Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   431
Anjuman Boku (6)

Navoiyda:
 
Ey sabo, jonim halokin ayla jononimg’a arz, 
 
Yo’qki jismi notavon ahvolin et jonimg’a arz. 

Shukuriyda:
Ey sabo, ahvoli zorim aylagil yorimga arz,

Qilg’asen qonlig’ ko’zumdin lolaruxsorimg’a arz. 

Bu baytlarning har biri o’ziga xos badiiy go’zallikka ega. Alisher 
Navoiyning “
Hajrida ko’nglumg’a bor ul la’li serob orzu” 
misrasi bilan 
boshlanuvchi g’azaliga Shukuriy tatabbu yozib, nafaqat shoir an’analarini davom 
ettirdi, balki uni yangicha qarashlar bilan boyitdi. Ikkala shoir g’azallarida ham
lirik qahramon saboga murojaat etadi va arzini yori jafokashiga etkazishini so’rab 
iltijo qiladi. Navoiy g’azalning maqtasida asl niyatini oshkor etadi va 
“Qilg’osen 
topsang mahal, albatta, sultonimg’a arz”,
deya asl muddaoga o’tib, ya’ni 
mamlakat podshosi bo’lmish sultoniga arz qiladi. Xalqining baxt-saodati yo’lida 
butun hayotini baxshida etgan shoir adolatli hukmdorni orzu qiladi va bu oliy 
maqsadini she’rlari zamiriga jo etadi.
Navoiyning bu kabi go’zal g’azallaridan ruhlangan Shukuriy ham shoirning 
g’azallariga o’xshatmalar yaratib, “
Rahnamolar sarvari sultoni abrorimg’a 
arz”, 
deya murojaat qiladi. Shukuriy saroy amaldorlarining tuban ishlariga shohid 
bo’lib, xalqning azob-uqubatlariga dosh berolmay, fig’oni ko’kka etgan edi. SHu 
sababdan mamlakat sultoniga qayta-qayta arz qilgan. SHoir alal oqibat – arzi 
shikoyati, arzi duolarini “bog’i sabo” orqali etkazishni ma’qul topadi. SHoirning 
o’ziga xos falsafasi ana shunda. Shukuriy g’azallarining badiiy qimmati shundaki, 
u o’z g’oyalari bilan o’zbek she’riyatiga ma’lum bir joziba olib kirdi va uni yangi 
mazmun bilan boyitdi. SHu ma’noda quyidagi baytlarga ham e’tibor beraylik:

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin