Iteratsion jarayonning yaqinlashish tezligi qo‘llanilayotgan taqribiy usullarning samaradorligini taqqoslashda muhim ahamiyatga ega. Iteratsion usul m-tartibga (yoki m – yaqinlashish tezligiga) ega deyiladi, agar m eng katta musbat son bo‘lib, uning uchun shunday q>0 – chekli musbat son mavjud bo‘lsaki, u ushbu
xn+1 – x qxn – x m shartni qanoatlantirsa. (xn – x ) miqdor iteratsiyaning bajarilayotgan qadamidagi absolyut xatosi, q o‘zgarmas son asimptotik xatoning konstantasi deb ataladi. Bu q o‘zgarmas son f(x) funksiyaning x = x nuqtadagi hosilasi orqali baholanadi.
Agar m=1 va q (0;1) bo‘lsa, u holda qo‘llanilayotgan usul chiziqli yaqinlashish tezligiga ega deyiladi (ba’zida bu holdagi usul maxraji q ga teng bo‘lgan geometrik progressiya tezligi bilan yaqinlashadi deyiladi). Agar baholash
xn+1 – x qn+1xn – x m, n da qn0
kabi bo‘lsa, u holda bu usul o‘ta chiziqli yaqinlashish tezligiga ega deyiladi. O‘ta chiziqli tezlik haqida 1<m<2 bo‘lganda ham gap borishi mumkin.
Agar m=2 bo‘lsa, u holda yaqinlashish tezligi kvadratik deb ataladi (bunda q ga cheklash qo‘yilmaydi). m>2 qiymatlarda unga mos usullar yuqori tartibli iteratsion usullar deb ataladi. Bunda m qancha katta bo‘lsa usulning yaqinlashishini bajaruvchi shart shuncha qat’iylashib boradi.
Hisoblashlarda q konstantaga nisbatan yaqinlashsh tezligi m ning ahamiyati kattaroq.
Agar ikkala usulda ham m bir xil bo‘lsa, u holda q kichik bo‘lgani tezroq yaqinlashadi.
Dastlabki hollarda chiziqli yaqinlashuvchi usul (q=0 bo‘lganda) kattaroq qiymatli kvadratik yaqinlashuvchu usulga nisbatan tezroq yaqinlashadi. m ning kattaroq qiymati tezroq yaqinlashishni ta’minlasada, q ning kichik qiymatida chiziqli tezlik ma’qul. Ammo q konstanta 1 ga yaqin bo‘lsa, u holda chiziqli tezlikning yaqinlashishi juda sustlashadi.
2>