Masala yechish namunasi:Nuqta garmonik tebranma harakat qilmoqda. Maksimal siljishi va tezligi mos ravishda 0.05m va 0.12m/s ga teng. Maksimal tezlanishini toping va siljish 0.03 m ga teng bo`lgan momentda nuqtaning tezlik va tezlanishini toping.
Dinamika. Dinamikada moddiy nuqta va qattiq jismlarning mexanik harakati ularning massasiga, harakatni vujudga keltiruvchi kuchlarga bog`liq ravishda o`rganiladi. Dinamika yunoncha ‘dynamics’ so`zidan olingan bo`lib, kuch degan manoni anglatadi.
Jismlarning bir-biriga tasiri natijasida tezlanish olishiga sabab bo`ladigan miqdoriy o`lchamga kuch deyiladi.Kuch ham miqdorga hamyo`nalishga ega bo`lgan vector kattalik.Kuch qo`yilish nuqtasi bilan ham harakterlanadi.Birligi-Nyuton(N).
Jism o`z tezligini saqlashga intilish hodisasiga inersiya deyiladi.
Jismning harakati orqali aniqlangan massa inert massa deyiladi.
Hajm birligiga to`g`ri keladigan massaga moddaning zichligi deyiladi.
[kg/m3]
Nyutonning 1-qonuni. Har qanday jismga unga boshqa jismlar tasir qilmaguncha o`zining tinch holatini yoki to`g`ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.
Shunday sanoq sistemalari borki bularga nisbatan ilgarilanma harakat qiluvchi jismga tasir etuvchi kuchlarning teng tasir etuvchisi nolga teng bo`lsa, jismning tezligi o`zgarmaydi.
Enersila sistema deb ataluvchi shunday sanoq sistemalar mavjudki, undagi jism boshqa jismlardan yetarli darajada uzoq joylashgan bo`lsa, tinch yoki to`g`ri chiziqli tekis harakatda bo`ladi.
Nyutonning 2-qonuni. Har qanday jismning inersiyal sanoq sistemalarida erishadigan tezlanishi tasir etuvchi kuchga to`g`ri proporsional bo`lib, jismning massasiga esa teskari proporsional bo`ladi.
Nyutonning 3-qonuni. Jismlar bir biriga ayni bir to`g`ri chiziq bo`ylab yo`nalgan, absolyut qiymati jihatidan teng va yo`nalishi jihatidan qarama-qarshi kuchlar bilan tasir qiladi.
Nyutonning ikkinchi va uchinchi qonuni birlashmasidan chiqqan xulosa:
– teng tasir etuvchi kuchlar quyidagicha aniqlanadi:
kuchlar bir xil yo`nalgan bo`lsa:
kuchlar qarama-qarshi yo`nalgan bo`lsa:
kuchlar o`zaro perpendikulyar yo`nalgan bo`lsa:
kuchlar o`zaro α burchak hosil qilgan bo`lsa: