Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


O’rta Osiyo tuproqlarining o’rganilishi



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə4/13
tarix18.05.2023
ölçüsü56,12 Kb.
#116231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tuproqni minerologik tarkibi

O’rta Osiyo tuproqlarining o’rganilishi. Rossiya tadqiqotchilari tomonidan Turkiston – Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston xududi tuproqlarini o‘rganishga qiziqish juda katta bo‘lgan. Bundagi asosiy maqsad harbiy yurishlar uchun strategik yurishlarni amalgam oshirish va bu mamlakatlarda texnik ekinlar, asosan paxta xom ashyosini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. R. Xannikov (1843), A. Danilevskiy (1843), A. Vamberg (1874), M.I. Ivanova (1878) larning harbiy geografik tadqiqotlari hisobotlarida birinchi marta O‘zbekiston tuproqlari o‘lka landshaftining ajralmas qismi sifatida juda soda va umumiy baholanadi (L. Tursunov, M. Qaharova, 2009). XIX asrning oxirgi choragida Rossiya hukumati tomonidan tadqiqotchilar oldiga g‘o‘za ekiladigan maydonlarni kengaytirish va dehqonlardan olinadigan yer solig‘ini tartibga solish vazifalari qo‘yildi.
Ushbu masalalar A. Muddendorf (1882), A.N. Krasnov (1887), N. Teyx (1881) lar asarlarida o‘z yechimini topgan. O‘rta Osiyo tuproqlarini o‘rganish va klassifikasiyalashda S.S.Neustruyevning (1874-1928) ishlari muhim rol o‘ynaydi. U 1907 yildan boshlab Turkistonda muntazam tuproq-geografik tadqiqotlar olib bordi. 1926 yilda S.S.Neustruyev o‘zining «Turkistonga oid tuproq – geografik asari» da tuproqshunoslikning muhim sohalariga ko‘plab yangi g‘oyalar tushunchalar kiritdi. Chimkent uyezdiga oid regional monografiyasida O‘rta Osiyo tuprog‘ining yangi genetik tipi- "bo‘z tuproqlar" terminini fanga birinchi bo‘lib kiritdi. S.S.Neustruyev Chimkent uezdida (1908), Perovskiy (1910), Kazalin (1911), Andijon (1911), Namangan (1913) va ayniqsa Osh (1914) hamda Xo‘jand (1916) uezdlarida o‘tkazgan kuzatishlari natijasida arid tog‘ o‘lkalariga xos vertikal – mintaqalari bo‘yicha och tusli, tipik va to‘q tusli tipchalarga ajratib, o‘z hisobotlarida ularga xarakteristika beradi.
Turkiston cho‘llarining tekis zonalari va Sirdaryo, Amudaryo vodiylari tuproqlarini o‘rganib, Neustruev yirik ilmiy muommolarni olg‘a surdi. Bu g‘oyalarning aksariyati uning 1926 yilda nashr etilgan (V.V.Nikitin hamkorligida) «Turkistonning paxtachilik rayoni tuproqlari» asarida bayon etilgan. Unga Turkiston zonasining obzor tuproq xaritasi ham ilova qilingan. S.S. «Sherobod» vodiysining tuproq – geologik ocherki» (1931), «Qoraqalpog‘iston avtonom oblastida tuproq va botanik – geografik tadqiqotlar» (1930) asarlari O‘rta Osiyo tuproqlarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. O‘rta Osiyo tuproqlarini o‘rganishda N.A.Dimo (1873-1959) xizmatlari katta. O‘rta Osiyo respublikalarining turli masshtabli tuproq kartalari N.A.Dimo rahbarligida tuzilgan. Tuproq mikrobiologiyasining rivojlanishida B.A.Amelyanskiy, S.N.Vinogradov, N.A.Krasilnikov, E.N.Mishustinlarning ilmiy tadqiqotlari katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Bu ishlar nafaqat tuproq unumdorligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan biokimyoviy jarayonlar mohiyatini ochishga, balki tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarining amaliy sohalarini ham ishlab chiqish imkonini berdi. Tuproqlarni o‘g‘itlash va o‘simliklarning oziqlanishi haqidagi ta‘limotni rivojlantirishda buyuk sovet olimi akademik D.N.Pryanishnikov (1865-1948)ning ko‘plab agrokimyoviy tekshirishlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. D.N.Pryanishnikov Ulug‘ Vatan urushi (1941-1943) yillarida Samarqandda qishloq xo‘jalik institutida faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda mamlakatimiz uchun zarur bo‘lgan muhim tadqiqotlar olib bordi va jumladan, qand lavlagi va g‘o‘za etishtirish borasida qator bebaho ilmiy asarlar yaratdi.
Olimning O‘simlik hayoti va sobiq ittifoq dehqonchiligida azot nomli yirik asari shu davrda O‘zbekistonda yozib tamomlangan edi. Ilmiy tuproqshunoslikning rivojlanishida akademik L.I.Prasolov (1875-1954) ning ishlari juda katta rol o‘ynadi. L.I.Prasolov tuproqlar genezisi va klassifikasiyasi hamda jahon tuproq kartasi va sobiq ittifoqning tuproq kartalarini tuzib chiqishga katta hissa qo‘shdi. U tuproq kartografiyasi va tuproq resurslarini hisobga olish va sifat tomonidan baholashning hozirgi zamon ilmiy asoslarini ishlab chiqdi, L.I.Prosolov rahbarligida O‘rta Osiyoda olib borilgan tuproqlar geografiyasi sohasidagi ishlsri diqqatga sazovor. Bu borada mashhur rus tuproqshunoslari I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, K.P.Gorshenin, N.A. Dim ova boshqa olimlar katta ishlarni amalgam oshirdilar. O‘rta Osiyo respublikalari tuproqlarini har tomonlama o‘rganishda ayniqsa N.A. Dimo (1873-1959) ning xizmatlari alohida ahamiyatga ega.
O‘rta Osiyo respublikalarining dastlabki turli masshtabli tuproq kartalari N.A. Dimo rahbarligida tuzilgan. Bu kartalar 1929 yilda Vashingtonda bo‘lib otgan Birinchi Halqaro tuproqshunoslar kongressida namaoyish etilgan. Uning studentlik davrida bajargan ilmiy tadqiqotlari materiallaridan N.M. Sibirsev o‘zining «Tuproqshunoslik» darsligida foydalangan edi. N.A. Dimoning ilmiy ishlari sobiq ittifoqning Yevropa qismi, O‘rta Osiyo, Zakavkaz‘e va Moldova tuproqlari geografiyasi, tuproq sho‘rlanishi, biologiyasi, fizikasi va meliorasiyasiga bag‘ishlangan. N.A. Dimo 1908 yildan O‘rta Osiyo. Ayniqsa Sirdaryo va Amudaryo havzalari rayonlarining tuproqlarini batafsil o‘rganishga kirishdi. 1909-1910 yillarda Mirzacho‘lning sho‘rlangan tuproqlarini tekshirib, bu rayonning tuproq kartasini tuzib chiqqan. N.A. Dimo tuproqlar zoologiyasining ham asoschisi hisoblanadi. Olim ko‘plab tuproq-zoologik tadqiqotlarida tuproqdagi ko‘p sonli hayvonot olami jumladan, yomg‘ir chuvalchanglari, chumolilar, mayday umurtqali jonivorlarning tuproq paydo bo‘lishidagi roliga katta e‘tibor berdi.
Keyinchalik O‘rta Osiyoda yirik tuproqshunoslar I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, A.A.Rode, N.A.Rozanov, E.V.Lobova, N.A.Kachinskiy,V.V.Egorov va boshqalarning tuproq giografiyasi, fizikasi va meliorasiyasi borasidagi ishlaei bilan bir qatorda, ayniqsa paxtachilik rayonlarining tuproqlarini o‘rganishda M.A. Orlov, I.N. Antipov-Karatayev, S.N. Rijov, A.M. Pankov, N.V. Kimberg, M.U. Umarov, M.B. Bahodirov, A.A. Sadriddinov va boshqalarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyoda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini yanada oshirish borasida ancha ishlar amalgam oshirilmoqda. Tuproq sharoitlariga ko‘ra turli agrotexnika usullaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish ishiga e‘tibor kuchaytirilmoqda. Markaziy Osiyo respublikalaridagi Tuproqshunos va agrokimyo ilmiy – tadqiqot oliygohlari, Toshkent Davlat dorilfinuni Tuproqshunoslik fakulteti va qator agrar oliygohlari tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishi va regional tuproqshunoslikning rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Olib borilgan ko‘plab ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida O‘rta Osiyo tuproqlariga doir ko‘plab yirik fundamental asarlar yaratildi. Keyinchalik O‘rta Osiyoda yirik tuproqshunoslar I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, A.A.Rode, N.A.Rozanov va boshqalarning tuproq geografiyasi, fizikasi, borasidagi ishlari paxtachilik rayonlarini o‘rganishda M.A.Orlov, I.N.Antipov-Karatayev, S.M.Rijov, M.A.Pankov, N.V.Kimberg, M.U.Umarov. M.B.Baxodirov, A.M.Rasulov, O.K.Komilov va boshqalarning xizmatlari katta.




    1. Yüklə 56,12 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin