Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Баскаков Н.А Введение в изучение тюркских языков,. Москва, Высшая
школа 1969. – 17 с.
2. Жафаров Б. “Кодекс куманикус” ‒ туркий халқлар ёзма обидаси:
Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. автореф. ‒
Тошкент, 2017. ‒ 16 б.
3. Радлов В. Языкь Кумановь по поводу изданiя куманскаго словаря – Санкт-
Петербург. 1884. – 3.
4. Содиқов Қ. Тарихий лексикография / - Тошкент. 2011. Б.-26.
5. Dozy R P. Catalogue codicum Orientalium Bibliothecal akademial Lighuno
Batawea. E. J. Brill, 1851, No. CCXII, S. 110.
6. Cod. Or Collective volume with texts in Arabic, Persian, (Kipchak) Turkish and
Mongol paper. S. 2v.
7. Tomasini J.P. Petrarcha redivivus, integram poetae celeberrimi vitam iconibus
aere caelatis exhibens. – Lavre. MDCXXXV. – 86 р.
8. XIII-XIV асрлар туркий адабий ёдгорликлар тили / Масъул муҳаррир
Э.Фозилов. – Тошкент: Фан, 1966.
TURKIYLARNING
OLTIN
KITOBI
Iqbol MIRZO
Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori
Mahmud
Koshg’ariyning
“
Devonu
lug’ati
-
t
-
turk
”
(“Turkiy so’zlar devoni”)
asari
turkiy
xalqlarninggina
emas
,
balki
jahon
ma’naviy
xazinasining
oltin
kitobi
hisoblanadi
.
Bitig
1072
yilning
25
yanvaridan
1074
yilning
10
fevraliga
qadar
mashaqqatli
mehnat
evaziga
yaratildi
.
Bu
bebaho
asarga
manba
yig’ish
uchun
Koshg’ariy
Yuqori
Chindan
boshlab
butun
Movarounnahr
,
Xorazm
,
Farg’ona
,
257
Buxoro
,
hozirgi
Shimoliy
Afg’onistonga
qadar
cho’zilgan
turkiy
o’lkalarni
,
shaharlar
,
qishloq
va
yaylovlarni
kezib
chiqdi
,
shu
asnoda
turli
sheva
va
lahja
xususiyatlarini
o’rgandi
,
ularni
adabiy
til
bilan
chog’ishtirdi
,
o’z
ishi
uchun
nihoyatda
boy
badiiy
-
ilmiy
ashyo
to’pladi
.
Muallif o’z asari haqida shunday degan: “Kitob 464 yilda (hijriy) jumadul
avval boshlarida boshlandi va to’rt karra yozilgandan (ko’chirilgandan) va
tuzatilgandan so’ng 466 yil jumadul oxirning 12-kuni bitirildi... Men bu kitobni
maxsus alifbo tartibida hikmatli so’zlar, saj’lar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan
adabiy parchalar bilan bezadim… Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida
qo’llanib kelgan she’rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo’llaniladigan hikmatli
so’zlaridan, maqollaridan keltirdim”. SHuni alohida ta’kidlashni istardikki,
Koshg’ariy turklar deganda turkiy tilda so’zlashuvchi elat va urug’larni, o’g’uz
deganda esa o’g’uz lahjasida so’zlovchilarni nazarda tutadi. Xuddi shunday
qarashni buyuk daholarimiz Navoiy va Boburda ham uchratamiz. Xususan,
nuktadon bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma” asarida
Andijon to’g’risida so’z yuritib: “...eli turkdur,
shahar va bozorisida turkiy bilmas
kishi yo’qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur... Ani uchunkim, Mir Alisher
Navoiyning musannafoti bovujudkim Hirida nash’u namo topiptur, bu til biladur”,
degan edi.
Bugun ma’naviy hayotimizni bezab turgan “qo’shiq”, “she’r”, “qasida”,
“afsona”, “maqol” kabi atamalar ilk bor “Devonu lug’ati-t-turk”da qo’llangan va
uyg’ur yozuvi haqida ham ilk ma’lumotlar keltirilgan. Asarda mehnat va marosim
qo’shiqlari, lirik qo’shiqlar va o’gitnomalar, “Qish va yoz” munozarasi, “Alp Er
To’nga” (Afrosiyob) marsiyasi, savlar (afsonalar), maqollar, “Oltin qon” afsonasi
(unda qadimgi turkiy ajdodlarimizning Iskandar Zulqarnaynga qarshi mardliklari
hikoya qilinadi), “Tangutlar bilan jang”, “Yaboqular bilan jang” kabi parchalar
keltirilgan.
Lirik qo’shiqlarda insonning qalb kechinmalari, nozik his-tuyg’ulari ifodasi,
tabiat va ona yurt manzaralari tasviri etakchilik qiladi. Kishilarni qurshagan olam
haqidagi qo’shiqlarda turkiy xalqlarning doimiy yo’ldoshi – otlar ham alohida
mavqe tutadi. Asardagi ko’pgina qo’shiqlar ovchilik, chorvachilik bilan – turkiy
xalqlarning yashash tarzi bilan chambarchas bog’liq holda yuzaga kelgan.
Mahmud Koshg’ariy “qo’shuq” atamasiga “she’r, qasida” deb izoh bergan.
“Devon”ga kirgan adabiy parchalarning asosiy qismini to’rtliklar tashkil qiladi.
Bitigda keltirilgan maqollarni o’z falsafasi, ohangi va xulosasi bilan kichik tugal
she’rlar deb atash mumkin.
O’zbekistonda “Devon”ning birinchi tadqiqotchisi va qisman noshiri
professor Fitratdir. Keyinchalik bu asarni
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan
258
arbobi,
filologiya fanlari doktori, taniqli tilshunos, millatsevar olim Solih
Mutallibov 1960-1963 yillari hozirgi o’zbek tiliga ag’dardi.
Tan olmoq kerak,
mazkur
tarjima ikki-uch avlod olimlariga ilmiy manba
bo’lib xizmat qilib keldi. Hozir ham ushbu nashrning mavqei yuqori. Biroq kitob
o’sha chiqqanicha uzoq yillar ma’lum mafkura tufayli qayta bosilmadi. Nihoyat
2016 yili zahmatkash noshirlarimiz professorlar Qosimjon Sodiqov va Hamidulla
Boltaboevlar sa’y-harakati bilan ikki bor chop etilib, afkor xalqimiz bu bebaho
asardan bahramand bo’ldi. Ushbu nashrning e’tirofli jihatlari quyidagicha:
1. Uchala jild birlashtirilgan.
2. Mutaxassislar uchun ham, o’quvchi uchun ham foydalanishga qulay.
3. Yangi nashr asarning qo’lyozma nusxasi asosida qayta ko’rib chiqilgan,
avvalgi nashrlarda yo’l qo’yilgan kamchiliklar tuzatilgan.
Endi “Devon”ning ma’naviy hayotimizga qaytishiga, ya’ni topilishiga sabab
bo’lgan baxtli tasodif to’g’risida to’xtalib o’tmoqchimiz. Manbaga ko’ra, bir kuni
Diyorbakirda yashovchi Ali Amiriy ismli tolei yorug’ turk birodarimiz eski
kitoblar sotiladigan sahhoflar bozoriga borib, o’ziga ma’qul hech vaqo
topmaganidan so’ng do’kondor Burhonbeydan biror yangi narsa bormi, deb
so’raydi. Sotuvchi bir kitob bor-u, biroq qimmat ekanini, hatto maorif vazirligining
ham qo’li kaltalik qilganini aytib, bitigni unga ko’rsatadi. Ali Amiriy kitobni
qo’liga olishi bilan bu asar yagona qadimiy nusxa ekanini, asarning jahonshumul
ahamiyatini darhol tushunib etadi. Hayajonini Burhonbeyga sezdirmasdan u bilan
savdolashib, kitobni 33 liraga sotib oladi. Ali Amiriy shundan keyingi taassurotini
maslakdoshlariga bunday hikoya qilgan edi: “Kitobni olib uyga keldim. Eb-
ichishni ham unutib, bir necha soat uning mutolaasi bilan mashg’ul bo’ldim.
Do’stlar, sizga bildiryapman. Bu kitob emas, Turkiston o’lkasidur! Turkiston emas,
jumlai jahondur! Turk tili bu kitob soyasida chinakam ravnaq topadi! Arab tili
uchun Sebavayhiyning kitobi qanchalik muhim bo’lsa, bu ham turk tili uchun
shunchalik ahamiyatlidir. Hozirga qadar turk tilida buning kabi kitob yozilgani
yo’q. Bu kitobning haqiqiy bahosi aniqlanmoqchi bo’lsa, jahonning xazinalari
bunga teng kelolmas. Bu kitob bilan hazrati Yusuf orasida bir o’xshashlik bor.
Yusufning akalari uni arzimas aqchaga sotdilar. Biroq uni Misrda o’zining
vaznicha keladigan javohirga pulladilar. Burhonbey bu kitobni menga 33 liraga
sotdi. Men esa buni behisob olmoslarga, zumradlarga bermayman”.
“Devon”ning topilishi katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Hatto uni
Mojariston Fanlar akademiyasi o’n ming oltin pulga sotib olishni taklif etdi.
Fransuzlar “Devon”ni qo’lga kiritish uchun quyuq va’dalar berib ko’rdi. Biroq
millat manfaatini har qanday moddiy boylikdan ustun qo’yadigan Ali Amiriy
barcha takliflarni rad etdi. Shu tariqa “Devon” 1915-1917 yillari Istanbulda chop
etildi. Keyinchalik ingliz, nemis, rus, turk, ozarboyjon, uyg’ur va o’zbek tillariga
259
tarjima qilindi. Turkiyshunoslikda asar haqida ko’plab tadqiqotlar yaratildi. Bu
asarni ilmiy o’rganish va ommalashtirishda o’zbek olimlarining ham xizmati
beqiyosdir.
Buyuk olim dunyoga mutafakkir nigohi bilan boqib, zukkolik bilan tuzilgan
dunyo xaritasi (dunyoning doira shaklidagi tasviri)ni “Devon”ga ilova qilgan.
Xaritada mamlakat, shahar, qishloq, tog’, cho’l, dovon, dengiz, ko’l, daryo
nomlari yozilgan. Yozilmay qolgan bir qancha nomlar asar matnida izohlangan.
Xarita, asosan, hozirgi Sharqiy yarim sharga to’g’ri keladi. Asarda 11-asrdagi
shaharlar, qishloqlar, dengiz, ko’llar, turkiy qabilalar va urug’lar haqida,
urug’larning ijtimoiy ahvoli, kelib chiqishi, nomlanishi, ichki urug’ va toifalari,
ularning joylanishi, urf-odatlari, til xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar
beriladi. Bundan tashqari, hayvonot va o’simliklari, ularning nomlanishiga to’xtab
o’tiladi, astronomik ma’lumotlar, burj va muchal haqida ham bayon bor.
“Devon”da, ayniqsa, qabila va urug’ tillariga oid lingvistik ma’lumotlar ancha
batafsil berilgan. Bunda so’zlarning ma’nolari (ko’p ma’noli, shakldosh,
ma’nodosh, zid ma’noli va arxaik so’zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so’zlarning
etimologiyasiga to’xtalib o’tiladi. Tovushlar (fonemalar)ning tahlili ancha
mukammal: unli va undosh fonemalar, cho’ziq va qisqa unlilar, ularning urug’
tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil
izohlangan. Morfologiya sohasida so’z turkumlarini, davr an’anasiga ko’ra, 3 so’z
turkumiga: fe’l, ism, bog’lovchiga bo’lib, ularning yasalish va turlanish yo’llari
ko’rsatib o’tilgan. “Devon”da 250 dan ortiq maqol va matallar, o’nlab she’riy
parchalar keltirilgan.
Akademik V.V.Bartolьd “Devonu lug’ati-t-turk”dan o’z ilmiy ishlarida keng
foydalangan. Tilshunos olim V.I.Belyaev “Devonu lug’ati-t-turk” haqida shunday
yozadi: “Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u
kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga
asoslangan… Muallif bergan ma’lumotlar… arxeologik kashfiyotlar bu
ma’lumotlarning aksariyatini isbot etmoqda”.
Nemis sharqshunosi K. Brokkelьman asarni 1928 yilda nemis tiliga tarjima
qildi. “Devon” qo’lyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915-
17), keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939-41) turk tiliga tarjima
qilinib, chop etilgan. Turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957 yil amalga oshirildi.
“Devonu lug’ati-t-turk” ikkinchi bo’lib o’zbek tiliga, aytib o’tilganidek,
Mutallibov domla tomonidan tarjima qilingan. Ushbu nashr faqat tarjima bo’lmay,
turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy
nomlariga izoh, va tafsir hamdir. O’zbekcha nashrining muqaddima qismida 11-asr
filologlari, “Qutadg’u bilig” asari, Mahmud Koshg’ariyning lingvistik qarashlari,
turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urug’ va qabilalar, tillarning hozirgi
260
turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkripsiyasi to’g’risida
ma’lumotlar berilgan. “Devonu lug’ati-t-turk” o’zbekcha nashrining oxirida turkiy
urug’, qabila, shaharlar va boshqalar to’g’risida batafsil ma’lumotlar bor, asarning
har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan so’z va iboralar keng ta’riflanadi,
izohlanadi. O’zbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, ushbu jildlar asosida
asarning indeks-lug’ati ham bosib chiqarildi. Unda “Devon”da uchragan so’zlar
alifbo tarzida keltirilib, so’zning o’zbek va rus tilida tarjimasi berilgan. Mazkur
so’z “Devon”ning qaysi betlarida uchrashi (oldin o’zbekcha, so’ng turkcha
nashrlarining beti, satri) ko’rsatib o’tiladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, “Devon”ga allomalar Alixonto’ra Sog’uniy,
Alibek Rustamiy, ulug’ shoirimiz Erkin Vohidov, akademik Ne’matilla
Ibrohimovlar chuqur ehtirom ila yondashib, bu tengsiz asar bilan millat yoshlarini
yaqinroq oshno etishni ta’kidlaganlar. Keyingi paytlarda bir qator taniqli
olimlarimiz, jumladan, akademik G’ani Abdurahmonov, professorlar Qosimjon
Sodiqov, Hamidulla Boltaboev, dosentlar Baxtiyor Isabekov, Qayum Karimov,
Salima Rustamiy (Alibek Rustamiyning qizi), tadqiqotchi olimlar Jo’ra
Xudoyberdiev, Nodirbek Abdulahadov, Isroiljon Toshpo’latov, Umidaxon
Nosirova, Umidaxon Jo’raboeva kabilar ushbu nodir asarning tadqiqoti va
targ’ibotiga alohida hissa qo’shib kelmoqdalar.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, “Devon” bo’yicha hozirgacha qancha
ko’p tadqiqot qilingan bo’lsa, asar hali bundan ham ko’p ishga mavzu berishi
mumkin. Bu borada ochilmagan qo’riqlar, qilinajak tadqiqotlar sizu bizdan g’ayrat
va shijoat kutib turibdi.
Biz “Devonu lug’ati-t-turk”ni insoniyatning oltin kitobi deb atadik. Bu oydin
haqiqat. Bitigda keltirilgan maqolda aytilganidek,
Dostları ilə paylaş: |