrupsiyaga
qarshi kurash bo‘yicha olib
borilayotgan ishlarga qaratildi.
alohida e‘tibor
O‘zbekiston Respublikasi
bojxona organlari shaxsiy
tarkibi o‘rtasida
qonunbuzarliklar sodir olish, qarshi
etilishining korrupsiyaga oldini
kurashish, xizmat intizomi
va qonunchilikni
mustahkamlash hamda
bojxona organlari saflarini
nopok xodimlardan
tozalash borasida aniq yo‘nalishga ega bo‘lgan keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilmoqda.
―Toshkent-Aero‖ IBK tomonidan 2017-yilning o‘tgan davri mobaynida 80 ga yaqin profiklatik ma‘ruzalar, uchrashuvlar, individual tartibda tarbiyaviy ishlar va suhbatlar o‘tkazilgan. Xodimlar xizmat davomida zimmasiga yuklangan vazifalarni qay darajada ado etayotganligi, hushyorligi va ogohligini sinovdan o‘tkazish maqsadida turli tekshiruvlar doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilmoqda.
Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Sana:
20-mavzu: Kitob ma‘rifat chirog‘i Kun shiori:Kitob o‘qish-ma‘naviy yuksalish omilidir
Mashg‘ulotning maqsadi:Asarlar va asarlarni tanlash haqida keng ko‘lamli
ma‘lumotlar berish.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma‘lumotlarni izlab topa olishni, va media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirdi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish. b) davomatni aniqlash. Qisqa savollar;
1. Inson bu - …
2. Fazilat bu …
3. Adolat bu …
II. Asosiy qism. O‘quvchilar biz sizlar bilan o‘tga yillarda o‘qigan bir asarni yodimizga olaylik. Bu — fransuz adibi Ekzyuperining «Kichik shahzoda» qissasi. Agar hayotga solishtirsak, bu qissadagi aksariyat voqealaming bolishi umuman mumkin emas. Axir har bir odamning bittadan alohida planetada yashashini yoki ilonning odam bilan donishmandlardek suhbatlashishini tasavvur qilib bo‘ladimi? Agar san'at asariga yuzaki yondoshilsa, bu singari savollami ko‘plab keltirish, yozuvchi — san'atkorni airmachilikda ayblash ham mumkin. Aksincha, agar asar mohiyatiga chuqurroq nazar tashlansa, qahramonlar mulohazalariga e'tibor berilsa. har bir personaj, tasvirlangan voqea ramziy xarakterda ekani hisobga olinsa, qissaning sir-u sinoati ko‘z oldingizda ochila boshlaydi. Mo‘jazgina bir qissada olam va odam to‘g'risidagi haqiqatlar naqadar chuqur ifoda etilgani ma'lum bo‘ladi.. . Xuddi shunday gapni eramizdan avval bitilgan Sofoklning «Shoh Edip» fojiasi-yu zamondosh shoirimiz Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostoni to‘g'risida ham aytish mumkin. Demak, inson o‘qiyotgan asarini tushunishni. his qilishni istasa, avvalo, o‘z didi, ong-u shuurini tarbiyalamog'i talab etilar ekan. San'atni tushunish, his etish esa odamning har tomonlama yuksalishi, ma'naviy boyishiga sabab bo‘ladi. Agar sakson-to‘qson yoshli buvi-buvalaringizga quloq tutsangiz, ular tirikchilik juda qiyin bo‘lgan paytlari ham, hatto urush yillarida ham kechqurunlari qo‘ni- qo‘shnilar bir xonadonga yig'ilishib, qora chiroq yorug'ida xalq dostonlarini, qadimgi qissalarni, Mashrab va Navoiy kitoblarini o‘qiganlarini eslab berishadi. O‘ylab ko‘ring: san'atga, adabiyotga bu qadar tashnalikning siri nimada? Nega odamlar qorni ochligi, usti yupunligini unutib, san'at dunyosiga sayohatga,kitob o‘qishga chiqishgan?Gap shundaki, chinakam insonlar hayotni faqat yeb-ichish. o‘yin- kulgi bilan o‘tkazishni o‘zlari uchun or deb biladilar. Chunki inson, birinchi navbatda, ma'naviy boy bo‘lishga harakat qilmog'i, jisminigina emas, ruhini ham doimiy oziqlantirmog'i talab qilinadi. O‘tmishda ibratli iz qoldirgan jamiki tarixiy shaxslar avvalo ruhiy-ma'naviy jihatdan qudratli bo‘lgani bilan boshqalardan ajralib
turganlar. Sen ham jisman balog'at yoshiga qadam qo‘ygan ekansan, endi ruhan ham balog'atga yetishmoqni jiddiy o‘ylashing kerak bo‘ladi. Buning uchun esa oltindan qimmat vaqtn' bekorga sovurmaslik, navqiron umringning har bir daqiqasini mazmun va mohiyat bilan to‘ldirishga
harakat qilishing lozim. Agar inson ma'naviy kamolotini qurilishl: lozim bo‘lgan binoga qiyoslasak, har kuni unga kamida bir «g'isht qo‘yish» talab qilinadi. U esa turli shaklda mutolaa qilingan qiziqarli kitob, tomosha qilingan spektakl yoki film, borib ko‘rilgan muzey, ko‘rgazma shaklida bo‘lishi mumkin. Agar o‘zingda qaysidir san'at yo‘nalishiga ichki rag'bat sezib, biror asar yaratish bilan mashg'ul bo‘lsang, undan-da quvonarli. Bu jarayonda eng qalbingdan atrofga ko‘z ilg'amas nur taraladi desak, aslo mubolag'a bo‘lmaydi. Zero, tafakkur dunyodagi jamiki nur manbaidan qudratliroqdir. Badiiy tafakkur quvvat esa undan-da kuchlidir". Asarlar- uni yaratgan xalq ma'naviy-ruhiy qiyofasining ko‘zgusi hisoblanadi. Yodingda bo‘lsa, sohibqiron bobomiz Amir Temur o‘zi tavallud topgan yurt — Kesh (Shahrisabz)ga qurdirgan Oqsaroy devorlariga: «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» — deb yozdirib qo‘ygandi. O‘ylab ko‘raylik: nima uchun buyuk sarkarda o‘zining kuch-u qudratini lak-lak qo‘shin, behisob qurol-yarog' bilan emas, xalq qurgan binolar bilan o‘lchashga da'vat qilyapti? Gap shundaki, mamlakat va millat salohiyati aslo uning harbiy qudrati, millionlab askarga ega bo‘lishi bilan belgilanmaydi. Yuzaki qaraganda. Cliingizxon yoki Gitler armiyasi chakana kuchga qudratga ega edimi? Xo‘sh, ulardan nima qoldi? Vayron qilingan, kultepaga aylantirilgan shahar va qishloqlar, millionlab begunoh insonlarning murdalarimi? Ular barpo qilgan saltanatlar insoniyat taraqqiyotini bir joyda to‘xtatish, hatto ortga tortishdan boshqa nimaga yaradi? Bu «janongir»lar minglab qatlgoh, yuzlab kontslagerlar qurgani, millionlab inson bolasini tiriklayin o‘tga otganini jahon ahli biladi. Lekin ular odamzodning baxt-u saodati, ertangi kuni, ma'naviyati va ma'rifati uchun xizmat qiladigan biror narsa qoldirdilarmi?..
III.Mashg‘ulotni yakunlash
Topshiriq: Har kim o‘zi o‘qigan asarlar ro‘yxatini tuzsin. Shu asarlardan eng yaxshisini tanlasin,shuning mazmuni haqida qisqa aytib, shu kitobdan qandau ma‘naviy ozuqa olganligini so‘zlab bersin
Sana:_________________________
21-Mavzu:―Kiber makon va biz. (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida).
Kun shiori: ―Fan-texnikaning rivojlanishi insoniyatning ko‘pgina ishlarini
yengillashtirdi‖
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, zamonaviy fan-texnika sirlaridan o‘quvchilarni voqif etish va ularga bo‘lgan qiziqish va hurmatini rivojlantirish.
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish. Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr- oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar:
shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: ―Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, bunda bizdan kuchli bilim talab qilinadi.
O‘qituvchi:
XX asrning o‘rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz oshdi darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi
inqiloblarning xarakteri o‘zgardi, ya‘ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg`unlashib ketdi va ilmiy-texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asrning 40-yillarining oxirlaridagi ilmiy-texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishi natijasida fanning o‘zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o‘zgarishlari vujudga keldi. Natijada har 10-15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki, XX asrning 70-yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % idan ko‘prog`ini tashkil etadi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy
xodimlarning o‘sish foizi aholining o‘sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya‘ni fan va ta‘lim ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi.
Natijada XX asrda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo‘yicha ilmiy muassasalar tashkil bo‘la boshladi hamda yangi nomdagi fan yo‘nalishlari va ularga xos ta‘lim mazmuni yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika, matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nom olgan fan yo‘nalishlaridir.
Keyingi chorak asr davomida ilmiy-texnik taraqqiyotiga nazar tashlasak, bu davr ichida ko‘pincha, ayniqsa, fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega bo‘lgan qonunlar, nazariyalar va gipotezalarning vujudga kelganligining shohidi bo‘lamiz. Fanlarning o‘zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo‘la boshladi.
Bular ta‘lim mazmuniga ham sezilarli ta‘sir ko‘rsatdi va bular
o‘z navbatida texnika-
texnologiya taraqqiyoti uchun
xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi
kunda xalq xo‘jaligini
boshqarishni avtomatlashtirish
keng ko‘lamda amalga
oshirilmoqda. Bu borada fan-
texnika yutuqlarini o‘z
navbatida yoshlarga yetkazib zamon
boorish, hozirgi
darslariga qo‘yilgan talablardan
biridir.
Fan va texnikaning ishlab
chiqarish bilan yaqindan
integratsiyalashib borishi bu
davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirgunlarigacha hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma‘lum tasavvurlarga ega bo‘lishlari lozim.
Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o‘rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg`or fan va texnika-texnologiyalar tufayli inson atrof-muhit bilan faol hamkorlikda bo‘ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XXI asrning boshlarida fan va texnika misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan ―Kibernetika‖ nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo‘ldi.
Hozirgi kunda kompyuterlar qo‘llanilmayotgan biron sohani topish qiyin. Ular dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko‘maklashmoqda.
Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashni tez bajarishi va xotirasida katta hajmdagi axborotni ishlab chiqishi bilan juda ko‘p imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Topshiriq: O‘quvchilardan quyidagi savolga javob berish so‘raladi: Fan-texnikaga nisbatan qanday tarbiyaviy ahamiyat talab etiladi?
Sana: 24-mavzu: To‘siqlarni yengib o‘tib
I.Kirish:Sinf soatining maqsadi:O‘quvchilarga halollik - inson ziynati ekanligi, ta’magirlik esa insonni yomon yo‘lga boshlab, odamlar nafratiga duchor qilishini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Jihoz:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.
Tashkiliy qism O‘qituvchi:
II.Asosiy qism: Hurmatli o‘quvchilar bizning hayot yo‘limida har xil to‘siqlarga duch kelamiz, shulardan eng ayanchli oqibatlarga olib keladigan, bizni yomon yo‘lga boshlaydigan, ishimizni rivojlantirmaydigan ayrim illatlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
TAMAGIRLIK VA TEKINXO‘RLIK – ofatdir. Bejizga bobolarimiz bu haqda shunday deyishmagan.
Ta‘ma aylar kishini xoru - zalil, Xorlik kelgach, g'amgin bo‘ladi ko‘ngil.
M. Bobir.
Ta‘ma gulgun yuzni qilur za'faron, Ta‘ma boshin kesgan bo‘lsang mard inson.
Nosir Xisrov.
Ta‘magirlik bu juda ham yomon illat hisoblanadi.Ta‘magirlik bu biror kishiga xolis xizmat qilmasdan biron narsani ko‘zlab yordam berishga aytiladi. Inson tamagirlik qilsa bunga o‘rganib qoladi.Biror bir foydasi bo‘lmasa yordamga muhtoj bo‘lgan insonga qo‘lidan kelsa ham yordam qo‘lini cho‘zmaydi. Inson doimo halol yo‘l bilan yashash kerak. Halol yo‘l bilan topilgan boylik baxt keltiradi. Ta‘magirlik bilan topilgan boylik halokatga olib keladi.Bu dunyoda hamma komil inson bo‘lishga intiladi. Komillik yaxshi fazilatlar orqali yuksaklikka yetadi. Shuning uchun doimo hammaga yaxshilik qilishdan charchamang. Bu dunyoda odamdan yaxshi nom qoladi. Siz ham yaxshi nom qoldirishga harakat qilishingiz lozim.
III.Yakuniy qism:
1-topshiriq: Ta‘magirlik qanday oqibatga olib kelishi haqida klaster usulda tahlil qilish
2-topshiriq: Halolik so‘zini klaster usulida tasniflash
Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar rag`batlantiriladi.
Sana:_________________________
23-Mavzu:―Ayolga ehtirom! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan). Kun shiori: ―Mehringiz ila bu dunyoni his etamiz, Onajon! ‖
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, bu dunyoda onadan mehribonroq, aziz inson yo‘qligi, ularga mehrimiz bir dunyo ekanligi uqtirish, onajonlarga yanada mehribonlik tuyg`ularini rivojlantirish.
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: ―Ayol dunyoni tebratadi‖
O‘qituvchi:
MART Bahorning ilk kuni, yosharish va yangilanish demak, yana bu kun o‘zbek xalqining qizi, vafo va sadoqat timsoli Zulfiyaxonim tavallud topgan kun sifatida, biz yurtimizda bu sanani nishonlaymiz.
Zulfiyaxonim nafaqat o‘z she‘rlari , balki butun hayoti bilan o‘zbek ayolining ma‘naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramizdir.
Uning jahon minbarlaridan yangragan she‘rlari Sharq ayolining aqlu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she‘riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan.
Lekin bu murakkab hayot qalbi o‘z xalqi va Vataniga mehr-muhabbat bilan to‘lib- toshgan, dunyodan ezgulik va go‘zallik izlab yashagan bu ayolni hamma vaqt ham ayagani yo‘q. Aslida, bu dunyoda ayriliq va hijron azobi barchaning ham boshida bor. Ammo g`am-anduh va hasratlarni matonat bilan yengib, tog`dek bardoshi bilan vafo va sadoqat ramziga aylangan Zulfiya opa singari ayollar har qanday yuksak hurmat va ehtiromga munosibdir.
Darhaqiqat, bugun Zulfiyaxonim izdoshlari ko‘paygandan ko‘payib
bormoqda. Ilohim, Zulfiyaxonim ruhlari shod bo‘lsin, joylari jannatda bo‘lsin va doim shogirdlarining ishlarida ruhlari madadkor bo‘lsin.
Hech qachon o‘zbek qiz-u, ayollarini sadoqat va vafo tark etmasin.
Mart oyi bayramlarga boy bo‘lgan oylardandir. Bu oyda yurtimizda 8-MART butun jahon xotin-qizlarning bayrami bo‘lsa, 21-MART musulmon olamida ―Navro‘z‖ bayrami sifatida keng miqyosda bayram qilinadi.
8-MART bugun onajonlar bayrami Yo‘llariga poyondoz dasta gullar bog`lami!
Ona aziz, ona mo‘tabar, ona do‘st, ona jismu-jonimiz, o‘z jonidan farzandini aziz bilgan zot. Ona ertadan kechgacha farzandi tani-jonini, kamolini Ollohdan so‘rab duo qilguvchi zot. Kasal bo‘lsang, yoki biror –bir g`amga botsang sen uchun qayg`urgan mehribon zot bu mushtipar onajoning.To‘qqiz oy seni vujudida saqlagan, hattoki o‘sha davrda ham tug`ilajak farzandini, har qanday balolardan saqlashini so‘ragan, uni o‘zicha katta bo‘lsa farzandim buyuk ishlarga qodir farzand bo‘ladi deb, orzu qiladi.Ona bir umr farzandi kelajagi uchun qayg`uradi. Ollohim shunday mehribonki, bandalariga ular uchun o‘zidan keyin Onani berdi. Ollohim, Onajonlar umrini ziyoda qil, ular har doim o‘zlari tilagan niyatlarini ijobat qil, hech qachon onajonlar bu dunyoda g`am ko‘rmasin, ko‘rgani yaxshi kunlar farzandlarining kamoli bo‘lsin.
Hech qachon eskirmaydigan bu qo‘shiq jamiki, farzandlar kalomi bo‘lsin: Men bolangman, tilagingman, jigaringman onajon.
Ishonch tolsang quvvatingman-quvvatingman onajon, Ko‘zlaringda nur kamaysa, nur bo‘lurman begumon. Axir men bolangman,tilagingman,jigaringman onajon, Ishonch tolsang quvvatingman-quvvatingman onajon, Qayda bo‘lmay chaqir meni, suyan menga begumon, Axir men bolangman,tilagingman,jigaringman onajon, Ishonch tolsang quvvatingman-quvvatingman onajon, Axir men bolangman,tilagingman,jigaringman onajon.
Bu dunyo shunday buyuk daho ayollarni ko‘rdi va bular nomlari bir umr tarixda qoldi. Ular bilan tanishtirishni lozim topdik. Chunki shunday go‘zal ayyomda ularni eslab o‘tish insoniylik burchimiz va faxr-g`ururni uyg`otish va ulardek bo‘lishga
harakat qilishni orzu qilar. Dunyo Malikalari :
To‘maris; (Masaggetlar malikasi)
Xadicha onamiz; (Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v.) rafiqalari)
To‘rabek Xonim; (Qadim Urganchda Odilshoh podshoning yakkayu yagona qizi bo‘lgan)
Malika Tamara; (Gruzinlar milliy qahramoni) Go‘zal Kleopatra; Misrning ilohiy malikasi. Janna d* Ark; (fransuz, yuz yillik urush)
Simonetta-Ilhom Parisi;(abadiy sohibjamol bo‘lish baxti nasib etgan) Go‘zal Malika Nefertit; (Misr)
Yekaterina II;(asl ismi Sofiya- Avgusta- Fredarika; Yevropaning Shtiten shahri, Angalt- Sterbskaya malikasi)
Raqqosa Nigina; (Xorazmshohlar saltanati; Temur Malik unga befarq bo‘lmaganlardan) Saroymulk Xonim; (Bibixonim; Sohibqiron Amir Temur)
Turkon Xotun;(Hukmdor; Xorazm shohi Alovuddin Muhammad onasi.) Afsungar Qirolicha; (Yekaterina; Fransiya)
Shahzodaning Kanizagi;(Amur Temurning suyukli nabirasi Xalil Sulton Mirzo oshiq bo‘lgan qiz Shodmulk)
Gavharshod Begim;(Shohruh Mirzoning suyukli katta xotini;)
Ulug` Beka;(Xadicha begim Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning suyukli xotini;) Xonzoda Begim;(Umar Shayx Mirzoning qizi, Bobur Mirzoning opasi; Shayboniyxon rafiqasi)
Gulbadan Begim; (Zahriddin Muhammad Boburning Dildor begim ismli xotinidan tug`ilgan uchunchi qizi, ―Humoyunnoma‖)
Muhabbat Qasri;(Arjumand bonu- Mumtoz Mahal begim; Shoh Jahon; ―Toj Mahal‖) Saroyning Nuri; (Nurjahon begim Boburiy shahzodalardan uchinchisi-Jahongirshoh (Salim) ning ikkinchi xotinidir)
Jahonoro Begim; (Shoh Jahonning katta qizi;ilm-fan)
Zebunniso Begim;(Avrangzeb qizi;shoira) Nell Gvin;(London;aktrisa)
―Argentina Madonnasi‖;(aktrisa; ismi Evita)
―Temir Xonim‖ yoki dunyoning kuchli ayoli;(Buyuk Britaniya; sobiq bosh vazir, siyosatchi-Margaret Tetcher)
―Asrning eng mashur ayoli‖; (XX asr; Merilin Monro;aktrisa; sirli o‘lim topgan) Indira Gandi;(Hindiston; siyosatchi)
Uch Asr Qurolichasi;(Go‘zal Yelizaveta; Buyuk Britaniya)
Mehr- Shavqat Malikasi;(Ona Tereza; to‘liq ismi; Agnes Bojaksua; Makedoniyalik) Opera Qo‘shiqchisi:Mariya Kallas;(N‘yu York)
Buyuk Britaniya Qirolichasi;(Yelizaveta II Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya) Go‘zalik Timsoli Bo‘lgan Aktrisa;(Sofi Loren; Rim; ―Oskar‖ mukofoti sohibasi ikki marta)
Elizabet Teylor;(Amerikalik; aktrisa)
Benazir Bxutto;(Pokiston; siyosatchi; bosh vazir)
Malika Diana;(Diana Uelsk; ilhom manbai va g`amxo‘rlik ramzi; shaxzoda Charlz; Britaniya).
O‘zbegim Malikalari:
Qurbonjon Dodxoh: O‘zbek general ayoli. Uvaysiy:Shoira.
Nodirabegim: Shoira.
Zulfiyaxonim: Vafo va sadoqat ramzi.
Xadicha Sulaymonova:Birinchi o‘zbek olimasi.
Lutfixonim Sarimsoqova:Ona obrazi timsoli.
Maryam Yoqubova:Aktrisa.(O‘zbek oyim. ―O‘tgan kunlar‖)
Mukarrama Turg`unboyeva:O‘zbek raqs qirolichasi. Saodat Qobulova:San‘atshunos,professor. Suyma G`aniyeva:Navoiyshunos. Dilorom Toshmuhammedova:Spiker.
Rimma Ahmedova:Dublyaj malikasi.
Oybarchin Bakirova:Dublyaj malikasi. Galiya Izmayilova:Balerina.
Munojat Yo‘lchiyeva:Maqom qirolichasi,benazir ovoz sohibasi.
Olmaxon Hayitova:Xorazm malikasi.
Nasiba Abdullayeva:Estrada malikasi.
Nasiba Qambarova: Suxandon. Hamma ayollar malika, go‘zal va aqlli. Aziz onajonlar, dilbar ayollar, mehribon opa-singil va qizlarimiz sizlarni yaqinlashib kelayotgan 8-MART bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz, sizlarga uzoq-umr, baxt- saodat ezgu ishlaringizda kattadan –katta zafarlar tilaymiz! Doimo yuzingizdan tabassum,qalbingizdan mehr, labingizdan kulgi arimasin. Yana bir bor butun O‘zbekiston xotin-qizlarini qutlug` ayyom bilan muborakbod etamiz! Baxtimizga doim omon bo‘linglar!
Topshiriq: ―Mehrim sizga atalgan‖ mavzuda dil izhori. Bunda har bir o‘quvchi o‘zining mehribon onajonisi, buvijonisi, opa-singilisi, amma-xolasiga va ayol ustozlariga qalbdan chiqqan tabriknomasi oq qog`ozga tushiriladi.
Sana:_________________________
24-Mavzu:―Buyuk mutafakkirlarimizning tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi (kimyo, biologiya fanlari oyligi doirasida).
Kun shiori: ―Inson uchun birinchi baxt – uning sog`lig`i, ikkinchisi – go‘zallikdir‖ Aflotun
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikka katta qiziqish bilan tayyorgarlik ko‘rishni uqtirish, tabiiy fanlarning insonlar hayotidagi o‘rni katta ahamiyat kasb etishini tushuntirish.
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish. Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr- oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: ―Inson salomatligida, oq xalatli shifokorlarning ahamiyati katta ‖
O‘qituvchi:
Abu Ali ibn Sino jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga buyuk hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Yirik qomusiy olim sifatida u o‘z davri ilm-fanining deyarli barcha sohalari bilan shug`ullangan. Turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha esa uning 240 ta asari yetib kelgan.
Ibn Sino asarlari orasida uning mashhur ―Tib qonunlari‖ nomli shoh asari tibbiyot ilmining qomusi hisoblanadi. Olimning juda ko‘p qimmatli fikrlari, jumladan, uning inson sog`lig`ini saqlash haqidagi, parhez, gigiyena to‘g`risidagi xulosa va maslahatlari hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. U barcha yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanishni tavsiya etgan. Ayniqsa, asab kasalligiga mubtalo bo‘lganlarga jismoniy usullar bilan davolanishni maslahat beradi.
Ibn Sino tibbiyot tarixida fizioterapiya asoschilaridan biri hisoblanadi.
Kishi organizmiga tashqi muhit ta‘sirining muhimligini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan, ya‘ni u kasallikning kelib chiqishi masalasini hal etishga yaqinlashgan edi: ―Kasalliklarning ba‘zilari yuqumli bo‘ladi. Bular moxov, qo‘tir, chechak, vabo isitmasi, yiringli yara kabi kasalliklardir. Xususan, bular odamlarning turar joylari tor va iflos bo‘lganda paydo bo‘ladi va kasal kishining qo‘shnilari shamolning tagida bo‘lganda yuz beradi‖, deb xulosa chiqaradi olim.
Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari ―Kitob ash-shifo‖, ya‘ni ―Davolash kitobi‖ da bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botanika, zoologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.
Ibn Sino o‘z davridagi barcha ilm sohalarining rivojlanishida turli masalalarni o‘z ichiga oluvchi tabiat falsafasiga katta e‘tibor beradi. Ayniqsa, tabobat va u bilan bog`liq holda anatomiya, psixologiya, farmakologiya, terapiya, jarrohlik, diagnostika, gigiyena kabi ilmlar Ibn Sino ijodida bir qancha yangi kashfiyotlar bilan boyidi va yuqori bosqichga ko‘tarildi.
Ibn Sinoning tog`larning vujudga kelishi, Yer yuzining davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib borishi, zilzila bo‘lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta ta‘sir qildi.
Topshiriq: ―Bahs - munozara‖ mashqi. Mavzu: Shifokorlar nima uchun oq xalat kiyishadi va nima uchun qasam ichishadi?
Sana:_________________________ 25-Mavzu:―Milliy qadriyatlar va an‘analarimiz (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan). Kun shiori: ―Umrimizning har daqiqasi Navro‘zga aylansin!‖
Maqsad: O‘quvchilarda
vatanparvarlikni singdirish, milliy bo‘lgan
bayramimiz hurmatni, Navro‘zga
milliy urf-odatlarimizga
g`ururni rivojlantirish.
Natija:
fikrlashi, xulosasi. O‘quvchilarning erkin olgan
tassurotlari va
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda
bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish. Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Vasli aro ko‘rdim, teng emish bo‘yi – yu sochi, Tun – kun ekan, zohir o‘lur bo‘ldi chu Navro‘z.
Alisher Navoiy O‘qituvchi:

Avvalambor, ota-bobolarimizdan qolgan


qadriyatlarimizga amal qilib, bizni shu mo‘tabar kunlarga –
yangi yilga, Navro‘z ayyomiga yetkazgani uchun
Yaratganimizga shukrona va hamdu sanolar aytishimiz
darkor.
O‘zining buyuk fazilatlariga hamisha sodiq bo‘lib,
murakkab sinov davrlarida ham Navro‘zdek noyob urf- odatini ko‘z qorachig`iday asrab, e‘zozlab kelgan ajdodlarimizga har qancha tasannolar aytsak arziydi, albatta. Asrlar bo‘yi, ming yillar davomida Navro‘zi olam xalqimizda, har bir oilada, har bir xonadonda eng orziqib kutiladigan xursandchilik, go‘zallik va nafosat kuni, bahor faslini namoyon qiladigan bayram bo‘lib kelmoqda. Navro‘z – tabiatning uyg`onish, yasharish fasli. Tabiat
uyg`onar ekan, inson ruhi ham yangilanadi. Shu bilan birga inson bilagiga kuch, yuragiga yangi intilish, hayotiga yangi umid va orzular kirishi tabiiydir. Barchamizning ezgu niyatimiz – yurtimiz tinch va obod, dasturxonimiz to‘kin va barakali bo‘lsin, oilamiz va farzandlarimiz, yoru birodarlarimiz sog`-salomat, baxtli-saodatli bo‘lsin. Tinchlik barqaror bo‘lgan yurtga bayram yarashadi. Halovatli elning bahori ham, yozi ham, kuzi-yu qishi ham-qo‘yingki, har bir kuni fayzli-tarovatli bo‘ladi. Totuvlik, osudalik bo‘lgan joydan balo-qazolar yiroq yuradi. Navro‘z yana bir xislati bilan bizning milliy tabiatimizga yaqin. Shu kunlarda eski gina-kuduratlarni, har xil yomonliklarni sedan chiqarish, mehr-oqibatli, muruvvatli bo‘lish, beva-bechralarning holidan xabardor bo‘lish, yetim-yesirlarning ko‘nglini olish singari, Allohning o‘zi el-yurtimizga ato etgan ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan fazilatlar ham Navro‘zning olijanob mohiyatidir. Umrimizning har daqiqasi Navro‘zga aylansin!
(Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. )
Navro‘z qiz – juvonlarga alohida ko‘rk beruvchi bayramdir. Bayram munosabati bilan ular qo‘llariga xino, qoshlariga o‘sma qo‘yadilar. Arg`imchoqlarda uchishib, turfa o‘yinlar o‘ynashib, keng yam – yashil dalalarda sayr etishib, qizg`in gurunglar qiladilar.
Navro‘z bayrami bolalar va o‘spirinlar uchun olam – olam quvonch, shodlik keltiruvchi tantanadir. Unga yosh bolalar ham, o‘smir yigit – qizlar ham alohida tabrik bilan keladilar. Ular uchun Navro‘z udumlari, an‘analari va rasm – rusumlari juda qiziqarli bo‘lib, diqqat bilan kuzatadilar, o‘zlari ham zavq – shavq unda ishtirok etishga harakat qiladilar.
O‘zbek xalqi asrlar davomida o‘ziga xos va xilma-xil
urf-
odatlar,
marosi
mlarni
yaratdi.
Bular
doimiy
takrorla
nishi va
ularga
amal
qilib
kelinishi
natijasid
a
vujudga
kelgan. Biroq urf-odat va marosimlar ham jamiyat taraqqiyoti tufayli o‘zgarib, ularning ayrimlari amaliyotdan chiqib unutilgan. Turmushga, zamonga qarab, yangi-yangi urf-odatlar va marosimlar kirib, takomillashib boradi. Xalqchil odatlar zamonlar osha davr sinovlariga bardosh berib, avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Asrlar davomida bir makonda aralash yashab kelgan Markaziy Osiyo
xalqlarining an‘analari va urf-odatlarida o‘xshashliklar ko‘p. Turli tarixiy davrlarda O‘zbekistonning tub yerli turg`un aholisiga kelib qo‘shilgan qabila va elatlar o‘rtoqlashib, o‘zbeklarning udumlarini qabul qilganlar va ayni vaqtda unga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Har bir xalqning tarixan tarkib topgan o‘ziga xos urf-odatlar va an‘analari e‘zozlanib, avlodga meros qoldiriladi. Shu tariqa avlodlar an‘analarni davom ettirib, ularning barqarorligini ta‘minlaydilar. Ijtimoiy tarbiyaviy ahamiyatga molik odat va marosimlar jamoatchilik boshqaruvida bo‘lgan. O‘zbeklarning an‘ana va urf-odatlari tarixan tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, xalqning yashash sharoiti, muhiti natijasida vujudga kelgan. Navro‘z Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining qadimiy, an‘anaviy Yangi yil bayrami. Navro‘z bayrami bahor oyiga – qishloq xo‘jalik ishlarining boshlanishiga to‘g`ri kelgan. Qadim zamonlarda Navro‘z kunlari odamlar bir-birlariga qand hadya qilishgan. Odamlar mehnat orqali erishilgan har bir yutuqdan ruhlanib, mehnat samarasini tantana bilan nishonlash an‘ana tusini olgan. O‘zbekistonda ilgari keng tarqalgan va Navro‘z bilan bog`liq marosimlardan yana biri “Go‘ja oshi” yoki ―Yil boshi go‘ja oshi‖ deb atalgan. Bu taom xonadonlardan ixtiyoriy ravishda yig`ilgan har xil masalliq – don, mosh, loviya, no‘xat, yog`-go‘shtdan tayyorlangan. O‘zbekiston mustaqilikka erishgach, muhim sanalar bilan bog`liq umumbashariy, milliy bayramlar bilan bir qatorda Ro‘za va Qurbon hayitlari, Navro‘z bayramlari tiklanib, nishonlanib kelinmoqda. Bulardan tashqari respublikamiz, viloyatlarida turli etnik mazmunga ega qadriyatlarga asoslangan marosimlar xalq sayillari shakllarida o‘tkaziladi. Masalan: ―Asrlar sadosi‖, ―Mingta sunnat, mingta nikoh to‘yi ‖ , Ro‘za oylarida iftorliklar berilayapti. Bular ham zamonaviy an‘analarimizga aylanib bormoqda.
Topshiriq: ―Davra suhbati‖. Yana qanday milliy urf-odatlarimiz, marosimlar va an‘analarimiz bor.
Sana:_________________________ 26-Mavzu:―Amir Temur va jahon madaniyati. (Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).
Kun shiori: ―Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi‖
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Buyuk Sohibqironga bo‘lgan hurmatlarini rivojlantirish, Amur Temur haqida g`urur va iftixor tuyg`ularini singdirish. Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: „Tengi yo‘q Sohibqironi bor, o‘zbekning― O‘qituvchi:
Amir Temur siymosi.
Turkiston amirlari o‘rtasida bo‘lgan kurashlarda g`olib chiqqan Amir Temur 1370 yil 9 aprel kuni, bu-Qur‘oni karim nozil etilgan ramazon oyi o‘n ikkinchisida, chorshanbai murodbaxshda yuz berdi,- Turkiston taxtini egalladi. Shunda Amir Temur 34 yoshga kirgan edi. Amir Temur XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshida jahonda siyosiy iqlimni belgilashda katta nufuzga ega bo‘lgan siymo darajasiga ko‘tarildi, jahon tarixiga ta‘sir o‘tkazuvchi davlat arbobiga aylandi.
―Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi‖, deb ta‘kidlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: ‖Dunyoning qaysi yerida, qaysi zamonda Amir Temurdek buyuk sarkarda, Amir Temurdek buyuk davlat arbobi, Amir Temurdek ilm-fan, ma‘naviyat va ruhoniyat homiysi bo‘lgan?‖
Chindan ham, o‘rta asrlar sharoitiday murakkab bir davrlarda yashab, o‘zining jon huzurini emas, balki dastavval Vatan ravnaqi g`amini chekish, parokanda yurtni birlashtirish, ilmu fan homiysi-yu bunyodkor bo‘la olish Amir Temurning favqulodda bir shaxs ekanligini ko‘rsatadi. Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo‘ygan shaxs sifatida tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug`laydi. Amir Temur ordeni, Amir Temur haykallari,Amir Temur va temuriylar muzeyi, Amir Temur ko‘chasi, Amir Temur bekati, Amir Temur mahallasi, Amir Temur mavzesi, Amir Temur nomli maktab, Amir Temur guruhi. Shundan xulosa qilishimiz kerakki, millat, xalq, yurt, vatan uchun xizmat qilgan, kerak bo‘lsa jonini fido qilganlar mana shunday ulug`lanadi.
XALQ YARATGAN DAHO
XX asr o‘zbek adabiyotida Amir Temur uchun kuyib-yonganlardan va ehtimol, birinchisi-otashin ma‘rifarparvar adib Abdurauf Fitratdir. ―Temur oldinda‖ maqolasida Sohibqiron maqbarasini ziyorat etgan adib ko‘nglida nechog`lik hayojanli tuyg`ular kechganligining guvohi bo‘lamiz: ―Sening ziyoratingga keldim, sultonim!..-deb hayqiradi adib.- Ulug` xoqonim! Turklik sharafi talandi. Turkning nomusi, e‘tibori, iymoni, vijdoni zolimlarning oyog`lari ostinda qoldi. Turkning yurti, ulog`i, o‘chog`i, Turoni yot qo‘llarga tushdi! Xoqonim! Turklikka xiyonat qilganlar turk bo‘lsalar ham qonlarini oqitmoq sening muqaddas odatingdur, yotma, tur! Sening omonatingga xiyonat qilganlarni ez, ur, o‘ldir! Men uch kunlik umrimni tinchgina o‘tkazmakchi
bo‘lmasa erdim, shularning birortasi bo‘lmas edi. Men qo‘limga topshirdig`ing
qilichni tashlab, cholg`uni olmasa edim,Turonim talanmas edi… Ey arslonlar arsloni! Menim yozuqlarimdan o‘t, mening qo‘limni tut, belimni bog`la, muqaddas fotihangni ber! Sening dunyoga sig`magan g`ayratingga ont ichamanki, Turonnning eski sharaf va ulug`ligini qaytarmasdanburun oyoqdan o‘tirmasman! ‖ (―Hurriyat‖ gazetasi, 1917 yil 31 oktabr soni).
SOHIBQIRON FARZANDLARI
Amir Temurning to‘rt o‘g`li va ikki qizi bo‘lgan. Farzandlar- o‘g`illar ham, qizlar ham harbiy san‘at sirlaridan yaxshi xabardor bo‘lishgan. Jahongir Mirzo Amir Temurning Turmush oqa degan xotinidan dunyoga kelgan. Jahongir Mirzoning singlisi Oqa Begi xonim bo‘lgan. Amir Temurning yana Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo singari o‘g`illari, Sulton Baxt begim degan shaddod qizi bo‘lgan.
Sohibqiron mehribon ota, qattiqqo‘l murabbiy sifatida barchasini diqqat markazidan qochirmasdi.
Topshiriq: Amir Temur bobomiz haqida yozilgan asarlardan birini tahlil qilish.
Bu bilan o‘quvchilarda vatanparvarlikni rivojlantirish, Amir Temurga bo‘lgan g`urur va faxrlanish yanada kuchli bo‘ladi va tarixiy asarlarga, kitoblarga yanada qiziqish uyg`onadi . Masalan: O‘zbekiston xalq yozuvchilari Pirimqul Qodirovning ―Buyuk siymo‖, Muhammad Alining ―Sarbadorlar‖, Nurali Qobulning ―Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich‖ kabi.
Sana:_________________________
27-Mavzu:―Xalq amaliy san'ati – milliy boyligimiz (Tasviriy san‘at, musiqa, mehnat fan oyliklari doirasida).
Kun shiori: ―Ilm yo‘lida izlanishdan tolmang‖.
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol ishtirok etishini, fanlarga qiziqishini rivojlantirish, mehnatsevarlikka o‘rgatish.
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish. Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: ―Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lur chiroylik‖. O‘qituvchi:
Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o‘zingiz, kelgusi hayotingiz uchun iborat bo‘ladigan ko‘p narsalarga guvoh bo‘lasiz. Oyog`ingiz ostiga qarang – yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani – uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko‘rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelayapti, birortasi chetga chiqib, ―qo‘l qovushtirib‖ turgani yo‘q. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga o‘tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa qalqtirgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq- qo‘llariga g`ayrat baxsh etgan. Holbuki bular – biz ―ongsiz‖, ―aqlsiz‖ sanaganimiz qumursqalar, xolos. Holbuki, Siz bilan biz INSON degan nomni ardoqlamog`imiz lozim.
Bu o‘rinda hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilmoqdalar:
Tuxum yerga kirib chechak bo‘ldi, Qurt jondin kechib ipak bo‘ldi. Lola tuxmicha g`ayrating yo‘qmu, Pilla qurticha himmating yo‘qmu?
Aksincha, mehnatni sevmaydigan inson borki, demak, u o‘zini ham sevmaydi. Bunday kishilarning
dangasaligi, ishqoymasligi oxir-oqibat beuquv va beburd bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Ayni shunday odamlar qorin to‘yg`azish, kunni bir amallab o‘tkazish ilinjida har qanday jinoyatga, tubanlikka qo‘l uradilar. Yalqovlik inson hayotining, kelajagining zavoli, kambag`allikka eltuvchi asosiy yo‘ldir. Go‘zal va boy hayot kechirmoq uchun esa bor kuch-imkoniyatni ishga solmoq, hunar o‘rganmoq, g`ayrat-shijoat bilan mehnat qilmoq zarur. Zero, baxt, boylik, obro‘- e‘tibor, xotirjamlik o‘z-o‘zidan kelmaydi. Hayotdagi jamiki ro‘shnoliklarga inson faqat o‘z aql-u zakovati, mehnati tufayli erishadi. Oilaning moddiy va ma‘naviy ahvoli ham mehnat tufayli yuksaladi. Oila a‘zolarining mavqeyi, mahalla-ko‘ydagi obro‘si, ularga nisbatan
o‘zgalar munosabati ham qilingan mehnatning natijalari asosiga quriladi. Bir kun kelib inson olamdan o‘tgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi so‘zlar bilan esga olinadi. Ota-onaning oilada farzandlariga o‘rgatgan mehnat saboqlari, kasb-kori avlodlari uchun bebaho boylik bo‘lib qoladi.
Topshiriq: ―Maqollar olamiga xush keldingiz‖ mashqi. Mehnat bilan, mehnatkashlik xislatiga oid o‘zbek maqollaridan va ularning ahamitati haqida.
Masalan: Yurti boyning o‘zi boy, Mehnat qilganning qo‘li moy… davom ettiring.
Sana:_________________________ 28-Mavzu:Kiberxavfsizlikning asosiy shartlari
Kun shiori: ―Ogohlik va hushyorlik har qanday davrda, har qanday vaziyatda davlat, jamiyat va inson uchun eng muhim vazifa hisoblanadi‖
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har doimo sergak va ogoh bo‘lishlikni uqtirish. Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: „Yoshlarimizni har qanday salbiy illatlardan va ma‘naviy tahdidlardan himoya qilishimiz, ogoh etishimiz, mustaqil dunyoqarash egasi qilib tarbiyalashimiz zarur ―
O‘qituvchi:
Biz nafaqat jismoniy tomondan ogoh va hushyor bo‘lishimiz, balkim, ma'naviy tomondan ham ogoh va hushyor bo‘lishimiz, ayniqsa, yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan ogohlikka va hushyorlikka chorlashimiz zarur. Ma'lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, otabobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta'bir joiz bo‘lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da'vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g'oyalar ham ularga o‘z ta'sirini o‘tkaza olmaydi. Yosh avlodimizni turli ma'naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug'laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma'qul odatlar haqida ham ochiq so‘z yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug'chilik va mahalliychilik, korrupsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni bumnlay xalos etish to‘g'risida o‘ylashimiz lozim. Ma'naviy hayotimizga jiddiy xavf soladigan yana bir illat haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Shaxsan o‘zim bu illatdan jirkanaman. Shu illatga chalingan odamni ko‘rarga ko‘zim yo‘q. Bu — sotqinlikdir. Men har qanday yovuzlikni sotqinlikdan ko‘raman. Ezgulik va haqiqatga sadoqati bo‘lmagan, ularga ishonmagan odam qo‘rqinchlidir. Tabiatida sotqinlik xususiyati bo‘lgan odam rahbarlik kursisiga o‘tirib qolsa bormi, u yerda osoyishtalik yo‘qoldi, deyavering. Ikkita odamning, ikkita mamlakatning o‘rtasidagi urushni ham aynan shunday odamlar boshlab beradi. Shu bois bunday odamlardan ogoh bo‘lishimiz, ularga yonimizda o‘rin bo‘lmasligi lozim. Agar tevarak- atrofimizdagi birorta kishida shunday alomatlar sezilayotgan bo‘lsa, ularni darhol tarbiyamizga olib, to‘g'ri yo‘lga boshlashimiz kerak. Shu munosabat bilan tarixda ko‘p marta o‘z tasdig'ini topgan, men ham o‘z tajribamda sinagan hayotiy bir haqiqatni yana bir bor takrorlashni zarur deb hisoblayman: agar biz ahil bo‘lsak, el-yurt manfaati yo‘lida bir tan-u bir jon bo‘lib yashasak, o‘zimizdan sotqin chiqmasa, o‘zbek xalqini hech kim hech qachon yenga olmaydi. Mashhur faylasuflardan biri ana shu hayotiy haqiqatni chuqur tahlil etib, quyidagi haqqoniy fikrlarni bayon qilgan: «Dushmanlardan qo‘rqma — nari borsa, ular seni o‘ldirishi mumkin. Do‘stlardan qo‘rqma — nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo‘rq - ular seni o‘ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo‘laveradi». Ayniqsa, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo‘nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta'sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g'oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog'lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Faqat ana shunday asosda yoshlarni o‘z fikriga ega, turli ma'naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin.
Topshiriq: ―Mustaqil fikrlashga o‘rgatish‖. Ogohlik, hushyorlik, ma‘naviy tahdid so‘zlari bo‘yicha fikrlar va g`oyalar olamiga tashrif buyurish. (Sababi, natijasi )

Yüklə 308,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin