Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə2/13
tarix18.05.2023
ölçüsü56,12 Kb.
#116231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tuproqni minerologik tarkibi

Kurs ishining maqsadi. Tuproq paydo qiluvchi minerallarning kimyoviy tarkibini, tuzilishini o’rganish. Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar minerologik tarkibini ko’rib chiqish.
Kurs ishining vazifasi.

  1. Tuproq haqida tushuncha va uning ta’rifi

  2. Tuproq haqidagi dastlabki fikrlar

  3. Yevropa va rus olimlarining tuproqshunoslikka qo’shgan hissalari

  4. Tuproqshunoslikda tadqiqot usullari

  5. Tuproq tarkibidagi birlamchi va ikkilamchi minerallar

  6. Asosiy tuproq paydo qiluvchi ona jinslar

  7. Tuproqning bioqatlamdagi asosiy vazifalari haqida ilmiy tushuncha berishdan iborat.

Kurs ishining obekti. Tuproqning ko‘p funksiyaliligi, bu uning bir vaqtning o‘zida tabiiy jism, ko‘pchilik tirik organizmlarning yashash joyi, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning asosiy vositasi ekanligidir. Tuproqning ko‘pkomponentligi uning tarkibiga kiruvchi organik va neorganik moddalarning juda katta xilmaxilligi bilan belgilanadi.
Kurs ishining predmeti. Tuproq ochiq sistema xisoblanadi, chunki uni o‘rab turgan atrof muhit bilan moddalar va energiya doimiy ravishda almashinib turadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, 2 ta bob, 6 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.


I BOB. TUPROQ HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING TA’RIFI

    1. O’rta asr sharq olimlarining tuproq haqidagi fikrlari

Inson tabiat bilan uzviy aloqadorlikdadir. U tabiat bilan, shu jumladan tuproq bilan aloqa va munosabatda bo‘lmasdan turib, yashay olmaydi. Inson hayotini tabiatdan, tabiiy boyliklardan, shu jumladan yerdan ayricha holda tasavvur etish mumkin emas. Yer jamiki boyliklarning, noz-ne‘matning manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham odamzod uni benihoya ulug‘lab, e‘zozlab, ona-zamin deb ta‘riflaydi. Tabiatni e‘zozlash, ona-zaminimizning har bir hovuch tuprog‘inimuqaddas bilib, ko‘zga surtish zarur va muhimligi haqidagi sharqona, o‘zbekona ta‘limtarbiya hozirgi davrda, ayniqsa, dolzarb, o‘ta ahamiyatlidir. Jahon tarixining ko‘rsatishicha, aziz avliyolar,olimu fuzalolar, kitoblar dunyoning har bir mamlakatida emas, balki Alloh taolo nazari tushgan yurtda, tuproqdagina paydo bo‘ladi.
Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Maxmud Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Nakshband, Abduxoliq Fijduvoniy, Najmiddin Kubro, Xo‘ja Ahrori Valiy, Burxoniddin Marg‘iloniy, Abu Nasr Farobiy, Muso Xorazmiy, Ahmad al- Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur Mirzo kabi ne- ne avliyo, alloma-yu fozillar, davlat va siyosat arboblarining Turon zaminda tavallud topib, shu muqaddas tuproqda unib-o‘sib olam uzra dovruq taratgan.
Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hududda, ya‘ni bizning vatanimizda, yana ham aniqrog‘i, go‘zal diyorimizning ajralmas bir qismi, ilm-fan, madaniyat va ma‘naviyatning qadimiy beshiklaridan hisoblangan Xorazmda «Avesto» dek mo‘tabar kitob yaratilgan. O‘zbekistonning qadimgi tarixini o‘rganishda «Avesto» kitobi katta ahamiyatga ega. Unda tuproq, dehqonchilik va chorvachilik haqida qimmatli fikrlar bayon etilgan.
Bizningcha, deb yozadi T.Mirzayev va Z.Fofurovlar «Tabiatni e‘zozlash umumbashariy muammo» (Toshkent, 2001 yil, «Yangi asr avlodi » nashryoti ) nomli kitobida, Yer- Ona zamin, barcha diniy va dunyoviy ta‘limotlarda bo‘lganidek, «Avesto» da ham ulug‘langan. Mazkur kitobning Ona-zamin madh etilmagan bironta ham fargardi, bo‘limi yoki bandi yo‘q, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qadimiy sharqda, Turonzaminda «Avesto» g‘oyalari ta‘sirida zaminni muqaddas bilish, tabiatni e‘zozlash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikkabi xislatlarni madh etuvchi dostonlar,ertaklar, asotirlar, naqllar, rivoyatlar, afsonalar,qayroqi so‘zlar, aforizmlar bor.
Mislsiz boylik hisoblangan yerni e‘zozlaganning, yerni to‘ydirganning umri nurafshon, rizqi mo‘l, ikki dunyosi obod bo‘lishi xaqidagi qanchadan- qancha xalq maqollari, ertaklar, dostonlar va qo‘shiqlar «Avesto» ta‘limoti asosida Sharqda ko‘plab dunyoga kelgan. Xulosa qilib aytganda, qadimgi ajdodlarimiz yaratgan «Avesto» tabiatni e‘zozlash, uning jamiiki boyliklaridan, shu jumladan yerdan oqilona foydalanish, uning nes-nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan me‘ros qoldirdi. «Avesto» ta‘limoti hozirgi davr va kelgusi avlodlar uchun ham muhim yo‘l-yo‘riq, dasturilamaldir. O‘zbekistonda dehqonchilik bilan qadim zamondan buyon shug‘ullanib kelinmoqda. Shuning uchun tuproqshunoslik –dehqonchilik tarixini o‘rganish ilmiy va amaliy jihatdan juda katta ahamiyatga ega.
Qishloq xo‘jaligi oldida turgan ko‘pgina bugungi masalalar qadimgi dehqonlarda ham bo‘lgan. Qadimgi davrlarda tuproqqa ishlov berish, sug‘orish, o‘g‘itlash, meliorasiyalash tadbirlari katta moddiy harajatlarni talab qilmaydigan va oddiy usullar bilan o‘tkazilgan. O‘rta asr (IX-X asr) Sharqning qomusiy olimlari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy asarlarida, Temur tuziqlari va boshqa P.A. Kostichev M. Bahodirov manbalarda tuproqning hosil bo‘lishi, rivojlanishi, tarkibi ayrim xossalari va xususiyatlari, hatto ularning tasnifi to‘g‘risida ko‘plab ilg‘or fikrlar aytilgan.
Aburayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048) kitoblarida O‘rta Osiyo territoriyasida asosiy tuproq paydo qiluvchi jinslarning kelib chiqishi va xossalari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Uning minerallar fizik xossalarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlari buyuk ixtiro xisoblanadi. Bu haqda u «Javohirlarni o‘rganishga oid ma‘lumotlar to‘plami» kitobida yozib qoldirgan. Beruniyning ilmiy to‘plami tuproqlar va ona jinslar mineral qismining fizik xossalarini o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi ish xisoblanadi. Beruniyning litosferada foydali qazilmalarning paydo bo‘lishi haqidagi ilmiy fikrlari, tog‘ jinslarining nurashi va tuproq, ona jinslar nurash maxsulotlari ekanligi haqidagi xulosalari X asrning buyuk ilmiy kashfiyotidir. Uning «Hindiston» asarida yerning tortish kuchi haqida bayon etgan fikrlarining to‘g‘ri ekanligi hozirgi zamonda o‘z isbotini topgan. Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino o‘zining 30 dan ortiq asarlarini tabiiy fanlarga bag‘ishlagan. Ibn Sinoning «Kitob-ash-shifo» (Tib qonunlari) asarida bayon etilgan tog‘ jinslari va yer yuzasida kechadigan nurash jarayonlari to‘g‘risidagi qarashlari tuproqshunoslikda katta ahamiyatga ega. Uning ko‘rsatishicha, «yer yuzasi suv va shamol ta‘sirida yemiriladi va bu jarayon joyning rel‘yefiga bog‘liq. Yer jinslari qattiq va yumshoq zarrachalardan iborat. Suv yumshoq jinslarni yuvadi va yoki shamol ularni yalab, uchirib ketadi» deb ko‘rsatadi.
Olimning bu fikrlari tuproqeroziyasiga doir masalalarni o‘rganishda hozirgacha o‘z mohiyatini yo‘qotmagan. Shuningdek Abu Ali ibn Sinoning tuproqning mexanik tarkibi va fizik xossalari haqida bildirgan fikrlari ham qimmatlidir. U quyidagicha yozadi: «Yerdan boshqa sovuqroq va quruqroq hyech narsa yo‘q. Yerning o‘zi iliq emas. O‘zidan o‘ziga meros bo‘lgan, tabiatan u sovuq, aks holda zich va og‘ir bo‘lmas edi». So‘ngra Ibn Sino yer po‘sti va tuproqning tuzilishi haqida gapirib: «Yer sharining o‘rtasida yerning oddiy tabiatga to‘liq mos keladigan, toza yer bo‘lishi kerak. Uning ustida yer suv bilan aralashgan xolda loy bo‘lishi kerak.
Uning ustida yoki suv yoki yer (tuproq) ko‘proq». Yaqin kunlargacha «Tuproqshunoslik» fanining asoschisi 19-asrning ikkinchi yarmida yashab o‘tgan tuproq haqidagi birinchi ilmiy ta‘rif V.V.Dokuchayev tomonidan berilgan deb uqtirilgan. Vaholanki, Abu Ali ibn Sino jahon olimlari orasida birinchilardan bo‘lib «Donishnoma» («Donishe-name», Dushanbe, 1976) asarida tuproqni ilmiy jihatdan juda teran va zukko ta‘riflagan: «Tuproq – butun tirik mavjudotning hayot-mamot negizidir». Ushbu fikrlardan ma‘lumki, Abu Ali ibn Sino tuproqni litosferaning boshqa qatlamlaridan ajratgan. Ibn Sino «Donishnoma»da mineral substansiyalar (butun borliqning birlamchi asosi) qavatiga ilmiy tushuncha beradi. Bundan tashqari Ibn Sinoning ishlarida tuproq gurunt qatlamida tuproq-suvining harakatlanishi haqidagi termodinamik qonunining elementlari mavjud.
Tuproq va undagi jarayonlarni bilishda Maxmud Qoshg‘ariy katta xissa qo‘shgan. U Abu Rayhon Beruniydan taxminin 40-50 yil keyin yashagan va o‘z tadqiqotlarini o‘tkazgan va Beruniyning ishlaridan xabardor bo‘lgan. Shuning uchun uni Beruniyning shogirdi deb hisoblash mumkin. Maxmud Qoshg‘ariy o‘zining 1074-1077 yillarda yozilgan «Devon» to‘plamida ekspedisiyasi davridagi kuzatishlari asosida turli tuproqlarga tavsif beradi.
Ushbu to‘plamda qora tuproq, o‘simliklarsiz, sho‘rlangan yerlarni –chalang yer; unumdor, yaxshi yerlarni –sag‘izli yer; toza tuproq, sog‘lom tuproqni-sag‘izli tuproq; o‘simliklar kam, unumsiz, kam hosilli yerlarni –toza yer; yumshoq yerli tuproqni, tekis yerni, qumli yerni –qayir yer; yuzasi notekis yer, botqoqlangan yerlarni –qazg‘on yer deb tavsif beradi. Buyuk Amir Temur dehqonchilikning rivojlanishiga katta ahamiyat beradi. O‘zining «Temur tuzuklari» to‘plamining bir qismini qishloq xo‘jaligini boshqarishga bag‘ishlagan. Jumladan u kim yerni o‘zlashtirsa, ikkinchi yilda soliq olishni, ya‘ni birinchi yili undan soliq olinmasin, ikkinchi yili o‘zining xoxishiga qarab soliq to‘lasin, uchinchi yili esa umumiy qoidaga asosan soliq to‘lasin deb yozadi.
Shuningdek Temuriylar davrida dehqonchilikka oid to‘plamlar yozilgan. Chunonchi «Irshad azziratfi ilm al xarasa» (joylardagi dehqonchilik ekinlari uchun ilmiy ko‘llanma) nomli asarning yozilishi Temuriylar davrida boshlangan va doimiy urushlar tufayli Shayboniylar davrida (1599) tugallangan. Ushbu to‘plamda to‘qqiz tipdagi tuproqlar haqida ma‘lumot keltirilgan. Bunda tuproqlar tarkibidagi qum miqdoriga ko‘ra ikki turga, ya‘ni ustki qatlamida qumni ko‘p saqlaydigan va ustki qatlamida qumni kam saqlaydigan turlarga ajratilgan va shunga ko‘ra tuproqqa ishlov berish, sug‘orish usullari vahosil miqdori ko‘rsatilgan.
Ushbu to‘plamda jigarrang (zardxak), qizil (surxxak) tuproqlar haqida, shuningdek toshloq tuproqlarhaqida ma‘lumotlar mavjud, ya‘ni tuproqlar tavsifi va ularga ishlov berish haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Ushbu to‘plamda tuproqni o‘g‘itlashga ham katta ahamiyat berilgan. O‘sha davrlarda tuproqqa o‘g‘it sifatida eski paxsadan yasalgan imoratlar qoldig‘i, ariqlarda to‘planadigan loyqalardan foydalanish keng tarqalgan edi. XVI asrlarda tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligining oshirilishiga ko‘p e‘tibor berila boshlandi.
Bundan tashqari o‘sha davrda tuproqni meliorasiyalash ham ancha rivojlana boshlandi. Buxoro vohasi dehqonlari sho‘rlangan tuproqlarni yuvish va botqoqliklarni quritishga katta e‘tibor qaratdi. O‘sha davrda Romiton, Peshku, Qorako‘l tumanlarida kovlangan zovurlar hozirgi kungacha ishlatilib kelinmoqda. Shuningdek dehqonlar tuproqni tuzlardan tozalashda jo‘xori va boshqa tuzga chidamli ekinlardan foydalangan. O‘sha davrda uch dalali almashlab ekish eng ko‘p tarqalgan dehqonchilik sistemasi hisoblanardi. Ushbu sistemaga ko‘ra dalalar uch qismgabo‘linar edi. Shundan ikki qismiga ekin ekilar, bir qismi esa qora shudgorga ajratilar edi. Shu usulda yerga dam berilgan. Bundan tashkari o‘sha davrlarda yo‘ng‘ichqa ekilganda tuproq sifatining yaxshilanishi ma‘lum bo‘lgan.
Tuproqning ko‘pkomponentligi uning tarkibiga kiruvchi organik va neorganik moddalarning juda katta xilmaxilligi bilan belgilanadi. Ushbu moddalar turli fizikaviy fazalar (ko‘p fazaliligi): qattiq (mineral va organik zarrachalar), suyuq (tuproq eritmasi), gazsimon (tuproq havosi) va maxsus ajratiladigan tirik faza (organizmlar, edafon) tarzida ifodalangan. Tuproq ochiq sistema xisoblanadi, chunki uni o‘rab turgan atrof muhit bilan moddalar va energiya doimiy ravishda almashinib turadi. Tuproq yer sharining mustaqil, murakkab biokos qobig‘ini tashkil etib, qit‘alar quruqlik qismini qoplab turadi.




    1. Yüklə 56,12 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin