252
периодов, с другой стороны, в них широко присутствуют языковые
особенности тюркских народов, проживавших на этой территории. .
Ключевые слова: Золотая Орда, Средняя Азия, язык, письменность,
рукопись, графика, персидский, арабский, куманский, латинский,
монгольский, немецкий.
Annotation:
This article describes the language and writing characteristics
of the manuscripts "Codex Kumanikus" and "Kitab-i majmu-i tarjumon-u turkiy va
ajami va mugali va farsi", which have a special place in the history of the Turkic
peoples of the 14th century. Literary works created in Central Asia and the
territory of the Golden Horde during this period are very complex in terms of
language and differ from each other. Because the basis of the language of these
works is, on the one hand, the tradition of the Turkish literary language of the
previous periods, on the other hand, the language characteristics of the Turkic
peoples who lived in this territory are widely present in them.
Key words:
Golden Horde, Central Asia, language, script, manuscript,
graphics, Persian, Arabic, Cuman, Latin, Mongolian, German.
Turkiy tillarning taraqqiy etish jarayoni ba’zi davrlarda anchayin tezlashgan
bo’lsa, ba’zi davrlarga kelib bu jarayon bir oz sekinlashagani tarixiy manbalardan
barchamizga ma’lum.
Turkiy xalqlar yashaydigan hududlarining tashkil topishi va barqarorlashuvi
meloddan avvalgi birinchi mingyillikdan boshlab turli tarixiy davrlarga tegishli.
Bunday uzoq davr mobaynida turkiy tillarni hududiy til birligidagi qo’shni turkiy
tillar bilan ham, boshqa qardosh bo’lmagan tillar bilan ham yaqin aloqada bo’lishi
natijasida bir qancha umumiy leksik, fonetik hamda grammatik xususiyatlarga ega
bo’lganligini ko’rsatadi[1,17].
XIII–XIV
asrlar turkiy xalqlar va turkiy tillar tarixida alohida va murakkab
davrni tashkil etadi. Bu hol shu davr yozuv yodgorliklarida ham aks etgan.
Bu davrda O’rta Osiyo va Oltin O’rda territoriyasida
yaratilgan adabiy
asarlar til jihatidan ancha murakkab bo’lib, bir-biridan farq qiladi. CHunki, bu
asarlar tilining asosini, bir tomonidan, oldingi davrlar turkiy adabiy til tradisiyasi
tashkil etsa, ikkinchi tomondan, bularda shu territoriyada yashagan turkiy
xalqlarning til xususiyatlari ancha keng o’rin olgan.
Ushbu asarlarning til jihatdan
bir-biridan farq qilishiga, birinchi navbatda,
ularning juda katta manzilda va har xil joylarda yaratilganligi sabab bo’lgan.
Masalan, “Guliston bit-turkiy” asari Misrda, “Qisasi Rabg’o’ziy” va
“Muhabbatnoma” Xorazmda yaratilgan. “Nahjul farodis”ni ko’pchilik turkologlar
Volga bo’yida, ya’ni Oltin O’rda xonligining markazi bo’lgan Saroy shahrida
yaratilgan, deb hisoblaydilar. “Xusrav va SHirin” asari Oltin O’rda shahzodasi
253
Tinibek va uning xotini Xonmalikka bag’ishlangan bo’lib, asarning hozircha
ma’lum bo’lgan yagona nusxasi Berka Faqih ismli
shoir tomonidan Misrda
ko’chirilgan. “O’g’iznoma”ning yaratilgan joyini ba’zilar Turfanga, boshqalar
Ettisuvga nisbat beradilar. “Tafsir” Qarshi shahridan topilgan bo’lsa ham uning
qaerda yaratilganligi hozirgacha aniqlangan emas. Bundan tashqari, “O’g’iznoma”,
“Muhabbatnoma” kabi bir qator asarlar qadimgi uyg’ur yozuvida ham
ko’chirilgani, bu asarlarning arab va uyg’ur yozuvlaridagi nusxalari o’rtasida
strukturasi va til jihatdan ma’lum farqlarga ega bo’lishi kabi hollarni ham hisobga
olish kerak bo’ladi[8].
Turkiy tillar tarixida alohida ahamiyatga ega bo’lgan, yuqorida aytib o’tilgan
manzilda kitobat qilingan, XIV asr lug’atchilik an’anasini o’zida mujassam etgan
ikki buyuk obidaning biri “Kitab-i majmu-i tarjumon turkiy va ajamiy va
mo’g’uliy va forsiy” (qisqartirilgan nomi: “Tarjumon turkiy”) bo’lsa,
ikkinchisi
“Kodeks kumanikus” (qumanlarning muqovalangan qadimiy qo’lyozmasi)dir.
“Tarjumon turkiy” bugungi kunda Niderlandiyaning Leyden kutubxonasida Varner
qo’lyozmalar to’plamida 517 katalog (Leiden, Warner № 517) raqami bilan
saqlanadi. Leyden kutubxonasidagi qo’lyozmalar katalogi bilan shug’ullangan
Niderlandiyalik tarixchi va sharqshunos olim Reynxart Dozining ta’kidlashicha bu
qo’lyozmaning Oksford universiteti boshqa yana ikkita nusxasi mavjud[5]. Ammo
qo’lyozmaning Leydin kutubxonasida saqlanayotgan va bugungi kungacha jahon
turkiyshunoslariga ma’lum bo’lgan nusxasi nodir nusxa sanaladi. CHunki, R. Dozi
ta’kidlab o’tgan nusxa haqida bugungi kungacha undan boshqa hech bir turkshunos
olim ma’lumot bergan emas. Qo’lyozmaning umumiy hajmi 76 qo’lyozma
sahifadan iborat bo’lib, uning birinchi qismi (1 sahifadan 62b sahifagacha hamda
76 a sahifasi) turkcha va ikkinchi qismi (63a sahifadan 75b sahifagacha)
mo’g’ulchadan iborat. Obidaning birinchi, 62b sahifasi, 63 a sahifasi hamda 76 b
sahifalaridagi arabcha yozuvlar turli xattotlarga tegishli ekanligi anglashiladi.
Qo’lyozmaning oxirida asar muallifning dasxati bilan bitilgan bir turkcha
hikoyaning boshlanishi yozilgan bo’lib ushbu yozuv e’tiborsizlik bilan bitilgan,
ba’zi joylarini o’qish ancha qiyin.
“Kodeks kumanikus” qo’lyozmasi bugungi kunda Venesiyadagi Marchana
kutubxonasida DXLIX (№549) katalog raqami bilan ro’yxatga olingan, u №1597
xona raqami bilan saqlanadi.
YOdgorlik «
Dostları ilə paylaş: