Havoning bosimi. Havoning bosimi materiallaming yopiq tuzilmadagi g‘ovaklari ichidagi kuchlanish va hajmiga ta’sir ko‘r- satadi. Masalan, g‘ovak oyna va har xil plastik himoyalovchi materiallar. Shuningdek, havoning bosimi germetikli (zich berki- tilgan) derazaga ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘lchamlarining o‘zgarishi sodir bo'ladi va haroratning o‘zgarishida xuddi shunday ta’sir bo‘ladi.
226
Havoning namligi.Namlikning o‘zgarishi materiallaming kuchlanishi va hajmining o‘zgarishiga hamda yomonlashishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘tarilib ketgan namlik materiallaming eyilishini oshiradi. Havo namligining tarkibi doimiy bo‘lgan binolarda faqat- gina musiqaviy asboblar, fortepiano va g‘ijjak ishlab chiqarish mumkin. Xuddi shunday sharoit boshqa interer materiallar, ya’ni pardoz qoplama materiallami eyilishini kamaytirish va tozalanishini yaxshilash uchun ham qoilanilishi zarur. Namlikning nisbatan 30- 70% ko‘tarilishi bilan yog‘och qipiqli plitadan karbamid asosidagi elim yordami bilan formaldegid chiqishi ikki marta oshadi. Shamol va yomg‘ir.Qachonki shamol va yomg‘ir bir vaqtda birgalikda kelishi eng yomon hisoblanadi. Bunday holat qurilish materiallarida namlikning yo‘nalishini majburlaydi va yomonlashish jarayonini boshlaydi. Kuchli shamol materiallarda bosimni keltiradi, hatto materiallaming buzilishi yoki keskin susayishiga olib kelishi mumkin. Shamol qumlar bilan birikishida ba’zi bir qurilish materiallarining buzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Qoming og‘irligi ham qurilish materiallarining tuzilmasini buzishi mumkin.