Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Yevropa va rus olimlarining tuproqshunoslikka qo’shgan hissalari



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə3/13
tarix18.05.2023
ölçüsü56,12 Kb.
#116231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tuproqni minerologik tarkibi

Yevropa va rus olimlarining tuproqshunoslikka qo’shgan hissalari

Tuproqshunoslik ilmiy fan sifatida faqat XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagina rivojlana boshladi. Bu davrda Yevropada feodalizmning kapitalizm bilan almashinishi tufayli shahar aholisi ko‘payib, sanoat ham taraqqiy eta boshlagan edi. Natijada aholi uchun oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ishlab chiqarishni ko‘paytirish zaruriyati tug‘ildi. Shuning uchun ham tuproq unumdorligini yaxshilash, ekinlar hosildorligini ko‘paytirish masalalari ko‘plab olimlar va qishloq xo‘jalik amaliyotchilarini qiziqtira boshladi. Ammo bunga qadar ham olimlar o‘simliklarning oziqlanish manbalarini o‘rganishga e‘tibor berganlar.
1563 yilda fransuz tabiatshunosi Bernar Palissning "Qishloq xo‘jaligida turli tuzlar to‘g‘risida" traktatasida tuproq o‘simliklarni mineral oziq moddalar bilan ta‘minlovchi asosiy manba ekanligi haqida fikrlar bayon etilgan. X1X asr boshlarida esa nemis olimi Albert Teyer o‘simliklarning "gumus bilan oziqlanishi" fikrini olg‘a suradi. Bu nazariyaga ko‘ra, tuproq unumdorligini belgilaydigan asosiy omil - tuproq chirindisi xisoblanadi. Nemis olimi Yustus Libix gumus nazariyasiga keskin qarshi chiqib, o‘zining o‘simliklarni mineral moddalar bilan oziqlanish nazariyasini olg‘a surdi. O‘simlik chirindi emas, balki mineral moddalar bilan oziqlanadi, gumus esa karbonat angidridining manbai hisoblanadi, deb ta‘kidlaydi. Rus tuproqshunoslarining katta xizmatlari natijasida yuzaga kelgan ilmiy tuproqshunoslik fani nafaqat G‘arbiy Yevropa, balki jahonning boshqa barcha mamlakatlarida ham uning rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. 1725 yilda barpo etilgan fanlar Akademiyasida Rossiyaning tabiiy boyliklari, jumladan, tuproqlarni o‘rganish bo‘yicha ko‘plab ekspedisiyalar tashkil etildi.
Bunda ulug‘ rus olimi M.V.Lomonosov (1711-1765) ning xizmatlari nihoyatda katta bo‘ldi. Lomonosovning 1763 yilda bosilib chiqqan, "Yer qatlamlari haqida"gi klassik asari tuproqshunoslik fanining shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Tuproq haqidagi ilmiy fan asoschisi - buyuk rus olimi V.V.Dokuchayev (1846-1903) hisoblanadi. Amerikalik mashhur tuproqshunos K.F.Marbut (1936), V.V.Dokuchayevning tuproqshunoslik tarixidagi rolini alohida ta‘kidlab, uni K.Linneyning biologiya va I.Laselning geologiya tarixiga qo‘shgan hissasiga tenglashtirgan edi. V.V.Dokuchayev tuproqshunoslikning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqdi va tuproq hakidagi ilmiy tushunchani tavsiya etdi. Dokuchayev ta‘limotiga ko‘ra tuproqlar hozir butun yer yuzi iqlimining o‘zgarishiga qarab, birbiridan farqlanadigan tekislik zonalariga ajratilgan. Olim butun yer yuzini qutb, shimoliy o‘rmon, dasht, cho‘l va subtropik zonalardan iborat beshta tabiiy zonaga ajratib, bu zonalarning hammasini batafsil ta‘riflab beradi.
Dokuchayev har bir tuproqning hosil bo‘lishi tabiiy zonalardagi iqlimga, o‘simliklar va hayvonot olamiga, tuproq paydo qiluvchi jinslarga, joyning relyefi va yoshiga bog‘liq ekanligini isbotladi. Ana shunga ko‘ra cho‘l zonasida (O‘rta Osiyoning asosiy qismi shu zonaga kiradi) sariq va oqish (hozirgi bo‘z) tuproqlar rivojlanadi deb ko‘rsatdi. Keyinchalik Kavkaz tog‘lari tuproqlarini o‘rganish jarayonlarida tuproqlarning vertikal zonallik bo‘yicha tarqalish qonunini bayon etdi. O‘zining yirik kashfiyotlari bilan jahon fani tarixida yorqin iz qoldirgan genial rus kimyogari D.I.Mendeleyev (1854-1907) ning tuproqshunoslik sohasidagi ishlari ham diqqatga sazovor.
U Dokuchayevga rus qora tuproqlarini tekshirishga yaqindan yordam berdi. O‘z laboratoriyasida ko‘plab tuproq analizlarini o‘tkazdi. Ilmiy tuproqshunoslikning rivojlanishida ulug‘ rus olimi, prof.P.A.Kostichevning (1845-1895) tadqiqotlari ham katta rol o‘ynaydi. P.A.Kostichev qator yillar davomida turli tuproqlarni tabiatda va laboratoriya sharoitida tekshirib, tuproqning paydo bo‘lishi birinchi navbatda biologik jarayon ekanligini ta‘kidladi. Tuproqshunoslik fanining rivojlanishi, tuproqlarning turli xossa va tarkibini o‘rganishga qator olimlar o‘z hissasini qo‘shdilar. Jumladan, N.M.Sibirsev, K.D.Glinka, S.S.Kossovich, S.S.Neustruyev, V.R.Vilyams, K.K.Gedroys, L.I.Prasolov va boshqa olimlarning ilmiy tuproqshunoslikni rivojlantirishdagi roli beqiyosdir.

Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin