Qurilish materiallarining umriboqiyligining asosiy omillaridan bin iqlim hisoblanadi. Iqlim qurilish materiallarining xizmat qilish muddatini boshqaradi. Qurilish materiallarining utnriboqiyligiga iqlim quyidagi holatlarda ta’sir ko‘rsatadi:
Quyosh radiatsiyasi.
Harorat.
Havoning bosimi.
Havoning namligi.
Shamol va yomg‘ir.
Kimyoviy moddalar.
Quyosh radiatsiyasi. Quyoshning ultrabinafsha nurlari organik materiallaming holatini yomonlashtiradi, ya’ni materialning ichida kimyoviy reaksiyalami sodir qiladi va oksidlanishni keltirib chiqa- radi. Bunday ta’sir tog‘li hududlarda kuchlidir, ya’ni ultrabinafsha nurlaming jadalligi yuqori va janub tomonga siljishi bo‘yicha oshib boradi. Harorat. Eski qoidalar shuni ko‘rsatadiki, haroratning har 10°S ko‘tarilishida kimyoviy reaksiyalaming tezligi ikki marta oshadi. Juda yuqori harorat organik materiallaming yomonlashishini oshi- radi. Haroratning har 7°S ko‘tarilishida yog‘och qipiqli plitadan kar- bamid asosidagi elim yordami bilan formaldegid chiqishi ikki marta oshadi. Xuddi shuningdek, issiqlik quyosh radiatsiyasi, kislorod va namlik bilan birikishida qurilish materiallarining yomonlashish jarayonini kuchaytiradi. Plastik, rezina, kauchuk va boshqa turdagi qurilish materiallari past haroratda muzläydi va maydalanadi. Shimoliy Yevropada tashqi ko‘rinishi g‘oval4i bo‘lgan g‘ishtni past haroratda pishirish ikki qish davriga cho‘ziladi va tarixda xuddi shunday g'ishtni Qadimgi Rimda pishirish 2000-yilga cho‘zilgan. Ayniqsa g‘ovakli mineral materiallar uchun hal qiluvchi omil - muzlatish va eritish davri hisoblanadi. Shimolning qirg‘oq bo‘yidagi iqlimi juda ham zararlidir. Haroratning keskin o‘zgarishi va hatto sovuqsiz harorat ham materiallaming shaklini o‘zgartiradi hamda uning yomonlashishiga olib keladi.