Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Filtrlanishga qarshi pardalar va to‘siqlar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə51/69
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105909
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия

Filtrlanishga qarshi pardalar va to‘siqlar har xil turdagi tindirgichlar, to‘plagichlar va omborlardan ifloslantiruvchi moddalar va biologik zararli komponentlaming filtrlanishini oldini olish uchun yaratiladi. Ular ko‘pincha “gruntda devor” uslubi bilan quriladi. To‘ldirgich sifatida past koeffitsientli fïltrlash bilan qotmaydigan va plastikli materiallar ishlatiladi.
Grunt suvlaridan chuqurliklarai himoya qilish uchun mo‘l- jallangan yupqa filtrli pardalar ko‘p ham ma’qul bo'lavermaydi, chuqurlikning hamma tomonlari o‘lchamining yig‘indisi bo‘yicha gruntlardagi teshiklami yuvib ketadigan oqimli texnologiya usulida keyinchalik ularni sementli gil qorishma bilan to'ldiriladi.
Poydevorlarning kompozit qismlari va tekis yo‘g‘on quvur texnologiyalar uslubi 1990-yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, samarali va ekologik xavfsiz uslub hisoblanadi.
Ushbu uslub moslashuvchan to‘qimali mustahkam material- lardan (geoto‘qimachilik, plyonka, to‘r) qilingan quvurlar birik- masini va yupqa tolali armaturalar ishlatilishini o‘z ichiga oladi.
Moslashuvchan quvurlar birikmasi gaz bosimi yoki suyuq to‘ldirgich bilan shishirish yo‘li orqali cho‘ktiriladi.
Mazkur uslubning qo‘llanilish sohasi juda ham turli-tumandir. Ular ichi to'ldirilgan qoziq va gruntli yostiq qurilmalar, pastga tushadigan quduq va tayanch devorlar, uzuq chuqurliklarda magistral quvurlami o‘tkazish va buzilish holatiga kelgan poy- devorlarni kuchaytirish uchun ishlatiladi.
Nol davrda mavjud bo‘lgan konstruksiyalar va ulaming bajarish texnologiyalari bilan taqqoslanganda poydevorlaming kompozit qismlari va tekis yo‘g‘on quvur texnologiyalar uslubi quyidagi ekologik afzalliklarga ega:

  • yer qazish ishlarining hajmi keskin kamayib ketadi;

  • qurilish maydonlarida ho‘l nam jarayonlar va botqoqlanish joylari yo‘qotiladi;

  • havoning va suv ynzalarining ifloslanishi eng kichik miq- dor gacha kamaytiriladi;

  • metall qolip va boshqa narsalar uchun xarajat sezilarli darajada qisqaradi.




243



  1. Gruntlarni kimyoviy va fizik-kimyoviy mustahkamlashning ekologik jihatlari

Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda (AQSh, Buyuk Bri- taniya, Germaniya, Yaponiya, Koreya va b.q.) poydevor qurilishida gruntlarni kimyoviy va fizik-kimyoviy mustahkamlashning har xil uslublari keng rivojlangan. Ulami qo‘Hanilish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, ushbu uslublar yetarli darajada ishonchli hisoblanadi, inshootlardan foydalanishni to‘xtatmasdan turib qisqa muddatlarda bajarish mumkin, murakkab texnologiyalami talab etmaydi va h.k.
Biroq ulami ishlatilishida tabiiy ^runtning qalin qatlamida salbiy kimyoviy o‘zgarishlar boMishi mumkin bo'lganligi bilan bogiiq salbiy holatlar va insonga, biotik dunyoga hamda to‘liq tabiiy atrof-muhitga salbiy ravishda ta’sirining oqibatlari qayd qilingan.
Shuning uchun mavjud bo‘lgan qurilish me’yorlari va qoi- dalariga muvofiq har xil zaharli (toksik) moddalami qo‘llanilishi yoki zaharli chiqindilar ajralib chiqishi bilan gruntlami mus- tahkamlashda tuproqlami, gruntlami, atmosfera havosini, grunt suvlarini va to‘liq qurilish maydonlarini ifloslanishdan va boshqa ekologik buzilishlardan saqlashga qaratilgan maxsus choralarga qat’iy rioya qilinishi zarur. Xizmat ko‘rsatuvchi xodim tegishli texnika xavfsizlik qoidalarini qat’iyan bajarishga majburdir, yaqin vaqtlargacha texnika sohasidagi adabiyotlarda gruntlami mustahkamlash uslublarini qo‘llanilishini ekologik baholash deyarli to‘liq yo‘q edi. Oxirgi yillarda umumiy ekologik muammolaming kuchayishi bilan bog‘liqlikda ushbu masalalami ishlab chiqishda kechiktirib bo‘lmaydigan zaruriyat paydo bo‘ldi.
Kimyoviy reagentlami mustahkamlaydigan va tabiiy atrof- muhitga ekologik mos keluvchanlikni o'rganishda ko‘pgina olimlar va mutaxassislar (Charles J. Kibert, Jan Sendzimir, G. Bradley Guy, David C. Coleman, Martin Kranert, Klaus Cord-Landwehr, Michael Begon, Colin R. Townsend, John I. Harper, Neil S. Grigg, Roland Clift, Angela Druckman Editors, A.Ergashev, D.Yormatova, V.E.Sokolovich, F.E.Voronkevich, L.V.Goncharova, M.N.Ibragi- mov) muhim hissa qo‘shdilar.
Izlanishlar jarayonida aniqlanganki, gruntlami kimyoviy va fizik-kimyoviy mustahkamlashning barcha mavjud bo‘lgan uslublari u yoki bu holatda tabiiy atrof-muhitni ifloslantiradi. Eng katta xavf, zaharli moddalar bilan bog‘liq gruntlami mustahkamlash quyidagi uslublarga ega:

  • ishqorlanish;

  • qatronlanish va silikatlanish uslublarining ba’zi bir turlari;

  • kam miqdorda termik pishirish (mustahkamlash).




Gruntlami ishqorli mustahkamlash. Ushbu uslubning mohi-


yati shundaki, gruntning ishqorida (o‘yuvchi ishqor (kaustik) eritma) in’eksiya va konsentratsiya mavjud. 1 m3 mustahkamlangan gruntga kamida 100 kg o‘yuvchi ishqor eritmasi sarflanadi. Gruntga yuborilgan ishqor eritmasi tuproqli minerallar bilan qaytarilmaydigan kimyoviy o‘zaro ta’sirlashib kiradi, gruntni sementlaydi, cho‘kkan joyini yo‘qotadi, qurilish konstruksiyalariga munosabati bo‘yicha emiruvchi xususiyatini namoyon qilmaydi. Mustahkamlash radiusi - 0,5 metr, mustahkamlanadigan maydonning quwati 2-2,5 metr. Tabiiy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, ishqorlangan maydonlar vaqt bo‘yicha o‘zining barqaror fízik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan farqlanadi, hattoki grunt suvlari darajasidan past bo‘ladi.
Mutaxassislar gruntlami ishqorlashning to‘liq qabul qilinmagan uslubini, ishqorli qorishmalami filtrlashda gilli gruntlami nomaqbul kuchli kimyoviy girdobi, betón konstruksiyasining buzilishi, xavfli toksikant-dioksin paydo bo‘lishi kuchayishining sodir boiishini ta’kidlashgan. Shuningdek, uslub mustahkamlasli bo‘yicha ish (ishqorli quyish ko‘rinishida) bajarayotgan insonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, ishqorlash usullari ishqor bilan ehtiyotkorona munosabatda va texnika xavfsizligining barcha qoidalariga qat’íy rioya qilinganda qurilish amaliyotida ishlatílishi mumkin.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin