Masala yechish namunasi: Massasi 50 g bo`lgan xokkey shaybasi muz ustida turubdi.Agar xokkeychi uni 100N kuch bilan ursa, shayba qanday tezlanish oladi?
Butun olam tortishish qonuni. Butun olam tortishish qonuni: Hamma jismlar bir -birini massalari ko`paytmasiga to`g`ri proporsional va ular massalarning markazlari orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional bo`lgan kuch bilan tortadi:
Tortishish doiymismi yoki gravitatsion doimiy:massalari 1 kg dan bo`lgan ikki jism orasidagi masofa 1 m bo`lganda ikki jism bir-birini son jihatidan gravitatsion doimiysiga teng bo`lgan kuch bilan tortadi.
Jismning massasi bilan erkin tushish tezlanishining ko`paytmasi-Yerning muayyan nuqtasida joylashgan jismga tasir etuvchik kuch og`irlik kuchi deyiladi.
Og`irlik kuchi yer sirtidan balandga ko`tarilgan sari kamayib boradi.
Jismning og`irlik kuchi osmaga tasir etadigan kuchi og`irlik deb ataladi.Jismning og`irlik kuchi shu jismga qo`yilgan, jismning og`irligi esa tayanch yoki osmaga qo`yilgan kuchdir.Jismnning og`irligi nolga teng bo`lgandagi holatiga vaznsizlik deyiladi.
Masala yechish namunasi:Ko`prik ustida turgan massasi 10tonna bo`lgan yuk mashinasining og`irlik kuchini toping.
Mashina ko`prikka qanday kuch bilan tasir etadi?
Elastiklik kuchi.Guk qonuni. Tashqi kuch tasirida qattiq jismning shakli yoki hajmi o`zgarishiga deformatsiya deyiladi.
Tashqi kuch tasiri tuhtagandan keyin deformatsiyalangan jismning shakli va o`lchamlari tiklay olish qobiliyati mazkur jismning elastikligi deb ataladi.
Mexanik kuchlanish deb- jism ko`ngdalang kesimining birlik yuzasiga tasir etuvchi elastiklik kuchi bilan o`lchalanadigan kattalikka aytiladi.
Jism sirtining bir birlik yuzasiga perpendikulyar yo`nalishda tasir etuvchi tashqi kuch bilan o`lchalanadigan kattalikka zo`riqish deyiladi.
Mexanik kuchlanish yoki zo`riqish: