Aylanish davri (T) va aylanish chastotasi ( )
Jismlarning bir marta to’liq aylanish uchun ketgan vaqt aylanish davri deyiladi.
Jisimning vaqt birligi ichida to’liq aylanishlari soni aylanish chastotasi deyialdi.
T= [s] aylanish davri
[1/s] aylanish chastotasi
Aylana bo'ylab harakat tezlanishlik harakat deyiladi.Chiziqli tezlik nuqtaga o’tkazilgan urunma bo’ylab yo’nalsa,tezlanish radius bo’ylab markazga yo’naladi. Bu tezlanishli markazga intilma yoki normal tezlanish deyiladi. Chunki tezlanish tezlikga perpendikulyar yo’nalgan.
Aylana bo`ylab harakatlanayotgan jismning burchak tezligi vaqt davomida o`zgarib turadigan harakat o`zgaruvchan aylanma harakat deyiladi.
Qo`shimcha formulalar:
;
Tezlik moduli o`zgarishini xarakterlovchi tezlanishga tangensial tezlanish (urinma tezlanish) deyiladi.
Tezlik yo`nalishi o`zgarishini xarakterlovchi tezlanishga normal tezlanish (markazga intilma tezlanish) deyiladi.
Masala yechish namunasi:‘Neksiya’ avtomobili 90 km/soat tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Agar avtomobil g`ildiragining radiusi 40cm bo`lsa, g`ildirakning aylanish davri, aylanish chastotasi, va burchak tezligini toping.
Mexanik tebranishlar. Biror muvozanat vaziyatiga nisbatan davriy takrorlanib turuvchi harakat turiga tebranish yoki tebranma harakat deyiladi.
Tebranishlar 2 xil bo`ladi.
1.Erkin tebranishlar.
2.Majburiy tebranishlar.
Ichki kuchlar tasirida bo`ladigan tebranishlar erkin tebranishlar deyiladi.
Tashqi kuchlar tasirida bo`ladigan tebranishlar majburiy tebranishlar deyiladi.
Muvozanat holatidan chiqarilgandan so`ng muvozanat holatiga qaytaruvchi kuch tasiridagi tebranishlar garmonik tebranishlar deyiladi yoki fizik kattaliklarning sinus yoki kosinus qonuniga binoan o`zgarishlar garmonik tebranishlar.