Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


-jadval. Magmatik tog` jinslari sinflari



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə8/13
tarix18.05.2023
ölçüsü56,12 Kb.
#116231
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Tuproqni minerologik tarkibi

1-jadval. Magmatik tog` jinslari sinflari

Jins tarkibi

Jinsning nomi

SiO2, % ning ulushi

minerallar

chuqurlikdagi

quyma

nordon SiO2, 75 65%

kvars, dala shpatlari, slyuda

Granit

Kvarsli, porfir

o`rtacha SiO2, 65-52%

dala shpatlari, rogovaya obmanka, biotit

siyenit, diorit

ortoklazli porfir, andezit

asosiy SiO2, 52-40%

labrador, avgit, olivin

gabbro

diabaz, bazalt

ultraasosiy SiO2, 40% dan kam

olivin, avgit, kon minerallari

peridotit, dunit




Cho‘kindi tog‘ jinslari nurash tufayli sodir bo‘lgan zarra va zarrachalarning suv va shamol ta‘sirida yer yuzasining quruqlik qismida hamda dengiz, ko‘llar, daryolarda to‘planishidan, o‘simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan hosil bo‘ladi. Cho‘kindi tog‘ jinslarining ko‘p qismi o‘zining kovakli, g‘ovakli va qatlamli bo‘lishi singari xususiyatlari bilan boshqa xildagi tog‘ jinslaridan farq qiladi. Vujudga kelishi jihatidan cho‘kindi tog‘ jinslari uch sinfga, ya‘ni mexanikaviy, kimyoviy va organik sinf (cho‘kindi)ga bo‘linadi.


Mexanikaviy cho‘kindi tog‘ jinslar magmatik yoki metamorfik tog‘ jinslari nurashi natijasida paydo bo‘lgan har xil katta-kichik zarra va parchalar yig‘indisidan iborat. Bu cho‘kindi jinslar zarralarining katta-kichikligiga ko‘ra: loyqali, to‘zonli, qumli, va yirik zarrali gruppalarga bo‘linadi.
Kimyoviy cho‘kindi tog‘ jinslari kontinental iqlimli zonaga xos sharoitda, shuningdek ko‘l va dengiz suvida erigan turli tarkibdagi birikmalarning oksid yoki tuz holida cho‘kishi natijasida paydo bo‘ladi. Kimyoviy cho‘kindilar tarkibiga ko‘ra kremniyli, karbonatli, temirli va tuzli gruppalarga bo‘linadi. Amorf holdagi kremnezemdan iborat bo‘lgan kremniyli tuf (g‘ovak va zich qovushmali tog‘ jinsi bo‘lib, qurilish materiali sifatida ishlatiladi) va kremnezem bilan loyqa aralashmasidan iborat bo‘lgan opoka, ohakli tuflarning hamma turlari va temirli tuflar hamda ko‘l va botqoqliklar tagida to‘plangan marganes, temir oksidlari kimyoviy cho‘kindilar hisoblanadi. Tabiatda tuz holidagi kimyoviy cho‘kindilardan galit (NaCl), silvin (KCl), gips (CaSO4·2H2O) va karnallit (MgCl2 KCl.6H2O) tuzlar ko‘proq tarqalgan.
Organik cho‘kindi tog‘ jinslari yoki biolitlar o‘simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan paydo bo‘lib, ulardan ohaktosh (CaCO3) va dolomit (CaCO3, MgCO3) tabiatda juda ko‘p tarqalgandir. Suv o‘tlari qoldig‘idan paydo bo‘lgan trepel va diatomit singari organik cho‘kindilar ohaktoshlarga nisbatan ancha kamroq uchraydi. Kimyoviy va organik tog‘ jinslaridan tuproq ona jinsi paydo bo‘lishida karbonatli (ohaktosh, dolomitli) jinslar katta ahamiyatga ega.
Metamorfik tog’ jinslari. Bu gruppadagi tog‘ jinslari yer qobig‘ining quyi qismida magmatik va cho‘kindi tog‘ jinslarining murakkab geologik o‘zgarishlari natijasida paydo bo‘ladi. Metamorfik tog‘ jinslari mineralogik tarkibiga ko‘ra gneys, slanes, marmar va kvarsit gruppalariga bo‘linadi. Yer yuzining muayyan qismida (quruqlik va dengiz tagida) uchraydigan dastlabki (eng qadimgi) tog‘ jinslari yer geologik tarixining to‘rtlamchi davridan ilgari vujudga kelgan, ular asosan zich va qattiq holdagi qatlamlardir. To‘rtlamchi yoki hozirgi geologik davrda paydo bo‘lgan tog‘ jinslarining ko‘pchiligi esa g‘ovak holda (valun, shag‘al, qum, chang, loyqa va boshqalar), yer yuzi quruqlik qismining tekisliklarida ko‘p uchraydi.
Hozirgi vaqtda magmatik va metamorfik jinslari yer yuzasi quruqlik qismiga juda kam chiqib turgan bo‘lib, ular qalin qavatli cho‘kindi jinslar bilan qoplangan. Turli tuproqlar Kaynazoy erasining oxirgi - to‘rtlamchi davr g‘ovak cho‘kindi jinslarida shakllangan. To‘rtlamchi davrga xos jinslar esa o‘zining g‘ovakligini yo‘qotib zich jinslarga aylangan. To‘rtlamchi davr cho‘kindi jinslari tub (magmatik va metamorfik) jinslarning nurashi va ular mahsulotlarining suv, shamol va muzliklar ta‘sirida qayta yotqizilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jinslarning paydo bo‘lishi hozir ham davom etib kelmoqda.
Cho‘kindi jinslar tub jinslardan farqlanib tuproq paydo bo‘lishi uchun qator qulay sharoitlarga, jumladan, g‘ovak qovushmasi, g‘ovakligi, suv o‘tkazuvchanligiga, nam saqlab turishi va singdirish qobiliyatining yuqori bo‘lishi kabi xususiyatlarga ega. Tuproqning paydo bo‘lishi tog‘ jinslarining nurashi va nurash mahsulotlarining olib ketilishi va qayta yotqizilishi bilan bog‘liq. Aytilganidek, to‘rtlamchi davr g‘ovak cho‘kindi jinslari asosiy tuproq paydo qiluvchi jinslar hisoblanadi. Ana shu jinslarda deyarli barcha hozirgi zamon tuproqlari shakllangan.
Kelib chiqishi (genezis)ga va hosil bo‘lish sharoitlariga ko‘ra to‘rtlamchi davr cho‘kindilari turli tarkib, tuzilish, g‘ovakligi va har xil xossalari bilan xarakterlanadi. Bu o‘z navbatida tuproq paydo bo‘lish jarayonlarida va hosil bo‘ladigan tuproqlar unumdorligida aks etgan bo‘ladi. Barcha tuproq paydo qiluvchi yoki ona jinslar kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi gruppalarga: elyuvial, delyuvial, elyuvial-delyuvial, kollyuvial, delyuvial -kollyuvial, soliflyuksion, delyuvial-soliflyukasion, allyuvial, ko‘l-allyuvial, prolyuvial, allyuvial-prolyuvial, muz yotqiziqlari, flyuvioglyasial, dengiz, eol, agro-irrigasiya yotqiziqlari va lyoss jinslariga bo‘linadi. Bu jinslar o‘zining tashqi ko‘rinishi, belgilari, tuzilishi va shuningdek kimyoviy mineralogik va mexanik tarkibi bilan farqlanadi.
Elyuvial jinslar va elyuviy – tub jinslar nurash maxsulotlarining nurash qobig‘ida, o‘z joyida qolib to‘planishidan hosil bo‘ladi. Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb, nurash mahsulotlarining yomg‘ir va erigan qor suvlari ta‘sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog‘ yonbag‘irlariga keltirib, to‘planishidan hosil bo‘ladigan yotqiziqlarga aytiladi.
llyuvial yotqiziqlar yoki allyuviy –doimiy oqar suvlar-daryolar faoliyati bilan bog‘liq yotqiziqlardir. Toshqinlar natijasida daryo sohillari va daryo bo‘ylarida ko‘p to‘planadi. Allyuvial yotqiziqlar qatlamli ekanligi va yaxshi saralanganligi bilan xarakterli. Allyuvial yotqiziqlar uchun mineral donachalarning yaxshi yumaloqlanganligi xarakterli. Ular qadimgi va hozirgi zamon allyuvial jinslarga ajratiladi. Allyuvial yotqiziqlar Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo, Chirchiq, Oxangoron, Murg‘ob, Tajan daryolari vodiylarida, sohil va deltalarida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pgina gidromorf tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi. Prolyuvial yotqiziqlar yoki prolyuviy – tog‘li o‘lkalarda bahorda erigan qor suvlari va vaqtincha kuchli jala yog‘in suvlari-sel oqimlari natijasida hosil bo‘ladi. Prolyuviy tog‘ yonbag‘irlari va tog‘oldi yoyilma konuslarida keng tarqalgan. Prolyuviy yaxshi saralanmagan yirik parchali aralash jinslardan iborat. Prolyuviy O‘rta Osiyoning tog‘ vodiylarida (Farg‘ona, Zarafshon) va shuningdek, tog‘ oldi baland tekisliklarda keng tarqalgan.
Muzlik yotqiziqlari yoki morenalar – muzliklar keltirib aralash holda yotqizilgan gil, qum, qirrali va silliqlangan shag‘al toshlardan iborat jinslardir. Flyuvioglyasial yoki muzlik suvlari yotqiziqlari – muz suvlarning kuchli oqimi bilan bog‘liq. Bu oqimlar o‘z yo‘lida uchragan morenalar va boshqa xil yotqiziqlar (jumladan, tub jinslar)ni yuvib ketib yotqizgan bo‘ladi. Muzliklar atrofida asosan yumaloqlangan yirik shag‘al va yirik qum, qumloqlar to‘planadi.
Dengiz yotqiziqlari. Bu jinslar qadimgi dengiz o‘rnida va to‘rtlamchi davrda dengiz transgressiyasi va regressiyasi natijasida hosil bo‘lgan yotqiziqlardan iborat. Dengiz yotqiziqlari odatda qatlamli bo‘lishi, yaxshi saralanganligi va tuzlarni ko‘p saqlashi bilan xarakterlanadi. Eol yotqiziqlari – shamolning turli tog‘ jinslari zarrachalarini uchirib olib ketishi va yotqizishi natijasida hosil bo‘ladi. Shamol faoliyati, ayniqsa quruq iqlimli cho‘l zonasida kuchli bo‘lib qum barxanlari, qum tepachalari, gryada qumlari va mo‘tadil iqlimli dengiz qirg‘oqlari hamda daryo vodiylarida o‘ziga xos qum tepalari –dyunalar shaklidagi relyeflar yuzaga keladi. Lyoss va lyossimon yotqiziqlar. Bularga lyoss va lyossimon qumoqlar kabi o‘ziga xos qator belgilari bilan ajralib turadigan to‘rtlamchi darv yotqiziqlari kiradi. Bu jinslar MDH-Yevropa qismining janubiy va janubi-sharqiy rayonlarida shimoliy Kavkaz va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Lyoss va lyossli jinslarda tabiiy unumdorligi yuqori bo‘lgan bo‘z tuproqlar, qora, kashtan tuproqlar hosil bo‘ladi. O‘rta Osiyodagi to‘rtlamchi davr jinslari orasida agroirrigasiya yotqiziqlari alohida o‘rin tutadi. Bu jinslarning hosil bo‘lishi sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitda insonlar faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Qadimdan sug‘orilib kelinayotgan (Zarafshon va Farg‘ona vodiysi, Xorazm, Murg‘ob va Tajan) vohalarida sug‘orish suvidagi loyqalarningerga o‘tirishidan, go‘ng, paxsa devorlari kabilar solingan maydonlarda 2-3 metrgacha qalinlikdagi yotqiziqlar hosil bo‘lgan va ularda o‘ziga xos voha tuproqlari shakllangan.

Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin