Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   431
Anjuman Boku (6)

Navoiyda: 
Ey, latofatda sanga lolau nasrin oraz, 
Bizga oning g’amidin qon bilan rangin oraz. 

Shukuriyda: 


265 
Yor ko’rguzdi la’bi la’l ila zebo oraz, 
 
 
 
Yo magar zohir etar mehri Masiho oraz. 
Bu baytlardagi lab, la’l, zebo, oraz kabi obrazlar ma’shuqaning husnini 
tasvirlashga xizmat qildirilgan,natijada betakror badiiy tasvirlar yaratilmoqda. 
“Oraz” radifida mushtaraklik bor. Oshiq ma’shuqaning go’zal yuziyu, la’li labidan 
yog’ilayotgan shu’laning taftidan yonmoqda. Uning latofati qarshisida Masiho ham 
yuzini ko’rsatishdan xijolatda.
Bu Shukuriy dedi; “Sarfitnai davron g’amidin, 
 
 
Etti toram dod ila tunu kun, men maftun oraz. 
 
Mazkur baytda ham Shukuriy Navoiy g’azallaridan ilhomlanganligi 
shubhasiz. SHoir Navoiyning “Oraz” radifli g’azaliga tatabbu qilgan, ajoyib 
o’xshatmalar yaratgan. Nafaqat mohiyat, balki, vazn, qofiya va radif mushtarakligi 
quyidagi g’azalda ham ko’rinadi. 
 
 
Navoiyda: 
 Kimki vasli ichra yoqsang sham’i ulfat, ey rafiq, 
 
 
 
Ko’z tut ul sham’ o’tidin-o’q dog’i furqat ey rafiq. 

Shukuriyda: 
Jon aro xoli labidin dog’i furqat, ey rafiq, 
 
 
 
Etkurur baxti qaro ko’nglumga hirqat, ey rafiq. 
 
Bu misralarda “rafiq”, ya’ni do’stning fazilatlariyu, uning bebaholigi
tarannum etilgan. 
E’tiborlisi shundaki, Shukuriy o’z irfoniy-insoniy qarashlari hamda dardli 
kechinmalarini muayyan bir timsol asosida ifodalar ekan, faqat shu obraz va u 
hosil qilgan poetik manzaralar bilan cheklanmaydi, balki unga ma’nodosh 
timsollar tasviri bilan ham adabiy voqelik doirasini kengaytiradi.
Shukuriy ijodini jahon olimlari tomonidan o’rganilishi ham uning o’ziga xos 
shoir ekanligidan dalolatdir. Shukuriyning adabiy an’analarga munosabati uning 
izchil qonuniyligiga asoslanadi. U mavjud janrlar imkoniyatlari doirasida ijtimoiy 
voqelikni yorqin buyoqlarda aks ettirdi.
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
Shukuriy 
she’riyatining badiiy qimmati shundaki, u o’zidan oldin o’tgan ulug’ so’z 
san’atkorlarining ijodini puxta o’rganib, adabiy an’analarni ijodiy davom ettirdi. 
Ma’naviy mushohadaga boy bo’lgan asarlarni yarata oldi. Bu esa kelajak avlod 
uchun tarbiyaviy qimmatga molik adabiy meros sanaladi. Shukuriy o’z she’rlarida 
haqiqiy ishqni majoziy ishqqa qarshi qo’ymasdan imtiyoz va imkoniyatlarini xolis 
ko’rsatib beradi. 
Adabiyotlar ro’yxati 
1.
Носиров.О. Ўзбек адабиётида ғазал. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1972. 


266 
2.
Очилов Э. Навоий ғазаларида комил инсон тимсоллари // Ўзбек тили ва 
адабиёти. – Тошкент, 2001. – №1. – Б.3–6. 
3.
Рустамов А. Навоийнинг бадиий маҳорати. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 
1979. – 216 б. 
4.
Тоҳиров Қ. Абдушукур Шукурий ҳаёти ва ижоди ҳақида. Адабиёт ва Ҳаёт. 
– Самарқанд, 1977. II-китоб. – Б. 47. 
5.
Шукурий Абдушукур. Девон. Нашрга тайёрловчи ва сўз боши муаллифи 
С.Жўраева. – Тошкент: Наврўз, 2018. – Б. 198. 
6.
Ҳайитметов А. Шеърий санъатлар ва мумтоз қофия. – Тошкент, 1998. – 158 
б. 
7.
Ҳаққул И. Ғазал гулшани. – Тошкент: Фан, 1991.– 65 б. 
8.
Қобилова З.Б. Амирий ва унинг адабий фаолияти: Филол. фан. номз. ... 
дис. –Тошкент, 2007. 
9.
Фузулий. Қалб гавҳари. Тошкент. “ Ҳилол нашр” нашриёти, 2014.-133 б. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin