Qattiq jism muvozanatining 3 xil turi mavjud:turg`un, turg`unmas va befarq.
1.Agar jism muvozanat holatidan biroz og`dirilganda uni muvozanat holatiga qaytaruvchi kuch yuzaga kelsa, bunday muvozanat turg`un muvozanat (a) deyiladi. Botiq sirtda turgan va yengil ipga osilgan jismning muvozanati turg`un muvozanatga misoldir.
2.Agar jism muvozanat holatidan bir oz og`dirilganda uning og`ishi davom ettiruvchi kuch yuzaga kelsa bunday muvozanat turg`unmas muvozanat (b) deyiladi. Qavariq sirtda turgan jismning muvozanati turg`unmas muvozanatga misoldir.
3.Muvozanat vaziyatidan chiqarilganda massa markazining vaziyati o`zgarmaydigan jismning muvozanati befarq muvozanat (d) deyiladi. Gorizantal sirtda turgan jismning muvozanati befarq muvozanatga misoldir.
Adabiyotlar. 1.A.Qosimov, X.Jo`raqulov, A.Safarov. Fizika kursi. Toshkent. “O`zbekiston”, 1994y, I tom. Mexanika. 38-50-betlar.
2.T.I.Trofimova. Kurs ishi. Moskva. 1998 g. str. 13-17.
3. CH. Kittel, U. Nayt, M. Ruzerman. Berklevkiy kurs fizika. Tom I. Mexanika. Moskva. “Nauka”, 1983 g. str. 88-92; 94-100.