Mazkur qonunning asosiy tushunchalariga quyidagïlar kiradi: chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish - chiqindilaming hosil bo'lishi, ulami to‘plab olib ketish, saqlash, tashish, ko‘mib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan bogliq faoliyat; chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlari -chiqindilarni to‘plash, saqlash, tashish, ko‘mib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan obyektlar; chiqindi pasporti- chiqindi kelib chiqqan joyni hamda chiqindining individual xususiyatlarini tasdiqlovchi hujjat; chiqindilar - ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida xom ashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlaming hosil bo‘lgan qoldiqlari, shuningdek o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar); chiqindilarni joylashtirish limiti- muayyan muddatga joy- lashtirish ruxsat etilgan chiqindilaming eng yuqori miqdori; chiqindilarni joylashtirish obyekti - chiqindilarni saqlash hamda ko‘mib tashlash uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy;