Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Tuproq va ona jinslardagi birlamchi va ikkilamchi minerallar xarakteristikasi (N.I.Gorbunov), 1978)*



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə12/13
tarix18.05.2023
ölçüsü56,12 Kb.
#116231
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Tuproqni minerologik tarkibi

Tuproq va ona jinslardagi birlamchi va ikkilamchi minerallar xarakteristikasi (N.I.Gorbunov), 1978)*



Mineral



Tarqalishi



Miqdori



Singdirish sig‘im i



Fosfatlarni singdirishi



Gumusni singdirishi



Birikkan suv



Elementlar manbai



1

Kvars

+++

+++

-

-

-

-

Mikroelementlar

2

Amof kremnezm

+

+

-

-

-

+

- - -

3

Dala shpatlari

+++

++

-

-

-

-

K, Ca, Mg, Fe mikroelement

4

Muskovit

+++

++

+

+

+

+-

K, Fe mikroelment Ca, Mg, Na

5

Biotit

++

+

+

+

+

+-

Mg, K, Fe mikroelement, Ca, Na

6

Xloridlar

+++

++

+

+

+

+-

Mg, Fe mikroelement, Ca, K

7

Montmoril lonit

+++

++

+++

++

++

+-

Mg, Ca, Na

8

Kaolinit

+++

+

+

+

+

+

Si, Al

9

Getit

+-

+-

-

+

+

+

Fe

10

Gibbsit

+-

+-

-

+

+

+

Al

11

Amorf

++

+

-

+++

+++

++

Fe, Al

12

Poligorskit

+-

+-

++

+

+

++

Mg,

13

Vermikulit

+

+

++

++

+

++

K, Mg, Ca,

14

Gips

++

+-

--

+

+

+

Ca, S

* +++ ko‘p, + kam,


++ o‘rtacha, - juda kam yoki yo‘q
Bu minerallarda gigroskopik nam 20 foiz gacha yetib, bu suv o‘simliklar uchun deyarli o‘tmaydigan holatda bo‘ladi. Montmorillonit qora tuproqlar, sho‘rtoblar, solodlar va o‘tloq tuproqlarning 0,001 mm dan kichik zarrachalarida ko‘proq bo‘ladi.
Agar tuproqda montmorillonit bilan bir qatorda birlamchi minerallar, gidroslyudalar hamda gumus ancha miqdorda saqlanganda, tuproqning fizik-kimyoviy xossalari va unumdorligi yaxshilanadi. Montmorillonit gumus bilan birikib suvga chidamli struktura hosil bo‘ladi. Chirindi montmorillonitning fosfat-ionini singdirib qolishini kamaytiradi. Beydellit va nontronitning xossalari ham montmorillonitga o‘xshash, ammo birinchisida alyuminiy, ikkinchisida esa temir ko‘p saqlanadi.
B) Kaolinit gruppasi minerallariga kaolinit Al2[Si2O5](OH)4 va galluazit Al2[Si2O5](OH)4 · 2H2O kiradi. Bu minerallar ozroq bo‘lsada, jins va tuproqlarda tez-tez uchraydi. Ammo qizil va sariq tuproqlarda boshqa gilli minerallarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Kaolinitda singdirish hajmi 100 g tuproqda 10-20 mg ekv. bo‘lib, galluazitda yuqoriroq (25-30 mg.ekv). Shuning uchun bu mineral fosfat ionini ko‘proq singdiradi hamda yuqori birikuvchi va gidrofil (suvni yutish) xossalariga ega. Kaolinit gruppasi minerallari kamroq ko‘pchiydi, uncha yopishqoq va gidrofil emas. Ca, K va Mg singari elementlarni kam saqlaydi. Shu sababli bu mineralga boy bo‘lgan tuproqlar mineral o‘g‘itlarga talabchan.
D)Gidroslyudalar gruppasiga: gidromuskovit yoki illit, gidrobiotit (K,Mg,Fe)3[(Al,Si)4O10](OH)2·nH2O), gidroflagonit, glaukonit kabi minerallar kiradi. Bu minerallar ko‘pgina tuproqlarning <0,001 mm zarrachalarida ancha tarqalgan. Ayniqsa quruq iqlimli zona tuproqlarida va irrigasiya yotqiziqlarida gidroslyudalar ko‘p. Gidroslyudalarning singdirish sig‘imi, gidrofilligi, birikkanligi va ko‘pchishi, montmorillonitga nisbatan pastroq ifodalangan. Ularda 5-6 foiz K2O va 2-8 foiz MgO saqlanadi. Jins va tuproqlarda gidroslyudalar ko‘p bo‘lganda, uning tarkibidagi kaliy va magniy o‘simliklarga uncha ko‘p singdirilmasada, uning o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilish koeffisiyenti yuqori.
Demak, jinslar va tuproqdagi minerallar unumdorlikda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, alohida olingan minerallarning tuproq xossalariga ta‘siri yaqqol ifodalangan bo’ladi (4 jadval). Ammo shu minerallar aralashmasi tuproqning tarkibi va xossalariga turlicha ta‘sir etadi. Ayniqsa undagi amorf moddalar va gumus ishtirokida hamda namlik va harorat ta‘sirida turli minerallarning tuproq xossalaridagi roli keskin o‘zgaradi. Masalan, fulvat tipidagi organik moddalar tuproq xossalariga boshqacha, gumatlar esa o‘ziga xos ta‘sir etadi. Boshqa misol, tarkibida kvars qumi bo‘lgan tuproq suvni juda ko‘p va tez o‘tkazadi. Agar unga 2 foiz miqdorida monmorillonit aralashtirilsa, suvni kam o‘tkazib, nam saqlash qobiliyati oshadi.
Tuproq o‘ziga xos organik-mineral tarkibga ega. Tuproq paydo bo‘lishi jarayonida gumus va boshqa murakkab organik birikmalar to‘planishi sodir bo‘ladi. Shuningdek tuproq biogen ikkilamchi alyumosilikatli minerallar, biofil elementlar bilan ham boyib boradi, shunday qilib asosiy xossasi – unumdorlikka ega bo‘ladi. Tuproq qoplami unumdorligi tufayli o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishini ta‘minlash ya‘ni hosil beraolish qobiliyatiga ega.
Tuproqning ushbu xossasi insonlarning yashash va ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligining vujudga kelishida muhim sharoitlardan biri hisoblanadi. Tuproq qoplami va o‘simliklar ajralmas birlik - jahon tuproq – ekologik sistemasini tashkil etadi, qaysiki unda o‘simlik va tuproq birgalikda yashaydi. Bundan million yillar oldin quruqlikda o‘simliklar paydo bo‘lgan.
Tuproq qoplami biosferada yana bir eng muhim vazifani bajaradi. U jaxon okeani singari, - planetamizni tozalovchi (purifikator) muhitdir. Ko‘pchilik organik va organik – mineral birikmalar parchalanishi tuproqda tugallanadi. Tuproq xo‘jalik va yashash faoliyatining turli xildagi chiqindilarini qabul qiluvchidir. Tuproqlarda hayot kechiruvchi organizmlarning juda zichligi tufayli barcha tirik organizmlar chiqindilarining parchalanishi sodir bo‘ladi.
Tuproqning tozalovchi qobiliyati ba‘zi shaharlarda kanalizasiyalar va sanoatlardan chiqqan suvlarni tozalashda foydalaniladi.


Xulosa
Qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproq, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Tuproq insoniyat jamiyatiga nisbatan ikki xil ahamiyatga ega: birinchi tomondan, bu fizik muhit, insonlarning yashashi uchun, hayot uchun makon, ikkinchi tomondan - bu iqtisodiy asos, ishlab chiqarish vositasi. Shuning uchun uni asrab-avaylab, har doim unumdorligini oshirishga g‘amxo‘rlik qilish kerak.
Kishilar tomonidan yerdan foydalanish masalalari sosialiqtisodga daxldor katta va murakkab masalalar kompleksidir, jumladan yerga egalik masalalari, yer to‘g‘risidagi qonunchilik, yerga egalik huquqi, yerni iqtisodiy baholash va x.z. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq 11-12 sessiyalari (30 aprel va 28 avgust 1998 yil) da "Yer kodeksi", "Davlat Yer kadastri to‘g‘risida" gi qonunlar muhokama qilinib qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda "Yer umummilliy boylik, O‘zbekiston Respublikasi xalqlarining hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi» deb ko‘rsatilgan. Tuproq - insonlarni ardoqlab, noz-ne‘matlar bilan to‘ydirayotgan bitmastuganmas boylik hamda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli xom ashyo yetishtiradigan manbadir. Tuproq yurtimizning eng asosiy boyligi. Tuproq hayot uchun quyosh, havo va suvdek zarur bo‘lib, u biologik tirik jism hisoblanadi.
Tuproq – bu tog‘ jinslari, tirik organizmlar, iqlim, relyef va vaqtning birgalikdagi funksiyasi tufayli paydo bo‘lgan, unumdorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan tog‘ jinslari nurash qobig‘ining yuza qatlamidagi murakkab, ko‘p funksiyali va ko‘p komponentli, ko‘p fazali ochiq sistemadir. Mustaqil tabiiy jism - tuproq qattiq (mineral va organik zarrachalar), suyuq (tuproq eritmasi), gazmison (tuproq havosi) va tirik jonivorlar (tuproq organizmlari) kabi bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan turli qismlardan iborat ko‘p fazali dispers (turli zarrachalar to‘plamidan tashkil topgan) sistemadir. Tuproqning minerologik tarkibi haqida xulosa qilib aytadigan bo’lsak:
Tuproqning mineral qismi uning massasiga nisbatan 80-90 foizni tashkil etib, organogen (torfli) tuproqlarda esa 1-10 foiz atrofida bo‘ladi. Turli tog‘ jinslaridagi mineral zarrachalar tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida tuproqqa o‘tib to‘planadi.
Tuproqning minerologik tarkibi uni hosil qiladigan jinslarga bog’liq.
Tuproq hosil qiluvchi jinslar o‘zining tashqi ko‘rinishi, belgilari, tuzilishi va shuningdek kimyoviy mineralogik va mexanik tarkibi bilan farqlanadi.
Tuproq paydo qiluvchi jinslar va tuproq tarkibida juda ko‘p xildagi minerallar uchraydi. Ularning umumiy soni yuzlab sanaladi.
Har bir mineral ma‘lum kimyoviy tarkibga va uning uchun xarakterli bo‘lgan ichki tuzilishga ega, ya‘ni kristal panjaralaridagi atomlari ma‘lum tartibda joylashgan.
Kelib chiqishiga ko‘ra bu minerallar: birlamchi va ikkilamchi gruppalarga bo‘linadi. Ba‘zan muayyan bir mineral birlamchi va ikkilamchi shaklda uchraydi.
Birlamchi minerallarga magmatik va metofmorfik jinslarning mexanik nurashi natijasida kimyoviy jihatdan o‘zgarmasdan, g‘ovak jinslar va tuproqlarda to‘planadigan minerallar kiradi.
Birlamchi minerallarga: Kvars, rutil, magetit, gematit singari oksidlar,alyuminasilikatlar, slyudalar va boshqa ko’plab minerallar kiradi.
Ikkilamchi minerallar deb, asosan magmatik jinslar va birlamchi minerallarning kimyoviy va biologik nurashi natijasida hosil bo‘lgan minerallarga aytiladi. Qumli jinslar asosan birlamchi minerallardan iborat bo‘lib, g‘ovak jinslarning asosiy massasi esa ko‘pincha ikkilamchi minerallardan tashkil topgan.
Ikkilamchi minerallarga: oddiy tuzlarning minerallari, gill minerallar-montmorillonitli, kaolinitli, gidroslyudali minerallar kiradi.



Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin