Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


BOLALARDAGI OLIY NERV FAOLIYATINING



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bolalar fiziologiyasi

BOLALARDAGI OLIY NERV FAOLIYATINING
XUSUSIYATLARI
Oliy nerv faoliyati degan tushunchani fanga I.P.Pavlov kiritgan. Oliy nerv
faoliyati (ONF) nerv tizimi yuqori bo’limlarining odam va hayvonlarning muhit
o’zgarishlariga 
moslashishiga 
qaratilgan 
individual 
xatti-harakatlarini
birlashtiruvchi faoliyatidir.
Oliy nerv faoliyati atamasini “ruhiy faoliyat” tushunchasining ekvivalenti
desa bo’ladi. I.P.Pavlov ONF tushunchasini “quyi nerv faoliyatidan” ajratish
kerakligini ta’kidlagan.
Quyi nerv faoliyati muayyan organizmning shartsiz reflekslaridan iboratdir.
Bu reflekslar turning har qaysi namoyondasiga xos kerakli retseptiv soha
adekvat ta’sirlovchi bilan ta’sirlanganida qonuniy ravishda yuzaga chiqadi.
Shartsiz reflekslar organizmning gomeostazni ta’minlash uchun zarur bo’lgan
faoliyatlarini birlashtiradi.
ONF quyi nerv faoliyati zaminida shakllanadi va individual hayot davomida
organizm o’zlashtirgan turli biologik sifatga ega reaksiyalar yig’indisini tashkil
etadi. Bu reaksiyalar juda murakkab va xilma-xil: shartli reflekslar va ular bilan
bog’liq fiziologik hodisalar, II signal tizimining rivojlanishi, hissiyotlar,
maqsadga erishishga qaratilgan faoliyatlar va boshqalar.
Bolalarda ONF ning shakllanishi juda murakkab jarayon. Bu faoliyatda
yoshga bog’liq bo’lgan jiddiy o’zgarishlar kuzatiladi. Ular po’stloqning
assotsiativ, xususan peshona va pastki chakka sohalari kengayishi bilan bog’liq.
O’sish jarayonida bu sohalarning yuzasi 9 marta ko’payadi va po’stloq umumiy
yuzasining 2/3 qismini egallaydi.
EMIZIKLI BOLALARDA OLIY NERV FAOLIYATINING
XUSUSIYATLARI
Yangi tug’ilgan chaqaloqni tashqi muhit bilan juda oz shartsiz reflekslar
bog’lab turadi. Bu reflekslar asosida eng avval interotseptiv va propriotseptiv
shartli reflekslar paydo bo’ladi. Agar 5-6 kunlik bolani emizish orasidagi vaqt
aniq bo’lsa (masalan, bola har 4 soatda emizilsa), ovqatlanish vaqtidan bir necha
daqiqa avval u bezovtalanib, uyg’onadi. 6-7 kunlik bolalarda emizishdan 30
daqiqa oldin qonda leykotsitlar miqdori ko’payadi, gazlar almashinuvi
jadallashganini qayd qilish mumkin. Bola hayotining ikkinchi haftasi oxirida
“emizish holatiga” shartli so’rish refleksi paydo bo’ladi: emizish uchun bolani
qo’lga olish teri retseptorlarini, proprio-
va vestibulyar retseptorlarni
qo’zg’atuvchi shartli signal sifatida xizmat qiladi. Shartsiz ta’sirot – emish esa
mustahkamlovchi vazifani bajaradi.
Bola 3 oylik bo’lganidan keyin eksteroretseptorlardan shartli reflekslar paydo
bo’la boshlaydi. Birinchi galda, ko’ruv retseptorlari ta’sirlanishi natijasida
vaqtinchalik aloqalar yuzaga chiqadi. Bola tanish odamlar nigohini ko’rganda,


umumiy “jonlanish” bilan javob beradi, yuzini yuvmoqchi bo’lgan onasining
sovunlangan qo’lini ko’rsa, qichqiradi va aftini o’giradi.
Ko’ruv ta’sirlovchilariga shartli reflekslarning hosil bo’lish tezligi va
ularning mustahkamligi ko’ruv retseptorlar bilan bir vaqtda taktil va
vestibuloretseptorlar qo’zg’alganida yuqori bo’ladi.
Keyinroq eshituv analizatori ishtirokida shakllanadigan vaqtinchalik
aloqalarni ham taktil va vestibuloretseptorlarning bir vaqtda qo’zg’alishi
tezlashtiradi va mustahkamlaydi.
Demak, oliy nerv faoliyati ontogenezida turli analizator tizimlarning ishtiroki
teng qimmatli emas. Faoliyat ko’rsatish jihatidan hali yetarli darajada
rivojlanmagan analizator tizimlar orqali tashqi muhit hodisalarini tafovut qilish
ayni vaqtda yetuk rivojlangan sensor tizimlar yordamida yuzaga chiqadi.
Tabiiy shartli reflekslarning shakllanish fursati analizatorlar o’tkazuvchi
yo’llarining yetilish vaqtiga to’g’ri keladi. Bola 3 oylik bo’lganidan keyin shartli
reflekslarni barcha analizatorlar ishtirokida hosil qilish mumkin.
Avval shartli refleks hosil qilish uchun shartli signalni shartsiz ta’sirlovchi
bilan ko’p marta takrorlash kerak. Bola o’sishi bilan takrorlanishni kamaytirgan
holda mustahkam shartli refleksni yuzga chiqarish imkoniyati tug’iladi.
Bolalarda harakat bilan bog’liq shartli reflektor faoliyat tiklanishida uchta
bosqich kuzatiladi. Birinchi bosqichda javoblar kuchsiz va noaniq bo’lib,
chamalash reaksiyasiga o’xshaydi. Shartli reflektor harakat vegetativ
komponentining kuchliligi ko’zga tashlanadi (yurak faoliyati va nafas sezilarli
darajada o’zgaradi). Ikkinchi bosqichda ixtisoslashgan reaksiya ancha
uyg’unlashadi, ammo uning vegetativ komponenti sezilarlicha qolaveradi.
Uchinchi bosqichda shartli reflektor harakat har gal aniq va kuchli, vegetativ
komponentlar esa juda sust bo’ladi.
Shartli signallarni farqlash va ularga ixtisoslashgan holda javob berish
tormozlanish jarayonining rivojlanishi bilan bog’liq. Shartsiz tashqi
tormozlanishni shartli reflektor faoliyat paydo bo’lishi bilanoq kuzatish
mumkin. Har qanday yot ta’sirot ekstero- yoki interoretseptorlarni qo’zg’atib,
shartli 
refleksni 
tormozlashi 
mumkin. 
Murg’ak 
bolalarda 
tashqi
tormozlanishning osonlik bilan yuzaga chiqishiga shartli reflekslarning uyg’un
emasligi sabab bo’ladi.
Shartli yoki ichki tormozlanish keyinroq paydo bo’ladi. So’nish va farqlash
tormozlanishini 2,5-3 oylik bolalarda yuzaga chiqarish mumkin. Avval bolalar
bir-biridan sezilarli darajada farqlanadigan shartli signallarni ajratadi (masalan,
qo’ng’iroq tovushini hushtakdan). 6 oyga borib farqlash tormozlanishi
oydinlashadi.
Shartli tormoz tipidagi tormozlanish farqlash tormozlanishidan keyinroq
paydo bo’ladi. Kechiktirilgan tormozlanish belgilarini bola 5 oylik bo’lganida
kuzatish mumkin.
Bola hayotining ikkinchi yarim yilida uning bedor bo’lish vaqti ortadi.
Demak, katta yarimsharlar po’stlog’ining faollik ko’rsatish vaqti ham uzayadi.


Bu vaqtga kelib bolalarda ONF ning tipologik belgilari namoyon bo’la
boshlaydi. Ba’zi bolalarda musbat va tormozlovchi shartli reflekslar tez hosil
bo’lishi va mustahkamlanishini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu shartli qo’zg’alish
va shartli tormozlanish muvozanatlanganini ko’rsatadi. Bolalarning boshqa bir
qismida musbat shartli reflekslar tez hosil qilingan bir vaqtda, shartli
tormozlanishni yuzaga chiqarish qiyin bo’ladi (muvozanatlanmaganlik belgisi).
Musbat va manfiy shartli reflekslar hosil qilinishi qiyin bo’lgan bolalar ham
uchraydi (ONF i kuchsiz tip).
Bir yoshgacha bo’lgan bolalar ovqatlantirish va uxlatish tartibi buzilishini
og’ir kechiradilar, chunki ularda (ovqatlantirish, uxlatish, bedor holatda bo’lish
tartibiga qat’iy rioya qilinsa) interoretseptiv shartli reflekslar stereotipi yaxshi
shakllangan va ularning ahamiyati ekteroretseptiv stereotip ta’sirotlardan
ustunroq bo’ladi. Faqat yilning oxiriga borganda ekteroretseptiv ta’sirotlar
kompleksining bola uchun ahamiyati ortadi. Endi ular uchun kun tartibidan
tashqari atrof-muhit ahamiyat topadi, tashqi ta’sirlovchilarga vaqtincha aloqalar
shakllanadi (yashagan xonasi, o’yinchoqlar, unga qaraydigan odamlar qiyofasi,
ovozi va boshq.). Bu ta’sirlovchilarni ham bola bir butun holda –
kompleksligicha qabul qiladi.
Ko’pincha so’z tashqi ta’sirlovchilar kompleksining tarkibiy qismi bo’lib
xizmat qiladi. 10-12 oylik bola “burningni ko’rsat”, “qo’lingni ber” kabi so’z
shaklidagi signallarga adekvat javob beradi. Ammo bu vaqtda so’z mustaqil
signal emas, balki kompleksli ta’sirlovchining tarkibiy qismi vazifasini bajaradi.
Masalan, “Onang qani?”- degan savol faqat bolaga tanish (u o’rgangan)
sharoitda to’g’ri javob reaksiyasiga olib keladi. Murakkab kompleksli
ta’sirlovchining biron-bir komponenti o’zgarsa (masalan, bu so’zlarni notanish
odam aytsa), to’g’ri javob reaksiyasi yo’qoladi. Kompleks komponentlari to’la
saqlangan holda, “onang qani?” so’zlari o’rniga shunga yaqin boshqa so’zlar
ishlatilsa, to’gri javob reaksiyasi tiklanadi. Demak, bu paytda so’z-ta’sirlovchi
kompleksning kuchsiz komponenti. Keyin u asta-sekin kuchli va mustaqil
signalga aylanadi.
So’z ta’sirlovchilar yig’indisining doimiy komponenti bo’lgani uchun vaqt
o’tishi 
bilan 
butun 
kompleks 
o’rnini 
egallaydi. 
So’zning 
boshqa
komponentlardan ajralishi bola bir yoshga to’lganida tugaydi.
ERTA BOLALIK DAVRIDA OLIY NERV FAOLIYATINING
XUSUSIYATLARI
Bola hayotining ikkinchi yilida shartli reflektor faoliyat keskin o’zgaradi.
Bola atrofidagi umumiylashgan muhitdan ayrim buyumlarni ajrata boshlaydi va
ularga nisbatan muayyan xatti-harakatlarni yuzaga chiqaradi: stulchaga o’tiradi,
qoshiq yordamida ovqat yeydi, piyoladan suv ichadi. Bu harakatlar


chegaralansa, bolaning bilim orttirishi keskin kamayadi, uning ruhiy rivojlanishi
kechikadi.
Bolaning turli buyumlar bilan muloqoti unda umumiylashtirish qobiliyatini
rivojlantiradi. Bu qobiliyat faqat inson miyasining xususiyatidir. Gap tushunarli
bo’lishi uchun bir misol keltiramiz. Bola ilk bor archani ko’rganida, uni
ushlaydi, ignalarining hidini sezadi va bir qator bevosita taassurotlar oladi. Bu
vaqtda “archa” degan so’z bola oldidagi konkret, yagona archadan olingan
tasavvurning signali hisoblanadi. Bola ko’p archalarni ko’rganidan keyin
“archa” so’zining ma’nosi kengayadi, konkretligi kamayadi. Bolada ko’p
predmetlarni birlashtiruvchi “daraxt” degan tushuncha paydo bo’ladi. Keyin
bola juda keng bo’lgan “o’simlik” tushunchasini o’zlashtiradi.
Bu davrda bola ONF i rivojlanishi uchun stereotip shaklida o’z ta’sirini
ko’rsatadigan tashqi muhit omillariga nisbatan hosil bo’ladigan vaqtinchalik
aloqalar tizimlarining ahamiyati ortadi. Endi bola uchun faqat kun tartibi
(ovqatlanish, uxlash, o’ynash vaqti va boshq.) emas, balki shu holat va
harakatlarning elementlari, hamda ularning ketma-ketlik tartibi ham ahamiyatli
bo’lib qoladi. Nerv jarayonlari yetarli kuch va harakatchanlikka ega bo’lmagan
bu davrda bolalarda moslashishlarni yengillashtiradigan stereotiplarga ehtiyoj
katta bo’ladi.
O’tkazilgan maxsus tajribalar uch yoshgacha bo’lgan bolalarda ko’p
stereotirplarga shartli reflekslar hosil qilish osonligini ko’rsatgan.
BIRINCHI BOLALIK DAVRIDA OLIY NERV FAOLIYATI
Bu davr uchun ichki tormozlanishning tez rivojlanishi xosdir. So’nish va
farqlash tormozlanishini avvalgi davrdan ancha tez yuzaga chiqarish mumkin
bo’ladi. Tormozlanish jarayonining kuchi va davomiyligi ortadi. Bular natijasida
harakatlar oydinlashadi, befoyda harakatlar soni kamayadi. Avval orttirilgan
tajriba va ko’nikmalardan foydalanish darajasi ortadi.
Stereotiplarning ahamiyati oshib boradi, ular bolaning xatti-harakatlari
shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Stereotiplarni o’zgartirish bola uchun endi
qiyinchilik tug’dirmaydi, ularni o’zgartirishni bola o’yin sifatida qabul qiladi.
Birinchi bolalik davrida qo’zg’alish jarayonining MNT da kuchli tarqalishiga
(irradiatsiyaga) uchrashi ko’zga tashlanadi. Masalan, bog’cha tarbiyachisi:
“Besh deganda, qo’lni ko’tarasizlar”- desa, bolalar boshqa so’zlarga ham qo’lni
ko’taraveradilar.
Bolalikning bu davrida murakkab ta’sirlovchilarga shartli reflekslar hosil
bo’ladi, I va II signal tizimlar o’rtasidagi munosabatlar rivojlanadi. O’qish va
yozishni o’rganish mavhum fikr yuritishni shakllaydi. Ammo faol diqqat bilan
aqliy ish bajarish qobiliyati bolalarda cheklangan bo’lib, u 15 daqiqadan
ortmaydi.


6 yoshdan boshlab bolalar o’z xulq-atvorini oldindan olingan ko’rsatmalar
asosida boshqarish imkoniyatini egallaydilar. Ular bir necha bosqichli harakatlar
rejasini esda saqlab, bu harakatlarni bajara oladilar.
So’z ko’rsatmalariga bo’ysunish, xatti-harakat rejasini esda saqlash, uni
sharoit o’zgarishlariga moslash, erishish mumkin bo’lgan natijani oldindan
baholash oliy assotsiativ tizimlar ishtirokida yuzaga chiqadi. Shu sababdan 7
yoshga borib, peshona sohasi po’stlog’i morfologik kamolga yetadi.
IKKINCHI BOLALIK DAVRIDA OLIY NERV FAOLIYATI
Bu davrda qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari yetarli kuchga ega bo’lib,
muvozanatlashadi, ichki tormozlanishning bor turlari yaxshi shakllanadi.
Bolaning harakatlari jadal takomillashishiga qaramay, ular nafis va aniq
harakatlarni bajarishda qiynaladilar.
8 yashar bolalarda diqqat va quntni ta’minlovchi mexanizmlar yetarli
darajada rivojlangan emas. Ular tez charchaydilar, o’quv topshiriqlarining
ko’pligi nevrotik holatga olib kelishi mumkin.
Umuman, bolaning maktabga borishi bola ruhiyatining shakllanishiga kuchli
ta’sir qiladi, chunki uning hayoti maktabgacha bo’lgan davrga nisbatan tubdan
o’zgaradi. Bu davrga kelib bosh miya po’stlog’i rivojlanishda katta yoshdagi
odamnikiga yaqinlashadi.
ONF ning tipologik xususiyatlari oydinlashadi, ammo nerv jarayonlarining
kuchi, harakatchanligi va muvozanatlashishi yosh bilan bog’liq holda o’zgarib
boradi. Shuning uchun bolaning ONF tiplari to’g’risidagi gaplarni juda shartli
deb hisoblash kerak.
O’SMIRLIK DAVRIDA OLIY NERV FAOLIYATI
Balog’atga yetish davrida o’g’il va qiz bolalarning ichki sekretsiya bezlari
faoliyatida keskin o’zgarishlar kuzatiladi. Tabiiyki, ular ONF i uchun befarq
emas. Qo’zg’aluvhcanlikning umuman kuchayishi, tormozlanishning susayishi
bolaning xulq-atvoridagi o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Ularda jizzakilik,
charchoqlik, uyquning buzilishlarini kuzatish mumkin.
Shartli reflektor faoliyat farqlashlarning qiyinlashishi, reflekslar latent
davrining uzayishi, shartli signal sifatida qo’llanilgan so’zlarga yangi vaqtincha
aloqalar o’rnatilishining qiyinlashishi bilan xarakterlanadi.
O’smir qizlarda (ba’zan o’g’il bolalarda ham) aqliy mehnat faoliyati
pasayadi, ruhiy muvozanatsizlanish, hissiyotlarning kuchayishi kuzatiladi.
Kattalar, o’qituvchilarga bo’lgan muomalasida keskinlik, tanqid qilish zo’rayib
ketadi, noxush xatti-harakatlar ham uchrab turadi. Bu davrda bolalarga nisbatan
sabr-toqatli bo’lish kattalarning burchidir.


NUTQNING SHAKLLANISHI
Hayvonot olamida insonlarning alohida o’rin tutishi nutqqa va ongga bog’liq.
Og’zaki va yozma nutq faqat odamga xos ikkinchi signal tizimining zaminidir.
Ontogenezda nutqning rivojlanishi uni ta’minlovchi tuzilmalarning
funksional yetilishidan ko’ra ko’proq ijtimoiy omillarga bog’liq.
Bola nutqining shakllanishi asosan hayotining 2-3-yilidan boshlanadi. Bir
yoshgacha ularda nutq rivojlanishining tayyorlovchi bosqichi kuzatiladi.
Qichqirish, yig’lash nutqqa tayyorlovchi shakllar bo’lib, bola ulardan ma’lum
noqulaylik sezganda (tagi ho’l bo’lganda, qorni ochganda) foydalanadi. 2-3
oylik bola “gu-gu” lab, ayrim qisqa tovushlar chiqaradi. 4-5 oylik bolalardan
ikki-uch xarfdan iborat so’zlarni eshitish mumkin. Hayotining ikkinchi yarim
yilida bola kattalar gapini tushuna boshlaydi. 7-8 oylik bola kattalar nutqidagi
tovushlarni takrorlay oladi, 9-10 oyda kattalar ketidan yangi bo’g’inlarni
takrorlaydi. Bir yoshga to’lgan bola o’nga yaqin oddiy va soddalashtirilgan
so’zlarni gapiradi. 1-1,5 yashar bolaning so’z zahirasi 10-20 ta so’zni tashkil
qilib, faqat otlardan iborat bo’ladi.
So’z zahirasi kengayishi natijasida 1,5-2 yashar bola so’zlarni kalta gaplarga
birlashtiradi. Ikki yashar bola 200 ga yaqin so’zni o’zlashtirgan bo’ladi. Bu
so’zlar tarkibiga endi faqat otlar emas, sifat va fe’llar ham kiradi.
2-3 yashar bolalar tilning grammatikasidan foydalana boshlaydilar. Endi bola
tuzgan gaplar ko’p so’zlardan iborat bo’ladi. Uch yoshga borib bola nutqining
shakllanishi deyarli tugaydi. Keyingi yillarda bola o’z fikrini to’g’ri grammatik
holda bayon etishni o’rganadi.
Qizlar o’g’il bolalarga nisbatan ertaroq gapira va o’qiy boshlaydilar. Qizlar
o’qishni o’rganishda kamroq qiynaladilar. O’qishni o’rgana olmaydigan o’g’il
bolalar soni bunday qiz bolalar sonidan 4 marta ko’p.
Insoniyat – ijtimoiy hodisa. Insonlar uchun o’zaro muloqot, axborot
almashinuvi juda muhim. Bunga imkoniyat bo’lmasa, bola insonlardan ajratilsa,
uning nutqi rivojlanmaydi, u shaxs sifatida shakllanmaydi.
Bola odamlar orasida o’sib, tengdoshlari bilan muloqotda bo’lgan holdagina
miyaning nutqqa dahldor sohalarining tuzilishi va faoliyat ko’rsatish darajasi
yetarli bo’ladi.
Biron-bir tadqiqotchi bolani jamiyatdan ajratib o’stirishni hayoliga ham
keltirmagan. Ammo bunday g’ayritabiiy hodisalar hayotda uchrab turadi. Bunga
misol qilib 1970-yil Kaliforniyada topilgan Jini degan qizaloq tarixini keltirish
mumkin. Jamoatchilik e’tiboriga tushganida u 13 yoshda edi. 20 oyligidan to
topilgunicha Jinini ruhiy kasallikka duchor bo’lgan otasi juda kichik bir xonaga
qamagan. Maxsus moslamalar yordamida qizchani kursiga shunday
bog’laganki, u faqat qo’l va oyoq kaftlarini harakatlantira olgan. Ko’zi ojiz
onasini esa qizini oldiga kiritmagan. 13 yil davomida qiz bironta odam bilan
muloqotda bo’lmagan. Ovqati faqat sut va kichkina bolalarga beriladigan sutli
aralashmalardan iborat bo’lgan.


13 yoshida qizning vazni 23 kg edi (oddiy sharoitda yashagan 7 yashar
bolaning vazniga teng). U qo’l-oyoqlarini yoza olmas, chaynashni bilmas edi,
to’g’ri ichagi va qovug’i faoliyatini ixtiyoriy ravishda boshqara olmas edi. Jini
biron bir so’zning ma’nosini tushunmas, mutlaqo gapira olmasdi. Onasining
so’zlariga qaraganda, kichikligida qizi boshqa bolalarga o’xshagan sog’lom bola
bo’lgan.
Atrofdagilar nazariga tushganidan keyin 6 yil davomida Jini ko’p
mutaxassislar tomonidan tekshirilgan. Psixolog va pedagoglar uni tarbiyalash va
o’qitishga harakat qilganlar. Ularning urinishlari tufayli qiz juda os hajmda
bo’lsada, gapga tushunadigan bo’ldi, 2-3 yashar boladek “sut ber”, “qo’l ikkita”
degan so’zlarni o’rgandi. U ba’zi narsalardan foydalanishni o’zlashtirdi, uncha-
muncha rasm chizadigan bo’ldi. Undan tashqari, yurishni o’rgandi va
supermarketga olib borishganida, uni qiziqtirgan qandolatlar bo’limini topib
borardi. Demak, u fikrida fazo xaritasini tuzish qobiliyatiga ega bo’lgan.
Ammo Jinining nutqi bundan keyin rivojlanmadi. Nutqi 2 yashar bolalar yo’l
qo’yadigan xatolarga to’lib ketardi.
Qiz ayrim so’zlarni talaffuz qilganida yoki rasmlarni tomosha qilgan vaqtda
qayd etilgan elektroensefalogrammalarning ko’rsatishicha, u nutq uchun ham,
nutqqa bog’liq bo’lmagan faoliyatni bajarganda ham miyaning o’ng
yarimsharidan foydalangan. Vaholanki, nutq chap yarimsharning vazifasi
hisoblanadi.
Jinini kuzatgan mutaxassislarning fikricha, tilni o’zlashtirish yarimsharlar
ixtisoslashishining zarur sharti. Agar bola o’z vaqtida gapirishni o’rganmasa,
odatda nutq va u bilan bog’liq bo’lgan po’stloq osti sohalari funksional
atrofiyaga uchraydi.
HISSIYOTLARNING RIVOJLANISHI
Yangi tug’ilgan chaqaloq qaysi millatga mansub bo’lmasin, iljayganga
o’xshab turadi. 2-3 oylik bolalar esa kimni ko’rmasin, jilmayadi. Bu
kulimsirashlar o’ziga xos himoya reaksiyasi bo’lib, itoat qilish, tajovuzsizlikni
ifodalaydi.
Chaqaloq tug’ilganidan keyin yuzaga chiqaradigan birinchi tovushi
qichqirishdir. Hayotining birinchi haftalari chaqaloq hadeb yig’layveradi. Vaqt
o’tishi bilan uning jilmayishlari ko’payadi. Bunga turli ta’sirotlar sabab bo’ladi.
Bola taxminan 2,5 oylik bo’lganida “ijtimoiy” jilmayish – boshqa odam
nigohiga qaratilgan jilmayish paydo bo’ladi. Shu paytdan boshlab bola ijtimoiy
muloqot talab qiladi.
Evolyutsiya nuqtai nazaridan kulimsirash va qichqirishlarning hayotni saqlab
qolish uchun ahamiyati tushunarli. Yig’lash – birinchi va eng muhim hissiy
signal. Uning yordamida bola ustida qayg’uruvchilarga o’zining qaysidir
ehtiyoji qondirilmagani to’g’risida ma’lumot beradi. Sotsial kulimsirash bolaga


qaraydiganlarning e’tiborini unga tortadi, mehr qo’yishga sabab bo’ladi. Bolaga
e’tibor berish erkalash rivojlanishini rag’batlantiradi.
Bolalar ilk bor birovlar nigohini ko’rib, kulimsiraganlarida bir shaxsni
ikkinchi shaxsdan ajrata olmaydilar. Faqat 5-6 oylik bo’lganlarida tanishlarni
dadil aniqlaydilar. Deyarli shu vaqtda hissiyotning hamma bolalar uchun xos
(universal) boshqa shakli – notanishlar unga yaqinlashganda, qo’rqish va onasini
ko’rmaganda bezovtalanish paydo bo’ladi. Hissiyotning bu ikki shakli bola ikki
yoshga to’lganida yo’qoladi.
Hissiyotlarning hamma emizikli bolalarda bir xilda shakllanishi bu jarayon
psixologik omillardan ko’ra ko’proq biologik omillarga bog’liqligini ko’rsatadi.
Markaziy nerv tizimidagi tolalarning miyelin bilan qoplanishi shu omillardan
biri bo’lishi mumkin. 6 oydan 15 oygacha bo’lgan davrda bosh miyadagi tolalar,
shu jumladan gippokampni gipotalamus bilan, ularni talamus orqali yarimsharlar
po’stlog’i bilan bog’laydigan tolalar tez miyelinlashadi. Miyelin bilan qoplanish
bu miyaning yetilishi, miyelinli tola bo’ylab impulslar o’tishini yengillashtiradi.
Onasidan ajratilganda norozi bo’lish bola “ob’yekt doimiy” ligini anglaganda
yo’qoladi. Endi shaxs va narsalar bola ularni ko’rmaganida, eshitmaganida, qo’li
bilan ushlab ko’ra olmaganida ham saqlanib qolishini bola tushunadi. Bolaning
intellekti rivojlanishidagi bu juda muhim bosqich 2 yoshga to’g’ri keladi.
Bolalar faol ma’lumot qidiradilar, duch kelgan har qanday narsaning
ahamiyatini bilishga intiladilar, yangi narsa va hodisalarga qanday munosabatda
bo’lish kerakligini aniqlashni xohlaydilar.
Qo’rqish bolalarda juda erta rivojlanadigan hissiyotdir. Qattiq tovush,
tayanchni yo’qotish ularda cho’chish reaksiyasini yuzaga chiqaradi. Bu hali
ixtisoslashmagan umumiy reaksiya. Ularning ixtisoslashishi (masalan,
balandlikdan qo’rqish) bola emaklab, yurib, tajriba orttirishiga bog’liq. Undan
tashqari, qo’rqish hissi shakllanishida “ijtimoiy ko’nikmalarni” o’rganishning
o’ziga xos shaklining ahamiyati katta. Tanish shaxslarni boshqalardan ajrata
oladigan darajagacha o’sgan bola, notanish hodisa bilan to’qnashganida,
onasining yuziga qaraydi, uning ovozi va imo-ishorasini kuzatadi. Ona bu
hodisaga qanday munosabatda: xotirjammi yoki bezovtalanayaptimi. Bola o’z
hissiy javobini onasinikiga hamohanglashtiradi va shu yo’l bilan hodisalar
ahamiyatini baholashni o’rganadi. Ilk bor bahaybat it bilan to’qnashganida,
onasi nigohida qo’rqishni ko’rganda bola ham cho’chiydi va it qo’rqish kerak
bo’lgan ob’yektligini bilib oladi.
Ba’zi bir hissiyotlarning shakllanishi batamom ijtimoiy ta’limga bog’liq.
Bulardan uyalish, hasadgo’ylik, aybni sezish va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Bunday hissiyotlar murakkab hissiyotlar, deyiladi. Ularni turli millat vakillarida
namoyon bo’lishida farq kuzatiladi. Maslan, Taitida qayg’uni namoyish qilish
odobdan emas. Taitiliklar tilida bu hisni bildiradigan so’z ham yo’q. Shuning
uchun yaqin odami o’lib, biz qayg’u deb biladigan hissiyotni boshidan
kechirayotgan taitilik, o’z holatini hastalik, deb tushunadi.


Inson hissiyotlarining rivojlanishi – keng va tekis yo’l emas. Ularning
shakllanishida “fikrlovchi” – po’stloq va “sezuvchi” – limbik tizimlar
o’rtasidagi aloqadorlik muhim rol o’ynaydi.
BOLALARDA ELEKTROENSEFALOGRAMMANING
XUSUSIYATLARI
Elektroensefalografiya – bosh miya biotoklarini qayd qilish usuli. Markaziy
nerv tizimining faoliyati natijasida bioelektr jarayonlar yuzaga keladi.
Qo’zg’alish vaqtida nerv hujayralarida ionlarning qayta taqsimlanishi ro’y
beradi, miya to’qimasining manfiy zaryadlanuvchi sohalari o’rtasida potensiallar
farqi yuzaga keladi. Ushbu potensiallar farqi juda kichkina (voltning milliondan
bir ulushi) va ularni juda yuqori sezgirlikka ega bo’lgan uskunalar –
elektroensefalograflar yordamida o’lchash va qayd qilish mumkin. Hozirda
siyoh bilan yozuvchi ko’p kanalli elektroensefalograflardan keng foydalaniladi.
Biotoklar bosh terisining turli (peshona, chakka, ensa, tepa) sohalariga
o’rnatilgan kumush yoki qalay elektrodlar yordamida qayd qilinadi. EEG ni
yozishning monopolyar (bir qutbli) usuli ham mavjud. Bunda faol elektrod
boshning istalgan nuqtasiga, boshqa- indifferent (befarq) elektrod esa quloq
suprasining solinchak sohasiga o’rnatiladi. Tekshiruvni kerak bo’lmagan
yorug’lik va tovush ta’sirotlaridan to’silgan maxsus kameralarda o’tkaziladi.
Tekshiriluvchi odam maksimal darajada muskullarini bo’shashtirishi lozim. Har
qanday muskul qisqarishlari natijasida qo’shimcha biotoklar hosil bo’lib,
tekshiruvga xalaqit beradi.
Dastlabki sekin (1 sekundda 0,3-0,5 chastotaga ega) tolqinlar miyaning
“bioelektrik sukuti” fonida 1,5 oylik embrionda kuzatilishi mumkin. Odamning
5 oylik homilasida bosh miyaning spontan elektr faolligi kuzatiladi. Bu davrga
kelib elektroensefalogrammada bir-biridan uzoq (10 sekunddan 3 minutgacha)
davom etuvchi tanaffuslar bilan ajratilgan sekin tebranishlar kuzatiladi. Bunday
tebranishlar po’stloq osti tuzilmalarininf faolligi natijasi bo’lsa kerak.
Chaqaloq uyg’oq paytda uning elektroensefalogrammasida past amplitudali
(30-50 mkV) aritmik tebranishlar kuzatiladi. Chastotasi 1 sekundda 1-2 va 4-6 ta
bo’lgan tebranishlar ko’proq uchraydi (delta- va teta-ritmlar).
Kuchli ta’sirlovchilar (yorug’lik, tovush) EEG ning yassilanishiga olib
keladi. Bu “faollanish reaksiyasi” deb nomlanadi. Ushbu reaksiyaning
mavjudligi chaqaloqda retikulo-kortikal va talamo-kortikal aloqalarning
borligini isbotlaydi.
Bioelektr potensiallar bosh miyaning oldingi qismida, asosan katta
yarimsharlar po’stlog’ining harakatlantiruvchi pretsentral sohalarida yaqqol
namoyon bo’ladi. Chaqaloq bosh miyasining ensa qismida bioelektr faollik
kuzatilmaydi.
Bola 3 oylik bo’lganida EEG da birinchi marta turg’un faollik kuzatiladi.
Bunda chastotasi sekundiga 3-5 va 1 ga teng bo’lgan to’lqinlar qayd qilinadi. 5


oylik bolada esa chastotasi sekundiga 5 ga teng bo’lgan yanada to’g’ri ritmli
tebranishlar paydo bo’ladi. Ushbu tebranishlarning kelib chiqishi alfa-ritmga
yaqinroq.
3 yoshga to’lgan bolada chastotasi 1 sekundda 7-8 ta bo’lgan teta-ritm
ko’proq uchraydi. To’lqinlar amplitudasi 80 mkV gacha ortadi. Shu bilan bir
vaqtda EEG ritmlarining chastota tarkibi murakkablashadi.
4-6 yashar bolaning EEG sida chastotasi 1 sekundda 7-10 bo’lgan alfasimon
ritm ustun bo’ladi. Ushbu ritm po’stloqning ensa sohasida ko’p uchraydi.
Po’stloqning oldingi sohalari uchun esa yakka yoki to’p-to’p (1 sekundda 7 ta
chastotali) teta-ritm xos. Elektroensefalogrammaning tahlili shuni ko’rsatadiki,
maktab yoshidagi bolalarda po’stloqning assotsiativ sohalarining faolligi ortadi.
7-9 yoshda alfa-ritm (1 sekundda 9 ta) va teta-ritm (1 sekundda 4-7 ta) dominant
bo’lib, ular barcha tebranishlarning 25 % ini tashkil qiladi. 10-12 yashar
bolalarda alfa-ritmni generatsiyalovchi mexanizmlarning shakllanishi tugaydi.
Uning chastotasi katta odamlarnikiday ( 1 sekundda 10-12 ta bo’ladi).
16-18 yoshda bolaning EEG si katta odam EEG siga yaqinlashadi.
BOLALARDA UYQUNING XUSUSIYATLARI
Uyqu bolaning oliy nerv faoliyatida ro’y beruvchi jarayonlar ritmini,
metabolizm jarayonlarini, jismoniy rivojlanishni, o’sish va yetilishni
ta’minlovchi fiziologik faoliyatning tarkibiy qismidir. Bolalarda uyqu ko’p
bosqichli bo’lib, kun davomida chaqaloq 4-11 marta uyquga ketishi va
uyg’onishi mumkin. Yillar o’tishi bilan ko’p bosqichli uyqudan bir bosqichli
uyquga o’tish ro’y beradi. Bola hayotini birinchi oyining oxiriga kelib tungi
uyqu vaqti kunduzgi uyqu vaqtidan ortiqroq bo’ladi. Bolaning yoshi ortgan sari
uyquga bo’lgan ehtiyoj kamayib boradi (34-jadval).
34-jadval

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin