Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə1/13
tarix18.05.2023
ölçüsü56,12 Kb.
#116231
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tuproqni minerologik tarkibi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
EKOLOGIYA VA TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI 60530700-TUPROQSHUNOSLIK TA`LIM YO`NALISHI
2-KURS 121-GURUH TALABASI
___________________________________NING
O`SIMLIKLARNING OZIQLANISHI VA O`G`IT FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Mavzu: Tuproqni minerologik tarkibi


Topshirdi: __________________.
Qabul qildi: Zokirov X.

Termiz – 2023


MUNDARIJA

KIRISH

3

I BOB. TUPROQ HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING TA’RIFI

6


O’rta asr sharq olimlarining tuproq haqidagi fikrlari

6


Yevropa va rus olimlarining tuproqshunoslikka qo’shgan hissalari

11


Tuproqshunoslikda tadqiqot usullari

13

II BOB. TUPROQ TARKIBIDAGI BIRLAMCHI MINERALLAR

18

2.1.

Asosiy tuproq paydo qiluvchi ona jinslar

18

2.2.

Tuproqning bioqatlamdagi asosiy vazifalari

27

2.3.

Tuproq tarkibidagi ikkilamchi minerallar

29

XULOSA

34

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI

36


Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Tuproq tog’ jinslarining uzoq yillar davomida nurashidan hosil bo’lgan. Tog’ jinslari esa litosferaning ko’p qismini egallaydigan bir qancha minerallar to’plamidan iborat. Shuning uchun ham tuproq qattiq fazasining ko’p qismini minerallar egallaydi. Shu sababli ham tuproqning paydo bo’lganidan keying ahvoli, uning unumdorligi, o’simliklarni turli xildagi moddalar bilan ta’minlashi bevosita, tuproq ona jinsining minerologik tarkibi bilan bog’liq. Shunday ekan tuproqni paydo qiluvchi minerallarning minerologik tarkibini bilishimiz zarur.
Tuproq unumdorligini va qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda o’g’itlarning katta ahamiyatga ega ekanligi ilmiy tashkilotlarning juda ko’p tajribalarida isbotlangan va jahon dehqonchiligi tajribasida tasdiqlangan. Mineral o’g’itlardan foydalanish faqat XIX asrning ikkinchi yarmidangina boshlandi. Keyinchalik ulardan foydalanish yildan-yilga ortib bordi. Shunga ko’ra ularni ishlab chiqarish ham ancha ko’paydi: 2000 yilga kelib dunyo bo’yicha 307,2 mln. tonna mineral o’g’it jumladan 170 mln. tonna kaliyli o’g’it ishlab chiqarilishi kerak. Lekin shunga qaramay go’ng qishloq xo’jaligida muhim o’g’itlardan biri bo’lib qolmoqda, chunki uning tarkibida o’simliklar uchun zarur barcha oziq elementlari bor, demak u qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini ortishiga kuchli ta’sir etadi.
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko’ra, hosildorlikning 50 foizi o’g’itga va 50 foizi boshqa omillar (agrotexnika, sort, meliorasiya va xokazo)ga bog’liq. Hozirgi kunda O’zbekistonda mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish va qishloq xo’jalik ekinlariga ishlatish shu bilan birga atrof-muhitni ifloslanishining oldini olishga juda katta ahamiyat berilayapti
Tuproq va uning xossalari haqidagi dastlabki tushunchalar va bilimlar qadimgi davrlardan boshlab dehqonchilik talablari asosida yuzaga kela boshladi. Ilmiy fan sifatida tuproqshunoslik fani Rossiyada XIX asrning oxirlarida rus olimlari V.V.Dokuchayev., P.A.Kostichev., N.M.Sibirsev., V.R.Vilyams g‘oyalari va asarlari tufayli shakllana boshladi va rivojlandi.
V.V.Dokuchayev birinchi bo‘lib tuproqning paydo bo‘lish omillari va jarayonlari haqidagi ilmiy nazariyani yaratdi hamda tuproq tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berdi: "Tuproq deganda suv, havo hamda turli tirik va o‘lik organizmlar ta‘sirida tabiiy ravishda o‘zgargan tog‘ jinslarining (qaysi xil bo‘lishidan qat’iy nazar) "yuza" yoki tashqi gorizontlariga aytiladi".
Tuproq mustaqil tabiiy jism sifatida o‘zining kelib chiqishi (genezisi) bilan boshqa tabiiy jismlardan farq qiladi. V.V. Dokuchayev, P.A. Kostichev, Sibirsev, V.R. Vilyams va boshqa olimlarning g‘oyalari va ta‘riflari asosida hozirgi zamon tuproqshunoslik fanida tuproq haqida quyidagi tushuncha qabul qilingan. Tuproq – bu tog‘ jinslari, tirik organizmlar, iqlim, relyef va vaqtning birgalikdagi funksiyasi tufayli paydo bo‘lgan, unumdorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan tog‘ jinslari nurash qobig‘ining yuza qatlamidagi murakkab, ko‘p funksiyali va ko‘p komponentli, ko‘p fazali ochiq sistemadir.
Tuproqning ko‘p funksiyaliligi, bu uning bir vaqtning o‘zida tabiiy jism, ko‘pchilik tirik organizmlarning yashash joyi, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning asosiy vositasi ekanligidir. Tuproqning ko‘pkomponentligi uning tarkibiga kiruvchi organik va neorganik moddalarning juda katta xilmaxilligi bilan belgilanadi. Ushbu moddalar turli fizikaviy fazalar (ko‘p fazaliligi): qattiq (mineral va organik zarrachalar), suyuq (tuproq eritmasi), gazsimon (tuproq havosi) va maxsus ajratiladigan tirik faza (organizmlar, edafon) tarzida ifodalangan. Tuproq ochiq sistema xisoblanadi, chunki uni o‘rab turgan atrof muhit bilan moddalar va energiya doimiy ravishda almashinib turadi. Tuproq yer sharining mustaqil, murakkab biokos qobig‘ini tashkil etib, qit‘alar quruqlik qismini qoplab turadi.
Tog‘ jinslarining yuza gorizontlari tirik organizmlar ko‘p avlodlari ishtirokida, atmosfera va gidrosferaning uzoq ta‘siri ostida, tuproq qoplamiga aylanadi. Tuproq qoplami – pedosfera – litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosferalarning birgalikdagi ta‘siri maxsulidir.
Tuproq tarkibidagi minerallar ularning tuzilishi, tuproq qoplamlarida uchrashini –tuproq minerologiyasi o’rganadi. Tuproq fizik nuqtai nazardan uch fazali sistema hisoblanadi, ya‘ni qattiq, suyuq (tuproq eritmasi) va gazsimon (tuproqdagi havo) fazalardan tarkib topgan. Tuproqning qattiq fazasi-qismi mineral hamda organik moddalardan iboratdir. Tuproqning mineral qismi quruqlikning yuza qatlamidagi tog‘ jinslarining nurashi natijasida paydo bo‘ladi. Yerning qattiq qobig‘i - Litosfera har xil mineral va magmatik (zich-kristal), cho‘kindi va metamorfik tog‘ jinslardan tashkil topgan.

Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin