Guk qonuni: 1.Elastiklik kuchining kattaligi absolyut deformatsiyaga to`g`ri proporsional.
2.Deformatsiyalar kichik bo`lgan holda mexanik kuchlanish nisbiy deformatsiya qiymatiga to`g`ri proporsional.
Elastik kuchining absolyut uzayishga bog`liqlik grafigidan bikrlik absolyut uzayish o`qi bilan grafik chizig`I orasidagi burchak tangensiga teng:
Masala yechish namunasi: Osmaga mahkamlangan sigma og`irlik 300N bo`lgan jism osilgan.Jismning og`irlik kuchi tasirida sim 0.5mm ga uzaygan bo`lsa,uning bikirligini toping.
Impuls va uning saqlanish qonuni. Impuls-lotinchadan olingan bo`lib ‘turtki’ degan manoni anglatadi.
Impulslar 2 xil bo`ladi.
1.Jism impulsi.
2.Kuch impulsi.
Jism impulsi deb-jism tezligining massasiga ko`paytimasiga aytiladi.
P=mv [kgm/s]
Kuch impulsi deb- jismga tasir etayotgan kuchni, shu kuchni tasir etish vaqtining ko`paytmasiga aytiladi.
I=Ft [Ns]
Impulsning saqlanish qonuni: Yopiq sistemani tashkil etgan jismlar impulslarining vector yig`indisi bu sistemadagi jismlarning bir-biri bilan bo`ladigan har qanday o`zaro tasirida o`zgarmaydi.
Reaktiv harakat deb, jism va shu jismdan tashqariga chiqarib yuboriladigan modda orasidagi tasirlashishga asoslangan harakatga aytiladi.
Jism impulsining o`zgarishi- :
m massali jism tekislikka v tezlik bilan tik yo`nalishda noelastik urilganda:
m massali jism tekislikka α burchak ostida v tezlik bilan noelastik urilganda:
m massali jism tekislikka v tezlik bilan elastik urilgandegi impulsning o`zgarishi:
m massali jism tekislikka α burchak ostida v tezlik bilan elastic urilganda:
Masala yechish namunasi:Tezligi 27 km/soat bo`lgan velosiped va avtomashinaning impulslarini toping. Velosipedning massasi 100kg (haydovchisi bilan birgalikda), avtomashinaning massasini 1200 kg deb oling.