Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Tuproq tarkibidagi ikkilamchi minerallar



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə11/13
tarix18.05.2023
ölçüsü56,12 Kb.
#116231
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Tuproqni minerologik tarkibi

2.3. Tuproq tarkibidagi ikkilamchi minerallar
Bu minerallarning barchasi nozik dispers mexanik fraksiyalarda (< 0,001 mm) to‘plangan bo‘ladi va ona jinslar hamda tuproqning muhim tarkibiy qismi va uning unumdorligini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Asosiy ikkilamchi minerallarga oddiy tuzlarning, kremniy, temir, allyuminiy va marganeslar gidrooksid, oksidlarining minerallari va gillarning minerallari kiradi(2-ilova).
1. Oddiy tuzlarning minerallari - quruq iqlimli sharoitda birlamchi minerallarning nurashi va tuproq paydo qiluvchi jarayonlar natijasida hosil bo‘ladi. Tuzlar gilli minerallar bilan aralashgan holda uchraydi. Oddiy tuzlarning minerallariga kalsit CaCO3, magnezit MgCO3, dolomit (Ca, Mg) (CO3)2, soda Na2CO3 ·10H2O, gips CaSO4 · 2H2O, mirabilit Na2SO4 · 10H2O, galit NaCl, fosfat, nitrat kabilar kiradi. Bu minerallar quruq dasht, chala cho‘llar va cho‘l zonalaridagi tuproqlarda keng tarqalgan.
2. Gidrooksid va oksidlarning minerallari - barcha tuproq iqlim zonalarida keng tarqalgan ikkilamchi minerallar bo‘lib, bularga kremniy, alyuminiy, temir va marganesning gidrooksidlari (SiO2 · nH2O, AL2O3 · nH2O, Fe2O3 · H2O, MnO2 · nH2O) va oksidlari kiradi. Bu minerallar birlamchi minerallarning nurashi natijasida yuqori dispersli amorf shakldagi gidrat gellari holida ajraladi va so‘ngra asta-sekinlik bilan suvini yo‘qotib, kristallanadi. Gidrooksid va oksidlar miqdori jins va tuproqlarda 10 foiz va undan oshiq bo‘ladi. Temirning gidratli oksidlaridan getit (Fe2O3 · H2O) va gidrogetit (Fe2O3 · 3H2O) keng tarqalgan. Jinslar va tuproqlar hamda ular ayrim genetik gorizontlarining sariq, qo‘ng‘ir va qizil tusda bo‘lishi ham ana shu minerallar bilan bog‘liq.
3. Gilli minerallar - umumiy nSiO2 · Al2O3 · nH2O tarkibli kimyoviy formulaga ega ikkilamchi alyuminosilikatlar jumlasiga kiradi. Gilli minerallarning kelib chiqishi xilma-xil. Birlamchi minerallar nurashidan hosil bo‘ladigan oddiy mahsulotlarning ikkilamchi sintezi, atom va molekulalarning almashinishi va shuningdek, o‘simlik qoldiqlarining minerallanish mahsulotlarining o‘zgarishidan gilli minerallar hosil bo‘ladi. Jinslar va tuproqning asosiy tarkibiy qismi birlamchi minerallar bilan bir qatorda ko‘plab ikkilamchi minerallardan tashkil topgan. Gilli minerallar odatda plastinkasimon yoki slyudasimon shakldagi mayda kristallardan iborat bo‘lib, o‘lchami 1-2 mikrondan oshmaydi. Barcha gilli minerallarga quyidagi umumiy xususiyatlar: qatlamli kristall tuzilishi, yuqori dispers holati va katta singdirish qobiliyati, tarkibida birikkan kimyoviy suvning bo‘lishi xarakterli. Ammo ayrim gilli minerallarning tuproq unumdorligidagi ahamiyati bir xil emas. Ko‘pincha bu gilli minerallarning aralashmasi yangi xossalarni yuzaga keltiradi. Loyli minerallar ikkilamchi minerallarning asosiy qismini tashkil etadi. Loyli minerallarning eng muhim ahamiyati ularga xos singdirish qobiliyatining yuqoriligi evaziga ular tuproqning singdirish sig‘imini belgilaydi va gumus bilan birgalikda o‘simliklar uchun mineral oziqa elementlarning asosiy manbai hisoblanadi. Ko‘proq tarqalgan gilli minerallar: montmorillonitli, kaolinitli va gidroslyudali gruppalarga ajratiladi.
A) Montmorillonitli minerallar. Bu gruppaga montmorillonit (CaMg)OAl2O3 4SiO2 · nH2O), beydellit (Ca Mg) O Al2 O3 3SiO2 nH2O va nontronit (Ca,Mg)OFe2O3 · 4SiO2 · nH2O ya‘ni montmorillonitning temirli turi kabi minerallar kiradi. Montmorillonit tarkibida 4 foizgacha MgO va boshqa turli singdirilgan kationlar saqlanadi. Mexanik tarkibi yuqori dispers (juda mayda) zarrachalardan iborat bo‘lib, 60 foizgacha kolloid o‘lchamli, 80 foizgacha <0,001 mm gard zarrachalardan tashkil topgan. Montmorillonit zarrachalarining solishtirma yuzasi juda yuqori - 1 g dagi zarrachalar yuzasi 800 m2 ni (kaolinitda 8-20 m2) tashkil etadi. Shuning uchun ham ularda singdirilgan kationlar sig‘imi yuqori (montmorillonitning 100 grammida 80-120 mg ekv) bo‘ladi. Shuningdek, montmorillonitli minerallar ko‘p miqdorda suvni shimib olganidan, kuchli (xajmiga nisbatan bir necha barobar) ko‘pchiydi.
Agar tuproqda boshqa minerallar va gumus kam bo‘lib, montmorillonit esa ko‘p bo‘lsa, tuproqning fizikaviy xossalari yomonlashadi, nam holda yuqori yopishqoqligi, quruq holatda suv va havoni kam o‘tkazishi, yuqori gidrofilligi hamda fosfat - ionlarini ko‘p miqdorda singdirish kabi xossalarga ega.
2-jadval

Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin