Adabiyotlarda ushbu konsepsiyalaming har biriga aniqlik kiritishga harakat qilingan. Qiyinligi shundaki, bitta qurilish obyek- tida qoidaga muvofíq, bir vaqtning o‘zida bir necha har xil kon- sepsiyalami amalga oshirilayotganini ko‘rsatish mumkin. Bu yerda, adabiyotlardagi ma’lumotlarga asoslangan holda yuqorida qayd etilgan konsepsiyalar bo‘yicha energiya samarador va ekologik toza bino va mshootlami aniqlashga urinib ko‘ramiz. Energiya samarador bino va inshootlar.Bino va inshootlarda energiya resurslarini samarali ishlatilishi texnik amalga oshadigan, iqtisodiy asoslangan, ijtimoiy va ekologik nuqtai nazardan maqbul hamda dastlabki hayot ko‘rinishini o‘zgartirmaydigan innovatsiya qarorlarini qo‘llanilishi hisobidan erishiladi. Energiya samarador bino va inshootlarga past energiya talab qiladigan va nol energiya talab qiladigan bino va inshootlar tegishli bo‘lishi mumkin. Bioiqlimiy arxitektura.Arxitekturaning yo‘nalishlaridan biri yorqin ifodalangan oynali mufassallik ishlatilganlik hisoblanadi. Bioiqlimiy arxitektura - qurilishda nisbatan ko'rinishi yoshdir. Bioiqlimiy arxitekturaning asosiy qoidasi - tabiat bilan o‘zaro mosligi va uy-joy binolarini tabiatga yaqinlashtirishga intilishdir.