Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Tuproq va ona jinslarning minerologik tarkibi



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə9/13
tarix18.05.2023
ölçüsü56,12 Kb.
#116231
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Tuproqni minerologik tarkibi

Tuproq va ona jinslarning minerologik tarkibi.
Zich magmatik tog‘ jinslari va maydalangan (g‘ovak) jinslar mineralogik tarkibi bir-biridan farq kiladi. Masalan, magmatik jinslar tarkibida ko‘p tarqalgan birlamchi minerallar - dala shpatlari - 59,5 %., kvars - 12,0 %, amfibollar (shoh aldoqchisi) va piroksenlar - 16,8 %, slyudalar - 3,8 %, boshqa minerallar - 7,9 % ni tashkil etadi. Magmatik jinslarning nurashi, g‘ovak jinslarga aylanishi va boshqa joylarga ko‘chirilib yotqizilishi natijasida ularning tarkibi bir muncha o‘zgaradi. Shuning uchun g‘ovak jinslar tarkibida kvars - 40-60 %, dala shpatlari - 20 %, natriyli - kalsiyli dala shpatlari yoki plagioklazlar kamroq uchraydi, amfibollar, piroksenlar va ko‘pgina boshqa slyudalar esa, juda oson nurashi sababli g‘ovak jinslar va tuproqlarda juda kam miqdorda uchraydi.
Tuproq paydo qiluvchi jinslar va tuproq tarkibida juda ko‘p xildagi minerallar uchraydi. Ularning umumiy soni yuzlab sanaladi. Har bir mineral ma‘lum kimyoviy tarkibga va uning uchun xarakterli bo‘lgan ichki tuzilishga ega, ya‘ni kristal panjaralaridagi atomlari ma‘lum tartibda joylashgan. Kelib chiqishiga ko‘ra bu minerallar: birlamchi va ikkilamchi gruppalarga bo‘linadi.
Birlamchi minerallar asosan yirik zarracha (>0,001 mm) larda to‘plangan bo‘ladi. Birlamchi minerallar magmatik tog‘ jinslarining nurashi va yemirilishi natijasida hosil bo‘lib tuproqqa meros bo‘lib o‘tadi. Birlamchi minerallar tuproqda yirik qum va shag‘al zarrachalari sifatida uchraydi. Bu minerallar panjarasi juda ham turg‘un bo‘lib kristallangan suvni kam qabul qilib, deyarli namlanmaydi, fizika-kimyoviy yutish qobiliyati sust bo‘lib, bo‘kish qobiliyatiga ega emasdirlar. Birlamchi minerallar tuproq hosil bo‘lish jarayonida, ya’ni tirik organizm, iqlim sharoitlari va suv eritmalari ta’sirida ma’lum darajada o‘zgaradi.. Tuproq tarkibidagi minerallar silikat va alyumosilikatlar guruhiga kiradigan birikmalardan iborat bo‘lib, kristallografik tuzilishi, mustahkamligi, turg‘unligi bilan bir-biridan farq qiladi. Tuproq tarkibida turg‘un, hali yemirilmagan minerallar miqdori ko‘p bo‘lsa, bu tuproqlar ancha yosh hisoblanadi.
Tuproq hosil bo‘lish jarayonida birlamchi minerallar suvda erib, o‘simlikka kerak bo‘lgan oziqa moddalari fosfor, kaliy, oltingugurt, kalsiy, magniy va mikroelementlar bilan ta’minlaydiajralib turadi. Kristallik va amorf holatda bo‘lib, ularni yemirish uchun katta energiya talab qilinadi. Birlamchi minerallar tuproqning yirik zarrachalari, ya’ni > 0,001 mm dan katta bo‘lgan chang, qum, shag‘allarda to‘plangan bo‘lib, loyli ikkilamchi minerallar esa < 0,001 mm dan kichik bo‘lgan loyda dispers zarrachalarda to‘planadi. Birlamchi minerallar tuproqning qum zarrachalarida 9098 %, changlarda 50-80 %, loy qismida esa 10-12 % uchraydi. Birlamchi minerallar kristallografik tuzilishi va kristallokimyoviy tarkibiga binoan yemirilishga bardoshligi va turg‘unligi bilan ajralib turadi. Eng bardosh minerallarga kvars, anataz, granat, ilmenit, magnetit, monatsit, muskovit, rutil, stavrolit, sfen, turmalin, shpinel, sirkon kiritilgan.
O‘rtacha tezlik bilan yemiriladigan minerallar qatoriga olivin, rombik piroksen, plagioklazlar kiradi. Dala shpati, slyuda, karbonatlar esa tez yemiriladigan minerallar hisoblanadi. Tuproq ona jinslari va tuproqda ko‘pincha mexanik jihatdan mustahkam va kimyoviy nurashga chidamli bo‘lgan kvars SiO2 uchraydi(1-ilova). Uning miqdori 40- 60 foiz va undan oshiq bo‘ladi. Kvars (SiO2) – ko‘pchilik magmatik jinslar, cho‘qindi yotqiziqlar va tuproqda eng ko‘p tarqalgan minerallardan biridir.
Tuproqda kvarsli minerallarning ko‘pchilikni tashkil etishi unumdorlikning pasayishini bildiradi. Kvarsdan tashqari rutil TiO2 , magnetit Fe3O4, gematit Fe2O3 singari oksidlar ham uchraydi. Silikatli minerallar avgit (Ca Mg, Fe, Al) [Si, Al] O6], piroksen gruppasiga mansub rogovaya obmanka (amfibollar gruppasidan)
Ca2 Na (Mg Fe2+)4 (Al, Fe3+) (Si, Al)4 O11; olivin (MgFe)2 SiO4, singarilardan iborat. Silikatlar nisbatan yengil parchalanadi, tuproq va jinslarda uning umumiy miqdori 5 - 10 dan 20 foiz atrofida o‘zgarib turadi. Alyumosilikatlar keng tarqalgan va nisbatan nurashga chidamli minerallarning katta guruhi. Ular asosan dala shpatlari va slyudalardan iborat.
Dala shpatlaridan ko‘proq ortoklaz va mikroklin (KNa)2Al2 Si6 O16 uchrab, donalari qizil, och qizil bo‘lib o‘tkir burchakli shakllarni tashkil qiladi. Bu minerallar fizikaviy nurashga ancha chidamli, lekin kvarsga nisbatan kimyoviy parchalanishga kamroq chidamli. Umumiy miqdori 20 foiz va undan oshiq. Kamroq miqdorda plagioklazlar (albit va anortitning izomorf qorishmalari) uchraydi. Plagioklazlar nurashga ancha chidamsiz bo‘lganidan jinslar va tuproqlarda nordon dala shpatlariga nisbatan ancha kam (1-3 foiz) tarqalgan.
Dala shpatlari tuproqning yirik zarrachalari tarkibida 10-15 % to‘planib, yemirilishi jarayonida gidroslyudalar, loy minerallari, alyuminiy va kremniy gidrooksidlari, silikatlar va karbonatli ishqoriy elementlar va ishqoriy tuproqlarni hosil qilishi mumkin.
Slyudalardan ko‘proq muskovit KAl2 [AlSi3O10] [OH]2 va biotit K (Mg, Fe)2 [AlSi3O10] [OH,F]2 uchraydi.
Slyudalar yengil bo‘linib ketadi, ammo oq slyuda kimyoviy nurashga ancha chidamli. Slyudalar miqdori 10 foizga yetadi. Ular o‘simliklar oziqlanadigan kaliyning asosiy manbai. Jinslarda boshqa alyumosilikatlardan epidot, nefelin, xlorit kabilar uchraydi. Birlamchi fosfatlar apatit Ca10 (Cl, F ) (PO4)6 dan iborat bo‘lib, miqdori 0,5 foizgacha.
Apatit – biosferada fosforning eng asosiy birlamchi manbai. Slyudalar yemirilib o‘simlikning kaliy bilan ta’minlaydi hamda kaolinit, illit, opalsimon kremniy minerallarini tashkil qiladi. Biotit yemirilish jarayonida xlorid minerallarini vujudga keltiradi. Bundan tashqari ona jinslar tarkibida siyrak va tarqoq holdagi kimyoviy elementlar (Cu, Cr, Co, Mo kabilar) saqlovchi minerallar ham uchraydi. Tuproq paydo qiluvchi jinslar va tuproqdagi birlamchi minerallar fizikaviy va kimyoviy jihatdan o‘zgarib boradi. Otqindi jinslarda 1000 dan ortiq turli minerallar aniqlangan. Ulardan ba‘zilari juda chidamli, tuproq va tuproq paydo qiluvchi jinslarda ko‘p vaqtlar saqlanadi va tuproq paydo bo‘lishining muddati haqida fikr yuritishga imkon yaratadi.
Bular epidot, disten, andaluzit, granat, shuningdek stavrolit, sirkon, turmalinlar hisoblanadi. V.A. Kovdaning fikriga ko‘ra kvars, dala shpatlari, olivinlar, piroksenlar, amfibollar, slyudalar, apatit, shox aldoqchilari tuproqda ko‘p uchraydigan va tuproq paydo bo‘lishida, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan minerallar hisoblanadi. Tuproqlarda va nurash qobig‘ida birlamchi minerallarning qayta o‘zgarishi kremnezyomlar, silikatlar, temir, allyuminiy oksidlarining turli eritmalari, zollari va gellarining, shuningdek ikkilamchi sozli alyumosilikatlarning shakllanishiga, tuproqdagi oddiy tuzlar eritmalari tarkibiga o‘tishiga olib keladi. Tabiatda (tuproqlarda, tuproq paydo qiluvchi jinslarda, litosferada) birlamchi minerallar yaxlit-kristall, metamorfik va cho‘qindi jinslar tarkibida uchraydi va ushbu jinslar minerallar assosiasiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Tuproqlar va cho‘qindi jinslarda birlamchi minerallarning individual kristallari ham keng tarqalgandir.
Shunday qilib, tuproqlarda birlamchi minerallar tog‘ jinslari siniqlari (donalarida), shuningdek ayrimlari tarqoq holda ham uchraydi. Jinslar siniqlari granulometrik tarkibning yirik qumli va shag‘alli fraksiyalarida to‘plangan, individual minerallar esa nozik qum va changning tarkibida ko‘p uchraydi. Birlamchi minerallarning nurashida suv, kislorod, karbonat angidridi bilan birga o‘simliklar va mikroorganizmlarning ta‘sirida hosil bo‘ladigan turli organik kislotalarning roli ham katta.



Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin